Biznes jarayonlarini modellashtirish @iqtisodchi kutubxonasi
funksiya yacheykasi mavjud. Unga foydalanuvchi masalaning maqsad funksiyasidan
kelib chiqib, uning formulasini kiritishi lozim, keyinchalik esa dasturiy vosita
muloqot oynasida funksiya ekstremumining qanday qiymatga (maksimum yoki
minimum) erishishini ko‗rsatish kerak. Masalaning modelini tuzish va hisobotni
initsializatsiyalashni tugatgach, Excel dasturi avtomatik ravishda ushbu yacheykaga
ekstremal natijani joylashtirishga erishishi lozim. Formula maqsad funksiyani
masalan, sof foyda yoki jami xarajatlar qiymatini hisoblaydi. Bunda boshqa
o‗zgaruvchilarning qiymatlarini avtomatik ravishda o‗zgartirib boriladi.
Dasturiy muloqotda maqsad yacheykasi uchun (katakchaning o‗zida emas),
maqsadga erishishda u bilan o‗zaro bog‗liq bo‗lgan katakchalarning qiymatlarini
tanlash kerak bo‗lsa, haqiqiy maqsadli qiymatni joylashtirish mumkin. Boshqacha
aytganda ―Million so‗m foyda zarur! Bunga biz qanday erishishimiz mumkin?‖
turdagi teskari masalalarni yechish imkoniyati mavjud. Birinchi ssenariy: mavjud
narxlarda bunga qancha resurslar talab qilinadi, yoki (ikkinchi ssenariy) buning
uchun mavjud narxlarda mahsulotning narxlari qanday bo‗lishi kerak, yoki (uchinchi
ssenariy) mahsulotning mavjud narxida resursning narxi qanday bo‗lishi lozim?
Maqsad funksiya katakchasida natija formulasiga murojaat qiluvchi va unga
bog‗liq bo‗lgan bir yoki bir necha o‘zgaruvchan katakchalar ko‗rsatilishi lozim.
Ular yechimning noma’lumlari yoki o‘zgaruvchilar deb ataladi. Поиск решения (Yechimni qidirish) funksiyasi o‗zgaruvchan katakchalarning qiymatlarini shunday
tartibda joylashtiradiki, bunda maqsad katakcha formulasining optimal yechimni
osonlik bilan topishga imkoniyat paydo bo‗ladi. Elektron jadvallarning ko‗p
versiyalarida bitta yechimda o‘zgaruvchan katakchalarning soni 100 tagacha
bo‗lishi mumkin. Har bir o‘zgaruvchan katakcha uchun chegaraviy katakchalar soni bittadan kam bo‗lmasligi lozim. Resurslar chegaralari bo‗yicha, talab hajmi
bo‗yicha (minimal talab, maksimal talab) bir qancha miqdorda qo‗shimcha
chegaraviy katakchalar ham mavjud bo‗lishi mumkin.