M. L. Tursunxodjayev Tashkent davlat texnika universiteli


Boshqarishning turtib boruvchi va cho‘/iladigan (tortib olish)


səhifə29/172
tarix15.09.2023
ölçüsü
#143878
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   172
LOGISTIKA. Umarova D.M

41


Boshqarishning turtib boruvchi va cho‘/iladigan (tortib olish)
tizimlari. 
Ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlar doirasida moddiy 
oqimlarni boshqarish ikkita prinsipial har xil usullar yordamida 
amalga oshirilishi mumkin: buyurtmani «turtib boruvchi» yoki 
«tortib olish» yollari bilan.
Moddiy oqimlarni boshqarishning turtib boruvchi tizimi logistik 
zanjirning har bir bo‘g‘ini uchun zarur xomashyo, materiallar 
va detallar zaxirasi miqdorini bashorat qilishga asoslanadi. Bu 
bashoratdan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning butun ko‘p 
bosqichli jarayonini boshqarish amalga oshiriladi, bu qayta 
ishlashning har bir bosqichida moddiy zaxiralarning asoslangan 
hajmini ta’minlashdan iborat. Moddiy oqimlarni boshqarishning 
bu tizimida m ehnat predmetlari bir uchastkadan ikkinchisiga 
(texnologik jarayon bo'yicha keyingi) uni qayta ishlashga tayyor- 
ligidan va bu detallarga boigan ehtiyojdan qat’iy nazar, ya’ni 
maxsus buyurtmasiz ko‘chiriladi. Moddiy oqim ishlab chiqarishni 
boshqarishning markaziy tizimidan keladigan buyruq bo'yicha 
qabul qiluvchiga «turtib boruvchi» boladi (3.3-rasm).
3.3-rasm. Moddiy oqimlarni boshqarishning turtib boruvchi tizimi.
Moddiy oqimlarni boshqarishning bu usuli murakkab ishlab 
chiqarish mexanizmini bir butun tizimga birlashtirish hamda 
ishlab chiqarishda ishchilami va uskunalarni maksimal imko- 
niyatlarda qo‘llash imkonini beradi.
Lekin talab keskin o'zgarib ketgan holda «turtib boruvchi» 
tizimni qollash oshiqcha zaxiraning hosil qilinishiga va ishlab 
chiqarishning har bir bosqichini qayta rejallashtirish imkoniyati
42


mavjud bo‘lmagani uchun tovarlarning tahlab tashlanishiga olib 
keladi.
Tortib olish tizimi ishlab chiqarishning har bir bosqichida zaxi- 
ralarning minimal darajasini saqlashni va buyurtmani keyingi 
uchastkadan oldingiga qaratilgan harakatini nazarda tutadi. Keyingi 
uchastka me’yorga va mahsulotlarni iste’mol qilinish vaqtiga mos 
ravishda materiallarga buyurtma beradi. lshning reja grafigi faqat 
iste’molchi — sex uchun o‘matiladi. Ishlab chiqaruvchi — sex 
aniq grafik va rejaga ega emas hamda tushgan buyurtma bo‘yicha 
ishlaydi. Shunday qilish detallar faqat haqiqatdan zarur boMganda 
va faqat zaruriyat tug‘ilganda ishlab chiqariladi.
Misol.
Moddiy oqimlarni boshqarishning tortib olish tizimining 
ishlash mexanizmini ko‘rib chiqamiz (3.4-rasm).

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin