bo‘luvchi omillardan biri — bu bitta xodimga bir necha boshliqlarning
ko'rsatma berishlaridir. Oqibatda xodim kimning ko'rsatmasini bajarishni
bilmay qoladi. Opponentlar bu yerda rahbarlardir. Jamoada xodimlar
qanchalik kam bo'lsa rahbar ular bilan nizoga bormay ishlay oladi.
Jamoa a’zolari ko'p bo'lsa, rahbar faqat sharoitni yaratish bilan bog'liq
vazifalamigina bajaradi. Chunki xodimlar bilan bevosita muloqotda
bo'lish imkoniyati bo'lmaydi.
Rahbar qo'l ostidagi o'rinbosarlar qanchalik ko'p bo'lsa, ularning
har biri boshliqning ko'ziga kamroq ko'rinishga harakat qiladilar.
Chunki rahbar ularni xaotik (tartibsiz) boshqaradi. Ayrim rahbarlar
barcha ishni, hatto boshqaruvni ham o'rinbosarlariga topshirib qo'yadi.
O'zi mas’uliyatdan qochib yuradi. Lekin bunday usulda ish olib borilsa
ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin.
Ziddiyatning kelib chiqishiga sabab bo'luvchi manbalardan biri —
boshqaruvda vazifalaming to'g'ri, aniq taqsimlanmaganligidir.
Quyidagi chizmadan boshqaruvdagi sansalorchilikni
kuzatish mumkin:
Dostları ilə paylaş: