M muminova biznes-jarayonlarini modellashtirish


X bob. BIZNES-JARAYONLARIDA AXBOROT



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/93
tarix13.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#129488
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   93
Biznes jarayonlarini modellashtirish @iqtisodchi kutubxonasi

X bob. BIZNES-JARAYONLARIDA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARINI QO„LLASH 
 
10.1. Excel dasturida optimizator va undan foydalanish asoslari 
Biznes-jarayonlarini modellashtirishda elektron jadvallar (EJ) foydalanuvchiga 
masalaning qo‗yilishi va dasturlashga vaqt sarflamasdan turli xildagi optimallash 
masalalarini yechishga keng imkoniyatlar beradi. Agar foydalanuvchi oldiga 
qo‗yilgan masalaning mazmunini yaxshi tushunsa, uning turi va yechish usulini 
hamda EJning maxsus vositalarini bilishga ega bo‗lsa, unda masalani yechish usuli 
qulay va samarali omilga aylanadi. 
Boshlang‗ich ma‘lumotlarni kiritgach, masalaning shartlari bilan tanishish 
bosqichlarida va yechimini rejalashtirishda foydalanuvchi Excel muloqot oynasida 
maqsad funksiyasi va uning ekstremumi uchun yacheykalar ko‗rsatadi, masala 
yechimini joylashtirish yacheykalar diapazonini ajratadi, murakkab bo‗lmagan 
arifmetik formulalarni kiritadi va masala chegaraviy shartlarini o‗rnatadi. Ushbu 
jarayon aslida masalaning iqtisodiy qo‗yilishi deyiladi, natijada Excelda avtomatik 
ravishda mavjud dasturiy modullar yordamida bajariladigan aniq optimallash 
masalasining matematik modeli tuziladi. 
Excel dasturi foydalanuvchilar uchun optimallashtiruvchi modellar haqida 
ma‘lumotlarni to‗plashga qulay vositalarni ta‘minlaydi hamda olingan yechimlar 
variantlarini (oldindan tuzilgan iqtisodiy-matematik modellar asosida) uch xil turdagi 
standartlashgan shakldagi hisobotlarni beradi hamda masalani yechish ssenariylarini 
kompyuter xotirasida saqlashga imkon beradi. Excel dasturidagi ushbu optimizatorni 
yuqori malakali analitiklarning ―o‗yin‖ ssenariylarida keng qulaylik yaratadi, ya‘ni 
biznes-jarayonlari bo‗yicha turli xil alternativ loyihalarning ko‗p variantli 
yechimlarini tadqiq qilishga har tomonlama yordam beradi. 
Optimallashdigan masalaning alomatlari. Exceldagi optimizator moduli 
yordamida yechiladigan biznes-jarayonlari masalalariga xos bo‗lgan uch xil alomatlar 
mavjud: 
1) maqsad funksiya yacheykasi; 


147 
2) masaladagi o‗zgaruvchilar yacheykalari; 
3) masala chegaraviy shartlari yacheykalarining mavjudligi. 
Excelda yechiladigan optimallashtiruvchi masalalarning yagona maqsad 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin