Qadimgi quldorlik davlatlaridan bo‘lgan Gretsiyada jahon arxitek tura tarixidan birinchi marta demokratik prinsipiar kamol topdi. Greklar birinchi bor baddiy ijodda insoniyatning asriy muammolarini yechishga o ‘rindilar. Ular botirlik, josorat, vatan mehri va hur insonning qudratini ulug‘ladilar, uning jismoniy go‘zalligi va ma’naviy barkamolligini ifoda- !ab, ideal, garmonik kamol topgan inson obrazini yaratishga intildilar. Qadimgi Gretsiyada faoliyatli, davlat manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yyadigan insonni ulug‘laydilar. Irodali vatanni sevadigan va uning uchun kurasha oladigan inson obrazini ideal inson, deb biladilar. Grek xudo va ma’budalarida, masalan, Appolon (nur xudosi), Afina (hunarmandchilik va dehqonchilik ma’budasi) va boshqa ma’budalar timsolida greklar o‘zlarining tasavvuridagi barkamol inson qiyofasini gavdalantiradilar. Darhaqiqat, grek san’ati insonning real his-tuyg‘ularini badiiy ifoda etishi bilan hamon kishiga shavq-zavq baxsh etmoqda. Inson aql-idroki, zakovatini tarannum etib, unga kuch 1,8
History of Architecture AD.FHamlm A, M. Professor of the history o f Architecture in the school of Architecture,
COLUMBIA, UNIVERSIRY,1998 SEVENTH EDITION. P 39 (At Mycenae the city wall is pierced by the
remarkable Lion Gate consisrting of two jambs and a without cement.)
bag‘ishlamoqda. Grek arxitekturasining shu jihati yevropaliklar tomonidan ham, sharq halqiari tomonidan ham e’zozlanadi. GOMER DAVRI ME’MORCHILIGI. Qadimgi Gretsiyatarixining er. av. XI-VIII asrlari Gomer davri deb ataladi. Bu davr arxitekturasi va madaniyatining o'rganishda Gomeming «Iliada» va «Odisseya» dostonlari qimmatli manba hisoblanadi.