bir qatorda ikkinchi toifadagi muloqotning (o'zligingni boshqa
kishilarda davom ettirish) mavjudligi har bir kishining ikkinchisiga
ko‘rsatadigan ta’siriga e’tiborni jalb qiladi. Ta’lim — awalo, axborot
jarayonidir. 0 ‘qituvchi o'quvchiga bilimlarni ma’lum qiladi va o'z
navbatida teskari aloqa tarzida undan ma’lum qilingan bilimlar qanday
o'zlashtirilganligi haqida tasawur hosil qiladigan axborot oladi. O'zaro
birgalikdagi harakat mohiyatlar darajasida amalga oshiriladi.
Pedagogning tarbiya vazifalarini amalga oshirishi jarayoni,
o'quvchilarga ko'rsatadigan ta’siri tarbiyalanuvchilar ko'rib, eshitib
va bajarib borayotgan mazmunlarning muayyan darajada o'zgarishini
taqozo qiladi. Pedagog ko'rsatadigan ta ’sirning turlicha samara kasb
etishi zamirida uning shaxsiyatiga oid xususiyatlar, uning o'zini davom
ettirish, o'zining shaxsiyatiga oid mazmunlami yoshlarga o'tkaza bilish
qobiliyati, uning pedagogik munosabati xarakteri va samaradorligi
mujassamlashgandir.
Muloqot jarayonida kommunikatsiya ishtirokchilari axborot
almashish davomida bir-biriga ta ’sir etib boradi. O 'zaro ta ’sir
xususiyatlarini aniqlash uchun muloqotning interaktiv tomonini
o'rganish zarur bo'ladi. Muloqotning interaktiv tomoni — birgalikdagi
faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining
bir-biriga ta ’sir o'tkazishidir. Kommunikatsiya orqali kishilar
birgalikdagi umumiy faoliyatni tashkil etadilar. Bunda kishilar albatta,
bir-birlariga ta ’sir ko'rsatadilar. Shuning uchun o 'zaro ta ’sir
birgalikdagi faoiiyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi. Birgalikdagi
faoiiyatning uch xil modeli mavjud:
1. Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda o'ziga tegishli
qismini bajarishi (masalan, shanbalikdagi ish, uy ishlari).
2. Umumiy vazifaning bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi
tomonidan bajarilishi (konveyerdagi ish).
3. Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning o'zida
umumiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishi (futbol jamoasidagi ish).
Muloqot jarayonidagi o'zaro ta ’sirning ikki xil turi ajratiladi:
1. Kooperatsiyaga asoslangan o'zaro ta’sir — kommunikativ jarayon
ishtirokchilarining umumiy maqsad yo'lida o'z kuchlarini bir-
lashtirishidan iborat. Kooperatsiyaning bir necha turi farqlanadi:
Dostları ilə paylaş: