davlatiar o‘rtasida mamlakatga hukmronlik qilish uchun doimiy kurash borgan boisa, ikkinchi tomondan, me’morlik va tasviriy san’atning turlarini rivojlantirish uchun tosh, yog‘och va metallarning yetarli boimaganidan, deyish mumkin. Saqlanib qolgan yodgorliklar, ulaming qoldiqlari Old Osiyoda eramizdan awalgi 4000-3000-yillardayoq bu yerda o‘ziga xos arxitektura paydo boiganligi va rivojlanganligidan dalolat beradi. Old Osiyo san’atida ham monumental me’morlik yetakchi o‘rinni egallagan. Mesopotamiya me’morligining o‘ziga xos xarakterli tomonlari eramizdan awalgi 4 ming yillikda Shumer madaniyati shakl langan paytlarda yuzaga keldi. Bu davrga kelib odamlar yashaydigan yirik manzillar markazi baland su’niy yoki tabiiy tepaliklar ustiga qurilgan monumental saroylar markaz vazifasini o‘tay boshlagan. Ular asosan, xom gishtdan ishlangan, devor yuzasi pishiq gisht parchin va qisman toshlar bilan qoplab chiqilgan. Binoning tashqi devori tokchalar va yarim ustunsimon vertikal chiziqlar bilan ajratilgan. Bu hajmlar binoda yorug‘ - soya mosligini kuchaytirib, uning tantanavor ko‘rinishini oshirgan. Bu xususda El-Obeydagi saroy (er. av. 3000-yillar) xarakterlidir. Saroy su’niy tepalik ustiga qurilgan boiib, unga zinalar bilan chiqilgan. Devoming ichki va tashqi tomonidagi yarim ustunsimon, hajmlar uning pishiqligini oshirishga xizmat qilgan. Old Osiyo me’morchiligining yana bir o‘ziga xos xususiyati, ibodat xonalar oldiga qurilgan, tepaga tomon kichrayib boruvchi supachalar- dan tashkil topgan zikkurat hisoblanadi. Bu supachalar zinalar bilan bogiangan. Zikkuratning eng yuqori qismi xona boiib, u yerda oltin-