dunyo tomonlari yo‘nalishi bo‘ylab joylashtirilgan101. Shaharlar atrofi mustahkam istehkom devorlari bilan o‘ralgan edi; Mesopatamiya - qadimgi qal’alar mamlakati. Bobil shahri himoya qiluvchi devorlar bilan o ‘rab olingan butun bir muncha katta bo‘lmagan hudud bo'ylab, uning ichkarisida aholini boquvchi ekin maydonlaridan iborat edi. Xorsobod - faqat mustahkam langan devor bilan o‘ralgan uylar majmuasidan iborat shahar; daryo uni kesib o‘tmaydi, chunki u orqali dushman shaharga kirib olishidan qo‘rqishgan. Bunday bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfga shu darajada katta e’tibor berilar ediki, agar shahar o ‘rtasidan daryo o‘tgan boisa uning ikkala qirg‘og‘ini ham qal’a chizig‘i bilan mustahkamlashga harakat qilinar edi. 0 ‘zlari faqat tashqi dushmandan himoya qilibgina emas, balki mamlakat ichidagi qo‘zg‘olonlar to‘g‘risida ham hech qachon yodlaridan chiqarishmas edi. Ko‘prik Bobilning ikki qismini birlashtirib turar edi, ammo bu ko‘prik suriluvchi edi, uning oraliqlari har kecha surilib turuvchi yo‘g‘on eman daraxtidan yasalgan edi. Xuddi shunday hozirgi vaqtda Damashqning ko‘chalari ham bir biridan darvozalar bilan ajratilgan, kechasi ular yopiq boiib shaharni bir biri bilan aloqa qila olmaydigan qismlarga ajratadi. Xorsabod saroyi yaxlit to‘siq bilan o‘ralmagan; u daryoning qirg‘oqlaridan birida joylashgan boiib, u vohadan panoh topishga yoki Tigr daryosiga yetishga imkon berar edi. Istehkom devorlaridagi ikki darvoza hech qachon bir biriga qarama-qarshi qilib qurilmagan, ko‘rinishini ochib qo‘yish mumkin boiishini to'sib qo‘yish uchun, andiladalar (biridan ikkinchisiga o‘tiladigan uylar) qurmasllikka harakat qilishar edi102. Istehkomlar - Bobilning istehkom lari uch qavatli edi. Xorsobodda