8. Xodimga tanbeh berishdan awal uni maqtang.
Biz atrofdagilar bilan verbal va noverbal muloqot usullaridan
foydalangan holda munosabatda bo'lamiz. Verbal muloqot bu — so'z,
fikrlar orqali bo'ladigan muloqot bo'lib, unda chiroyli so'zlash,
fikrlaming mantiqiyligi, izchilligiga e’tibor berish.
Noverbal muloqot — imo-ishoralar,
qovoqni solib, ochiq chehralik
bilan, peshonani tirishtirib, g'azabnok, ovozni ko'tarib, indamasdan
va boshqa shu kabi harakatlar orqali bo'ladigan muloqot. Noverbal
muloqot verbal muloqotni to'ldirib turadi.
Rahbarlarda quyidagi qobiliyatlar shakllangan bo'lishi uning obro'si
oshishiga yordam beradi:
• Nutq, notiqlik (ritorika) qobiliyati — ovozning chiroyliligi,
so'zlami o'z o'mida qo'llash, shevaga yo'l qo'ymaslik, bitta tilda so'zlash.
• Kommunikativ qobiliyat — atrofdagilar
bilan tez til topa olish,
aralashib keta olish qobiliyati.
• Didaktik qobiliyatlar — so'zlayotganda diqqatni to'plab, bir
nuqtaga qarata olish, gapni chalg'itmaslik, uzoqdan gap boshlamaslik.
• Avtoritar qobiliyatlar — xodimlar bilan muloqotda bo'layotganda
o'z obro'sini saqlab tura olish, chegaradan chiqib ketmaslik qobiliyati.
• Xayol qilish qobiliyati (fantastik) — xodimlarning kelajakda
qanday qobiliyatga, uquvga, malakaga ega bo'lishlarini muloqot orqali
oldindan seza olish qobiliyati.
• Perseptiv qobiliyatlar — suhbatdoshini tezda, to'liq idrok qila
olish qobiliyati, suhbatdoshi kim ekanligini his qila olish kabilar.
Rahbarlar har bir suhbatdoshning yoshini,
tajribasini, malakasini
hisobga olgan holda munosabatda bo'lishi maqsadga muvofiq. Masalan,
o'smirlarga, o'spirinlarga alohida, kattalarga alohida, ishchilarga, oliy
ma’lumotlilarga alohida muloqotda bo'lish kerak.
Rahbarlar har bir suhbatdosh bilan uning individualligini hisobga
olgan holda munosabatda bo'lishi lozim.
Chunki har bir xodimning
o'ziga xos temperamenti (mijozi), xarakteri (tabiati), qobiliyati
(iqtidori, layoqati), odatlaribor. Ulami o'zgartirish juda qiyin, shuning
uchun rahbarlar xodimlarni doimo kuzatishlari, ularning ruhiy
xususiyatlarini o'rganishlari lozim. Shunda ular bilan to'g'ri muloqotda
bo'lishlari oson bo'ladi. Rahbar xodimlariga doimo jonkuyar, g'amxo'r,
vaqti kelganda talabchan, to'g'ri munosabatda bo'lishi kerak.
Shuningdek, rahbar xodimlarga nisbatan b a ’zan xushomad
(kompliment) usulini ham qo'llashi zarur. Masalan, «bugun juda
boshqachasiz, mana
shu kiyimingiz juda yarashibdi, men sizga
ishonam an, azizim» kabi «oltin so'zlar»ni ishlatish m uloqot
muvaffiqiyatini ta’minlaydi, kelishmovchiliklaming oldi olinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
4.8. Og'zaki ko'rsatmalar berishni shakllantirishning
psixologik qoidalari
A walgi bobda biz attraksiyani (o ‘ziga jalb qila olish)
shakllantirishning psixologik usullari haqida fikr yuritdik.
Ayrim
rahbarlar «Men istayman», «Menga kerak» kabi iboralarni ko‘p
ishlatadilar. Lekin xodim buni rahbar umumiy jamoaning ishi uchun
gapirayotganini to‘g‘ri tushunishi kerak.
Shaxs sifatida tan olmaslik yo'nalishi bo'yicha quyida o'ng va chap
jadvalda rahbaming xodimlarga beradigan og'zaki ko'rsatmalari aks etgan:
Dostları ilə paylaş: