M. L. Tursunxodjayev Tashkent davlat texnika universiteli


səhifə6/172
tarix13.12.2023
ölçüsü
#175783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   172
LOGISTIKA. Umarova D.M

Atama tarixi. 
Logistika tushunchasi o‘zinining tarixiga ega. 
Oadimgi greklar logistika deb hisob-kitoblarni amalga oshirish 
san’atini tushunishardi. Maxsus davlat nazoratchilarini logistlar 
deb atashardi. Qadimgi Rimda esa logistika deb mahsulotlar 
taqsimoti tushunilardi.
Keyinchalik logistika atamasi harbiy qo‘shinlarning joyiashishi 
va harakatlanish amaliyotini tasniflashda ishlatila boshladi.
I ramizning IX—X asrlarida yashagan Vizantiya imperatori Leon 
V, o‘zining harbiy ish bo'yicha kitobida «logistika» atamasini «front 
orti, qo‘shinlarning ta’minoti» ma’nosida ishlatadi’.
0 ‘zbekiston tarixiga kelsak, logistika masalalariga buyuk 
sarkarda Sohibqiron Amir Temur armiyasida katta ahamiyat 
qaratilgan. Amir Temur armiyasi tashkiliy va harbiy tuzilishda, 
shunindek, jang olib borish usullari borasida eng katta va qudratli 
armiya edi. Amir Temur o‘z armiyasini yetti ko‘lga (korpusga) 
boMgan. Ularga amirlar, shahzodalar qo‘mondonlik qilishgan va 
markaz, o‘ng, so‘1, qanvuldan joy olganlar. Ba’zi koMlar Amir 
Temur tomonidan zaxiraga ehtiyot uchun ajratilgan. Bunday 
tartib qanotlarnigina emas, balki markazni ham birm uncha 
kuchaytirgan. Markaz ixtiyorida ilg‘or, qanvul va ehtiyot qismlar 
boMib, u jang taqdirini hal etgan2.
Q o‘shinni to ‘plash va ularni taqsimlash bilan tavochilar 
shug‘ullanishgan. Yurish davrida har bir askar o‘z.i bilan kamon 
va 30 ta o‘q, chapar va to ‘ra, qilich va bir oyga yetarli ozuqa
1 Umarova D.M., Bo'rcnova M.A., Zuxurova N.A. Logistika. O'quv qo‘llanma.
- Т.: TATU, 2007. 83-b.
1 Ахмедов Б. Тарихдан саГхжлар. — Т.: 1992.
7


olishi lozim bo'lgan. Har bir askar ikki ot, har o ‘n kishi o'zi 
biian birga bir hiyma (chodir), ikki soyabon, bir bei. o‘roq, arra. 
Tabar, yuz dona igna, arqon, charm mesh, qozon olgan.
XIX asr boshida, Napoleon urushlari davrida logistikaga zaxira­
lami rejalashtirish, tashish va qo'shin ta’minotini boshqarish to'g‘- 
risidagi fan sifatida qaralardi.
Sankt-Peterburgda 1850-yilda nashr etilgan «harbiy ensiklo- 
pedik leksikon»iga asosan Rossiyada XIX asr o'rtalarida logistika 
deb qo'shinlarning dushman yaqinida ham, o'zagida ham harakat- 
lanishini boshqarish va ulaming frontorti ta ’minotini tashkil etish 
san’ati tushunilardi.
Harbiy logistikaning rivojlanishida yangi bosqich ikkinchi jahon 
urushi davomida vujudga keldi, bunda logistik qarashlar janglami 
tayyorlash va rejalashtirishda keng qo‘llanila boshladi.
XX asrning 50-yillarida moddiy oqimlarni boshqarish masalalari 
harbiy logistikada qoMlaniladigan uslublar yordamida hal etilishi 
mumkinligi tan olindi.
XX asrning 70-villari boshida turii mamlakatlar iqtisodiyotida 
logistik qarashlar keng qo‘llanila boshladi.
Asta-sekin logistika va logistik boshqaruv tushunchalari turii 
shakllarga ega bo‘ldi va ishlab chiqarish hamda tovar almashi- 
nuvining turii xil tarmoqlariga kirib bordi.
Bugungi kunda logistikaga moddiy oqim larni boshqarish 
sifatida qaraladi. O z davrida Sharq bilan G ‘arbni boglab turgan 
Buyuk Ipak Yo‘li orqaii bo‘ladigan turii xil tovar almashinuvi 
hamda savdo-sotiq jarayonlarida logistika elementlarini yaqqoi 
ko‘rish mumkin.
Logistika tushunchasini tasniflashda bir nechta qarashlar 
mavjud. Ulaming ko‘pchiligi bu tushunchani moddiy oqim va 
axborot oqimi bilan bog‘lashadi.
Logistikaning barcha tasniflarini ikkita guruhga ajratish 
mumkin.
Ulardan biri logistikani xo'jalik faoliyatining bir yo‘nalishi 
sifatida tushuntiradi, u ishlab chiqarish va tovar almashinuvi 
sohalarida moddiy va axborot oqimlarini boshqarishdan iborat. 
Ikkinchisi — logistikani ilmiy yo‘nalish sifatida o'rganadi, u moddiy
8


va axborot oqim larining sam aradodigini oshirishning yangi 
imkoniyatiarini qidirish bilan to Adabivotlarda logistikaga xo'jalik yuritishning ilmiy-amaliy 
yoMialishi sifatida yondashish keng tarqalmoqda. Bu yondashish 
ishlab chiqarish va tovar almashinuvi sohalarida moddiy va axborot 
oqimlarini samarali boshqarishdan iborat.
Rossiyada 1995-yiida nashr etilgan logistika bo'yicha ilmiy 
kig'atda logistikaga quyidagicha tasnif berilgan:
«Logistika — ishlab chiqarish korxonasigacha xomashyo va 
materiallarni yetkazib berish, xomashyo, materiallarni. yarim- 
tayyor mahsulotlarni qayta ishlash, tayyor mahsulotni iste’mol- 
chigacha yetkazib berish hamda zarur m a’lumotni qayta ishlash, 
saqlash v a jo ‘natish jarayonida bajariladigan tashish, saqlash hamda 
boshqa moddiy va nomoddiy operatsiyalami boshqarish va nazorat 
qilish to ‘g‘risidagi fandir»1.
Yuqoridagilami umumlashtirib logistikaga qisqaroq tasnif berish 
mumkin.
Logistika — moddiy va axborot oqimlarini, ularning birinchi 
manbayidan to oxirgi iste’molc-higacha boMgan harakatini bosh­
qarish, nazorat qilish, rejalashtirish va tashkil etish to ‘g‘risidagi 
fandir.
Logistikani o‘rganish obyekti moddiy va unga tegishli moliya­
viy, axborot oqimlaridir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin