sifatidagi mazmunga ega bo'lgan jihatidir. Qurol odamlarning mehnat
faoliyatini ifodalagani singari belgilar ham ularning bilish faoliyati va
munosabatini namoyon qiladi.
So'zlar belgilari tizimi hayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani
o'zlashtirish va uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi. Til
yordamida muloqotga kirishish tufayli borliqning alohida bir kishining
miyasidagi in ’ikosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgani bilan
doimiy ravishda to'ldirilib turadi — o'y-fikrlarini ayirboshlash, axborot
uzatish ro'y beradi. O'qituvchi u yoki bu so'zni ishlatganda uning o'zi
ham, uning tinglovchilari ham yolg'iz o'sha bitta hodisani nazarda
tutishadi va ularda anglashilmovchilik yuz bermaydi. Mohiyatlar tizimi
kishining butun hayoti davomida rivojlanib va boyib boradi.
Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar
bilan birlashishi, ular bilan munosabatga kirishishi, aloqa o'm atishi,
o'zaro tushunishga erishishi va kerakli axborotni olishi, shunga mos
javobni berishi kerak. Bunda muloqot faoiiyatning bir tomoni, uning
axborot jihati — kommunikatsiya sifatida namoyon bo'ladi. Biroq
predmet yasash bilan birga inson o'zi yasagan predmetda o'zini
www.ziyouz.com kutubxonasi
«translyatsiya» qiladi, ya’ni o'zini boshqalarda davom ettiradi. Hosil
qilingan predmet (qurilgan bino, yozilgan qatorlar, o'tqazilgan
daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson
o'zini ko‘rsatadigan vositadir. Chunki bu boshqa kishilar uchun hosil
qilingan. Shunday qilib, faoliyat muloqotning bir qismi, uning tomoni;
muloqot faoiiyatning bir qismi va tomonidir. Lekin muloqot va faoliyat
barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashkil etadi.
Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o'rtasidagi
kommunikatsiyani ta’minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham,
axborotni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot
beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (retsipiyent) muloqot
jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir-birini to'g'ri
tushunolmaydi. Axborot almashishda bola onasiga savollar beradi va u
javob beradi, bu javoblardan bola o'z faoliyatida keyinchalik
foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy
bilimlarning bu qismini bola til shaklida, til yordamida so'z belgilari
tizimida hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo'ladi: o'quvchi
olam haqida barcha bilimlarni o'qituvchining tushuntirishidan yoki
darslikdan, ya’ni til yordamida o'zlashtiradi. Bu yerda til o'zining muhim
vazifalaridan birini bajaradigan, ya’ni yashash vositasi, ijtimoiy-tarixiy
tajribani berish va o'zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo'ladi.
Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyatini
ko'pincha ijtimoiy qiymatga ega bo'lmagan o'zga kishilaming bevosita
tajribalari belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yo'l olaman. Yo'lda
o'rtog'im uchrab menga: «oshxona yopilgan», deydi. Shu paytda bu
xabar mening faoliyatimni m a’lum bir tarzda boshqaradi: men
qayrilib, boshqa oshxona tomon jo'nayman. Bu yerda til o'zining boshqa
muhim vazifasi bilan, ya’ni vosita yoki kommunikatsiya usuli yoki
odamning xatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon
bo'ladi. H ar qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat
suhbatdoshiga ta ’sir qilishdan iboratdir.
Uchinchidan, har bir alohida odamning ish-harakatlari va fao-
liyatlarini har bir ayrim kishilaming shaxsiy tajribasi belgilaydi.
Odamning «shaxsiy» tajribasi, o'z individual tajribasi boshqa kishilaming
tajribalari va ijtimoiy tajribaning o'ziga xos aralashmasidan iborat. Odam
hayvondan farqli o'laroq, o'z harakatlarini rejalashtira oladi. Bunday
rejalashtirishning va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy
quroli tildir. Demak, biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoiiyatning
(idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasidir. So'z belgilar
tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi.
Nutq faoliyati — odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani
o'zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o'rnatish, o'z
www.ziyouz.com kutubxonasi
harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nutq faoliyati aloqa jarayonining o'zidir. Nutq faoliyatining quyidagi
turlari farqlanadi: faol va passiv nutq. So‘zlovchining nutqi faol nutq,
tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki, tashqi nutqqa
bo'linadi. Tashqi nutq — yozma va og'zaki nutqqa, og'zaki nutq esa
monolog va dialogik nutqqa bo'linadi. Monolog — bir kishining o'ziga
yoki boshqalarga qaratilgan nutqdir. Bu — o'qituvchining bayoni,
o'quvchining to'laroq javobi, ma’ruza va boshqalar. Monologik nutq
ma’lum qiyinchiliklarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlaming
aniqligiga, grammatik qoidalaming saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan
fikrlaming izchilligiga e’tibor berish kerak.
Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi.
Maktabda o'quvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor
berish kerak. Ikki yoki undan ortiq kishilar o'rtasidagi nutq dialog
deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr ko'p jihatdan undan
oldingi fikrga bog'liq bo'ladi. Dialogik nutqda suhbatdoshlarga ma’lum
bo'lgan ayrim so'zlar tushirib qoldiriladi. Shuning uchun yozib olingan
dialog boshqalarga unchalik tushunarli bo'lmasligi mumkin. Dialogik
nutqda har xil turdagi shablonlar, ya’ni odatlanib qolgan so'z birikmasi
ko'p uchraydi (qoyil, marhamat qilib aytingchi).
Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida
turi hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish
fazasi (bosqichi) sifatida namoyon bo'ladi. Biz ba’zida so'zni chala —
yarim aytishimiz bilanoq tushunaveramiz. Ichki nutq ayrim og'zaki
nutq aktlaridan, xususan ixtiyoriylik darajasi ancha yuqori bo'lgan
og'zaki nutqdan yuksakroq sodir bo'lishi mumkin.
Yozma nutq monologik nutqning turlaridan biri bo'lib, yozma nutq
monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir. Yozma nutq tufayli kishilar
to'plagan tajribani avloddan avlodga eng yaxshi tarzda yetkazish imkoniyati
bor. Yozma nutq piktografiyadan (biror narsa yo hodisa ifodalangan ramziy
surat) minglab so'zlar bir necha o'nlab harflar yordamida ifoda etilayotgan
hozirgi zamon yozuviga qadar rivojlandi. Ko'pincha bir narsani yozib
\q o ‘yish — uni anglab olish va eslab qolish demakdir.
3.2. Nutq mexanizmlari va nutqsiz kommunikatsiya
Nutq o'zining fiziologik negiziga ko'ra, eshitish va harakat
analizatorlari faoliyatini bajaradi. Miya qobig'ida tashqi olam tomonidan
bo'ladigan turli xil qo'zg'atuvchilar bilan so'zlaming talaffuz qilinishini
boshqarib turadigan tovush paychalari, xiqildoq, til va boshqa a’zolar
harakati o'rtasidagi muvaqqat bog'lanishlar o'matiladi. Nutq ikkinchi
signallar tizimi negizida amal qiladi. So'z, I. P. Pavlov fikricha, «signallar
www.ziyouz.com kutubxonasi
signali»dir. Nutqni dasturlashtirish — nutqiy ifodaning, ya’ni kishi
bildimioqchi bo'lgan fikming ma’naviy o‘zagini tuzish — birinchi
bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqich — jumlaning sintaktik tarkibini
tuzishdan iborat. Nihoyat, jumla ovoz chiqarib aytiladi, ya’ni nutq real
tarzda ro'yobga chiqadi. Shunday qilib, «gapirish» jarayoni boshlanadi.
Bu jarayon davomida kommunikator uzatilishi lozim bo'lgan axborotni
kodlashtiradi. Retsipiyent tinglash jarayonida
olingan axborotning
kodini ochadi. Bu kommunikator aytmoqchi bo'lgan so'zning anglab
yetilishini ta’minlaydi.
XIX asrning o'rtalaridayoq olimlar miyaning ba’zi bir qismlari
ishidagi buzilish nutqning buzilishiga olib kelishini kashf etgan edilar.
Jumladan, P.Broka bemorlarda chap yarimshaming pastki peshona
qismidagi burmalari orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlangan
holda so'zlami talaffuz etishda buzilish ro'y berishini aniqladi. Keyinroq
K. Vemike chap yarimshaming ustki chakka qismidagi burmalari orqa
tomonining uchdan bir ulushi shikastlanganda so'zlami tushunishning
buzilishi hollarini tavsif qilgan edi. Miya to'qimalarining ushbu qismlari
harakatlantiruvchi nutq («Broka markazi») va nutqni tushunish
(«Vemike markazi») «markazlari» deb yuritila boshladi. Lekin
keyinchalik, asosan psixofiziologlar (A.R. Luriya, N.A. Bernshteyn,
P.K. Anoxin va boshqalar) ning ilmiy ishlari tufayU nutqning fiziologik
negizi miyaning alohida qismlari («Nutq markazlari») faoliyatidan
ko'ra ko'proq yaxlit holdagi miya faoliyatining murakkab tarzda tashkil
topishidan iborat ekanligi aniq-ravshan bo'ldi. Shunday qilib, nutq
funksiyalarining jo 'sh q in , ya’ni anatom ik tarzda emas, balki
harakatchan tarzda cheklanishi to'g'risidagi tasavvur tarkib topdi. Bu
— markaziy asab tizimining keng ravishda kompensatsiyalab (o'm ini
to'ldirib) turish imkoniyatlaridan foydalanishi munosabati bilan
nutqning buzilishini to'g'rilashida juda katta ahamiyat kasb etadi.
Noverbal (nutqsiz) kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika,
ohang, pauza, poza (holat), ko'z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu
vositalar verbal kommunikatsiya — so'zni to'ldiradi, kuchaytiradi va
ba’zan uning o'mini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish «yo'q» degan
ma’noni anglatsa, ruslarda uning aksini anglatadi. Turli yosh guruhlarida
noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo'ladi. Masalan, bolalar
ko'pincha kattalarga ta’sir etish, ularga o'z xohish va kayfiyatlarini
o'tkazishda yig'idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so'z bilan
bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya
vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir.
O 'rtog'ining boshiga tushgan kulfatdan xabar topib, unga
hamdardlik bildirayotgan suhbatdoshi nutqsiz kommunikatsiya
belgilarini ishlatadi: yuzlarini g'amgin tutadi, past ohangda, qo'llarini
www.ziyouz.com kutubxonasi
yuziga yo peshonasiga qo‘ygan va boshini chayqagan holda chuqur
xo'rsinib gapiradi va h.k.
Nutqsiz kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh
guruhlarida turlicha vositalar tanlanadi. Nutqsiz kommunikatsiyada
qo'llanayotgan vositalam ing axborotni so‘z bilan yetkazish
maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatining
tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bunday muvofiqlik ham og'zaki,
ham nutqsiz kommunikatsiya vositalari kasb faoliyatining quroli
hisoblangan pedagog uchun juda muhimdir.
Noverbal muloqot tizimlari kommunikatsiya jarayonida muhim rol
o'ynaydi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda 80% axborot imo-ishoralar,
mimika va pantomimika yordamida ifodalanadi. Noveibal belgilar nutqni
to'ldiradi, ba’zida uning o 'm ini bosadi, kommunikativ jarayon
ishtirokchilarining emotsional holatini aks ettiradi. Shuning uchun
muloqot davomida noverbal signallami kuzatish va ulaming mazmunini
tushunish juda muhimdir.
Noverbal m uloqotda quyidagi belgilar tizim laridan keng
foydalaniladi:
1.
Kinetik belgilar tizimi imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan
iborat. Masalan, rost so'zlayotgan kishi ochiq kaftlarini ko'rsatishdan
qo'rqmaydi. Aksincha, yolg'onchi ularni berkitishga harakat qiladi.
Suhbatdoshdan o'zini yuqori tutish belgilaridan biri — butun kaft
cho'ntakda bo'lib, bosh barmoqning tashqariga chiqarib qo'yilganligidir.
Shubhalanuvchanlikni odatda og'izni qo'l bilan himoyalash, burunga
tegib qo'yish, qovoqlami silab qo'yish, quloq ortini yoki bo'yinni
qashlab qo'yish bildirib qo'yadi. Dahanni silab-silab qo'yish qaror
qabul qilishga qiynalishni ko'rsatadi. Asabiylik holati kishining biror
narsaga — bilak uzugi, soati va shu kabilarga hech qanday maqsadsiz
qayta-qayta tegib turishi ostiga yashirinadi. Stulning ustiga «minib»,
oyoqlami keng yozib o'tirishdan odamdagi dominantlikka (ustunlikka,
hukmronlikka) moyillikni sezish mumkin. Oldinga chiqarilgan oyoq,
ayniqsa, uning uchi bilan yer depsinayotgan bo'lsa, dominantlik
yaqqol namoyon bo'ladi. Bosh orqasida chalishtirilgan qo'llar, ayollarda
belga tiralgan mushtlar ham dominantlikka intilish munosabatidan
darak beradi. Kiyimdagi yo'q changlami qoquvchilar bunday harakati
bilan suhbatdosh fikriga e’tiborsizligini yoki qo'shilmasligini ko'rsatadi.
Qo'llarini boshining orqasiga o'tkazib, oyoqlarini chalishtirib o'tirgan
kishi vaziyat to'la uning nazorati ostida, deb hisoblaydi. O'tirganda
qo'llami tizzaga qo'yish harakatga darhol tayyorlikni bildiradi. Suhbatni
tugatmoqchi bo'lgan kishi qo'llarini tizzasiga qo'yib, qaddini biroz
oldinga egadi. Odam gapira turib oyoqdan oyoqqa ko'chaversa, tezroq
ketishga harakat qilayotganligini, suhbat unga yoqmayotganligini yoki
www.ziyouz.com kutubxonasi
shoshayotganligini taxmin qilish mumkin. Ko'krak qafasini berkitish
himoyalanish alomatidir. Bunda qo'llar ko'krak qafasiga chalishtirilgan,
qaddi-qomat egilgan bo'lishi mumkin. Agar kishi dahanini kafti bilan
tirab o'tirgan bo'lsa. bu ko'pincha diqqat bilan linglayotganligi va
o'ylanib qolganligini bildiradi.
2. Proksemik belgilar tizimi kommunikativ jarayon ishtirok
chilarining fazodagi joylashuvidan iborat. Muloqot davomida kishilar
o'rtasidagi munosabat to'rt xil hududdan birida amalga oshadi. Jumladan,
intim hudud
(oralig'i 15—45 sm) ga eng yaqin va tanish odamlargina
kiritiladi. Uning asosiy belgilari: ishonch muhiti, past ovoz, taktil aloqa.
Intim hududga begonalarning kirishi organizmda muayyan fiziologik
o'zgarishlami keltirib chiqaradi (yurak urishi tezlashadi, adrenalin
ajralishi ko'payadi).
Shaxsiy hudud
(45—120 sm) da tanishlar
hamkasblar muloqoti amalga oshadi. Uning asosiy belgilari: vizual
kontaktning uzoqroq davom etishi, verbal muloqotning noverbal
muloqotdan ustun bo'lishi.
Ijtimoiy hudud
(120 —400 sm) da begona
kishilar muloqoti amalga oshadi. Uning asosiy belgilari: muloqotning
rasmiy xarakterga ega bo'lishi, suhbatdoshlar bir-birini yaxshi tanimasligi.
Ommaviy hudud
(400 sm va undan ortiqroq) da kishilaming katta guruhi
bilan muloqot qilinadi. Uning asosiy belgilari: bevosita kontaktning
yo'qligi, noverbal signallar rolining ortishi.
3. Vizual kontakt ko'zlar orqali amalga oshiriladigan aloqadan
iborat. Psixologik tajribalardan ma’lum bo'lishicha, suhbatdoshlar bir-
birining ko'zlariga tikilishi bilan o'zidagi yoqtirish, sadoqat yoki
aksincha, (agressiv) tajovuzkor reaksiyalarga tayyorlikni ifodalaydi.
Yoqimsiz mavzudagi suhbat davomida kishilar ko'zlar to'qnashuvidan
o'zlarini saqlaydilar. Ayollar erkaklarga nisbatan vizual kontaktga
ko'proq moyildirlar. Odamning emotsional holati ta ’sirida ko'z
qorachig'i kengligi o'zgaradi. Salbiy emotsiyalar ta’sirida qorachiq
torayadi, ijobiy emotsiyalar ta ’sirida esa kengayadi.
Mutaxassislar maslahatiga ko'ra, ijobiy va ishonchli munosabat
o'rnatish uchun suhbatdoshlar vizual kontakti butun muloqot vaqtining
60—70%ini egallashi kerak. Odam samimiy bo'lmasa yoki uyalayotgan
bo'lsa vizual aloqa butun muloqot vaqtining 1/3 qismini egallaydi. Agar
vizual kontakt butun muloqot vaqtining 2/3 qismini egallasa, bu holat
odamga nisbatan qiziqish kuchliligini (bunda ko'z qorachig'i kengayadi)
yoki salbiy munosabat kuchliligini ko'rsatadi (bunda ko'z qorachig'i
torayadi). Ammo vizual aloqada milliy xususiyatlami inobatga olish kerak.
Janubiy Yevropa xalqlarida suhbatdosh ko'zlariga uzoqroq tikilish odatiy
holat. Ba’zilarga bu haqorot bo'lib tuyulishi mumkin. Yaponlar yuzga
nisbatan bo'yinga ko'proq qaraydilar. Vizual kontakt 10 soniyadan
ortmasligi kerak. Vizual aloqaning optimal varianti suhbatdoshlaming
www.ziyouz.com kutubxonasi
yuzma-yuz emas, ma’lum burchak ostida (90 gradus) bir-biriga
yuzlanishidan iborat. Bunday joylashish tikilib turishga majbur qilmaydi
va harakatlarning erkin bo'lishini ta ’minlaydi. Demak, noverbal
muloqotda bir qancha belgilar tizimlaridan foydalaniladi. Ulardan
foydalanish ko'pincha ongsiz ravishda amalga oshadi.
Kishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda
harakat qilgan holda о ‘zaro munosabatga kirishgan taqdirdagina
qondirilishi mumkin bo‘lib kelgan. Bu hoi subyektda uning uchun nima
muhim va ahamiyatli ekanligini aytish ehtiyojini keltirib chiqaradi.
Muayyan yoshda bola aniq-ravshan nutqni egallay boshlaydi, bir
yoshning oxiriga yetganda buning dastlabki belgilari paydo bo'ladi.
Murakkab talaffuzni talab qilmaydigan va oson aytiladigan «о — ра»,
«bu — vi» kabi ohangdosh so'zlar jumlasidandir. Katta yoshdagilar bu
hamohanglikni konkret shaxslarga — ona — ota — buviga bog'laydilar
va bolaga ana shu ohangdosh so'zlaming uning yaqin atrofidagi konkret
shaxslar bilan bog'lanishi qaror topishiga («bu sening buving»)
yordamlashadilar. Bola so'zni talaffuz qilarkan, istaganiga erishishga —
e’tiborga, erkalatilishga, o'yinchoq kabilarga erishishga intiladi. So'z
aloqa vositasiga aylanadi. Qo'llanadigan so'zlar soni to'xtovsiz orta boradi
va 2 yoshda bolalarning so'z boyligi kengayib, ulaming grammatik
shakllarini to'g'ri ishlatishi ham mumkin b o iib qoladi. Jumlalar
murakkablashib va uzunroq qilib tuzila boshlaydi. Bolaning tili maktab
yoshigacha bo'lgan yillar davomida muttasil boyib boradi.
Maktabda o'qish, yozish, keyinroq esa til va adabiyot darslarida
bolalarda muloqot vositasi sifatida tilga va munosabat jarayoni sifatida
nutqqa ongli munosabat shakllantiriladi. Til o'qituvchi tomonidan
maxsus uyushtirilgan tahlil predmetiga aylangan holda o'quvchilar
oldida ijtimoiy jihatdan shakllangan qonunlar ta’siriga bo'ysunadigan
murakkab belgilar tizimi sifatida namoyon bo'ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va o'quvchilarda nutqiy
munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli katta.
Bu o'rinda ham o'qituvchining erkin hamda aniq-ravshan nutqi
o'quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim
shartlaridan hisoblanadi. Yuksak nutq madaniyati — o'qituvchi tomonidan
vaqtdan oqilona foydalanishning muhim shartidir. Demak, nutq faoliyati
turli davrlarda o'ziga xos tazrda shakllanib, takomillashib boradi.
3.3. Sotsial nazorat va ijtimoiy qoidalar
Muloqot maqsadlari kishilaming birgalikdagi faoliyat ehtiyojlarini
aks ettiradi. Bu hoi quruq safsatabozlikning, ya’ni fatik muloqotning,
kommunikatsiya vositalarining birgina muloqot jarayonining o'zini hosil
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilishdan iborat yagona maqsad yo‘lida tuturuqsizlik bilan foydala-
nilishini istisno etmaydi.
Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos
qilish, biror narsani tushuntirish bilan birga o'z oldiga boshqalarga
ta’sir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qo'yadi.
Muloqotning maqsadi kishilaming birgalikdagi faoliyatga ehtiyojini
aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o'zaro ta’sir sifatida namoyon
bo'ladi, ya’ni kishilaming birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo
boiuvchi aloqa va o'zaro ta’sirlar yig'indisidir. Birgalikdagi faoliyat va
muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro‘y beradi. Jamiyat ijtimoiy
me’yorlar sifatida maxsus xulq-atvor namunalari tuzilishini ishlab
chiqqan. Ijtimoiy norma (me’yor)lar ko'lami nihoyatda keng — mehnat
intizomi, harbiy burch, vatanparvarlik, xushmuomalalik qoidalari
ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy nazorat muloqotga kirishuvchilar
bajaradigan rolning «repertuar»iga mos holda namoyon bo'ladi.
Psixologiyada «rol» deganda ijtimoiy (sotsial) mavqeni egallab
turuvchi har bir kishidan atrofdagilar kutadigan, norm ativ
tomonidan ma’qullangan xulq-atvor namunasi tushuniladi. (Yosh,
mansab, jins va oiladagi, o'qituvchi va o'quvchi, shifokor va bemor,
katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak yoki
ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bo'lishi mumkin.) O'z
navbatida har bir rol o'ziga mos talablarga javob berishi kerak.
Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin.
Masalan, xizmat joyida direktor, kasal bo'lsa vrach ko'rsatmalariga
itoat etuvchi bemor, oilada keksa ota-onasining qobil farzandi,
mehmondo'st oila boshlig'i bo'ladi. Turli rollami bajaruvchi kishilaming
o'zaro munosabati rolli kutishlar bilan boshqariladi. Xohlaydimi yoki
yo'qmi atrofdagilar undan ma’lum namunaga mos keluvchi xulq-
atvorni kutadilar. Agar rol yaxshi bajarilmasa ijtimoiy nazorat
tomonidan baholanadi, ozmi-ko'pmi cheklashlar qilinadi.
Turli xil rollarni bajarayotgan kishilaming o'zaro birgalikdagi
harakati rollar ehtimoli bilan boshqariladi. Rolning qanday bajarilishi
sotsial nazorat ostida b o 'lad i, ijtim oiy jihatdan baholanadi,
namunadan chetga chiqish esa qoralanadi. Jumladan, ota-onalar
mehribon, xushmuomala, bolaning aybiga nisbatan shafqatliroq
bo'lishlari kerak. Bu rollar ehtimoliga mos bo'lib tushadi va ijtimoiy
jihatdan ma’qullanadi. Ammo atrofdagilarga ota-onaning mehribonligi
haddan oshib ketayotgani sezilib turadi va qoralanadi. Vaqti kelganda
ota-ona bolaga nisbatan qattiqqo'l, talabchan boiishi lozim. Shunday
qilib, o'zaro birgalikda harakat qilayotgan kishilar xulq-atvorining
bir-birlaridan kutgan taxminlariga mosligi muloqot jarayonida
muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Muloqotning bevosita muvaffaqiyatining sharti o‘zaro ta ’sir
etuvchi kishilaming har biridan kutilayotgan harakatlarga mos keluvchi
xulq-atvor namunasi qoilanishidadir. Kishining boshqalar undan
nimani kutayotganini, nimani eshitishga va undan nimani ko'rishga
tayyor ekanligini to'g'ri, aniq, xatosiz ko'chira olish qobiliyati takt
deb ataladi.
O'qituvchi o'quvchilar jamoasi kishilardan tashkil topganligini
unutmasligi, har bir o'quvchi shaxsini e’tibordan chetda qoldirmasligi
kerak. O'quvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga boisa-
da yo'qolishi, og'ir oqibatlami vujudga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |