M O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 383,96 Kb.
səhifə26/43
tarix04.07.2022
ölçüsü383,96 Kb.
#62627
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
8057ef32de526df47292716c72635b17 bolalar orginal

Manba: Krug I .G. va boshqalar (Muharrir ) (2002). Zo‘ravonlik va Salomatlik bo‘yicha Butun jahon hisoboti. Jeneva , Butun jahon Sog’likni Saqlash Tashkiloti.
Masalan, iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy mavqe, yosh va jins kabilar inson o‘limiga olib keluvchi zo‘ravonlik bilan bog’liq bo‘lgan bir qator qaltislik omillari jumlasiga kiradi. BST hisob-kitoblariga ko‘ra, 2002 yilda past daromadli mamlakatlarda bolalar qotilligining darajasi yuqori daromadli mamlakatlardagiga nisbatan ikki barobar yuqori bo‘lgan (har 100000 kishiga 2,58 va 1,21 ta). 1.3-Shaklda ko‘rsatilganidek, bolalar orasida qotillik oqibatida halok bo‘lishning eng yuqori ko‘rsatkichlari o‘smirlarga, xususan 15 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g’il bolalarga (mazkur ko‘rsatkich qizlar uchun har 100000 kishiga 3,28ga to‘g’ri kelsa, o‘g’il bolalar uchun 9,06 ga teng) hamda 0 dan 4 yoshgacha bo‘lgan go‘daklarga (qizlar – 1,99 va o‘g’il bolalar – 2,09) to‘g’ri keladi. Ammo, go‘daklarning qotillik oqibatidagi o‘limi borasidagi tadqiqotlar zudlik bilan mazkur ko‘rsatkichlarning ishonarlilik darajasini oshirish borasida ish olib borishi va hamda turli mintaqalarda qiz bola go‘daklar qatl qilinishi bo‘yicha mavjud holatlarning ko‘lamini aniqlashi lozim.
Mavjud ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yosh bolalar uchun zo‘ravonlik turlari orasida jismoniy zo‘ravonlikning tahlikasi eng yuqori bo‘lsa, jinsiy zo‘rlashga ko‘proq balog’atga yetgan bolalar yoki o‘smirlar duchor bo‘ladilar. O‘g’il bolalarning jismoniy zo‘ravonlik qurboni bo‘lishi ehtimoli nisbatan yuqoriroq bo‘lsa, qiz bolalar ko‘proq e’tiborsizlik va shahvoniy zo‘ravonlik qurboni bo‘lishlari ehtimoli yuqoriroqdir. Xulq-atvorning ijtimoiy va madaniy jihatlari, ijtimoiy-iqtisodiy omillar, jumladan, tengsizlik va ishsizlik, jinslarning rolini o‘xshatish asosida belgilash kabilar ham muhim rol o‘ynaydi.
Bolalarning ba’zi guruhlari yoki toifalari zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlariga ayniqsa ta’sirchan bo‘ladi. Masalan, zo‘ravonlikka yuqori darajadagi ta’sirchanlik ko‘proq Nogiron bolalar, yetim bolalar (OIS natijasida yetim qolgan millionlab bolalar shular jumlasidan), tub yerlik bolalar, etnik jihatdan kam sonli xalqlarning yoki boshqa e’tibordan chetda qolgan guruhlarning bolalari, ko‘chalarda yashovchi yoki ishlovchi bolalar, maxsus muassasalar yoki hibsxonalardagi bolalar, tengsizlik, ishsizlik va qashshoqlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan hamjamiyatlarda yashovchi bolalar, qochoq bolalar va boshqa joyga ko‘chirilgan bolalar kabilarga to‘g’ri keladi. Zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlari bo‘yicha o‘g’il bolalar va qiz bolalar bir-birlaridan farqli darajadagi tahlika ostida bo‘lganligi tufayli jins masalasi ham muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 


Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. SHu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. YOshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo‘ladi. 
Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. 
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. 
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. 
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. 
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. 
Ana shu ezgu g‘oya Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Mazkur hududdagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar etkazib berildi. Musiqa va san’at maktablari cholg‘u asboblari, sport ob’ektlari jihozlar bilan ta’minlandi. 
Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, "Ma’rifat karvoni" tashkil etildi. YOshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari etkazib berildi. 
Ushbu 5 tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. 
Yig‘ilishda bu tajribani O‘zbekistonning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi. 
Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazi, 312 ta musiqa va san’at maktabiga atigi 130 ming nafar o‘g‘il-qiz qamrab olingani, mazkur muassasalarning aksariyati o‘quv qo‘llanmalari, notalar to‘plami, musiqa asboblari va jihozlar bilan etarli darajada ta’minlanmagani qayd etildi. 
Davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holatini o‘rganib, faoliyatini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berdi. 
Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Tashabbuskor iste’dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va "YOshlar klublari" tashkil qilish zarurligi ta’kidlandi. 
Atoqli san’atkor va iste’dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko‘makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o‘sha joylarda madaniyat va san’atni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi. 
Musiqa va san’at sohasida oliy ma’lumotli kadrlarni ko‘paytirish masalasiga ham e’tibor qaratildi. 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklariga muayyan mavzular bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi. 
Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, yurtimizda 12 mingdan ziyod sport inshooti borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi etarli emasligi qayd etildi. Umumta’lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko‘rsatkichi mamlakat bo‘yicha 56 foizni tashkil etgani holda, Surxondaryo viloyatida atigi 12 foiz, Xorazmda 14 va Qoraqalpog‘istonda 15 foiz, xolos. 
Yig‘ilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi. 
Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini o‘rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar manbasini aniqlash vazifasi yuklatildi. 
Olis va chekka qishloqlarda engil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun’iy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari barpo etish uchun er ajratish zarurligi ta’kidlandi. Bunday tadbirkorlarga Milliybank tomonidan "YOshlar – kelajagimiz" Davlat dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi. 
Joylardagi sport maktablariga taniqli xalqaro musobaqalar g‘oliblarini rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o‘quv yurtlarining maxsus sirtqi bo‘limlarida maqsadli o‘qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari sonini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. 
Videoselektor yig‘ilishida yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi. 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida barcha shaharlarda va tumanlar markazida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul o‘rgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida biznes bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar shakllantiriladi, "startap" loyihalarga yordam ko‘rsatiladi. 
Bugungi kunda barcha maktablarda kompyuter texnikalari bo‘lishiga qaramasdan, internet xizmatidan etarli darajada foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. 
Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda, kompyuter o‘yinlari markazlarini tashkil etish, ularda bolalar va yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. 
YOshlarda bolalik chog‘idan kitobga mehr uyg‘otish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yo‘llarida mustahkam zamin bo‘ladi. Lekin ko‘plab qishloq va mahallalarda buning uchun zarur sharoit mavjud emas. Ilgarigi kutubxonalar o‘rnida tashkil etilgan Axborot-resurs markazlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmadi. 
SHu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus doirasida yoshlar sonidan kelib chiqqan holda joylarga qo‘shimcha kitoblar etkazib berish rejalashtirilgan. 
Davlatimiz rahbari mutasaddi vazirlik va idoralarga "Ma’rifat karvoni" loyihasi doirasida badiiy, ma’rifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam bo‘lmagan miqdorda etkazib berish bo‘yicha topshiriq berdi. 
Yig‘ilishda mahalliy hokimliklar har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob do‘koni tashkil etishi kerakligi ta’kidlandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga barcha shahar va tumanlarda ko‘chma kitob pavilonlarini joylashtirish, "Bibliobus"larni yo‘lga qo‘yish orqali qishloq va ovullar aholisiga kutubxona xizmati ko‘rsatish vazifasi yuklatildi. 
Yig‘ilishda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi. 
SHu maqsadda 2019-2020 yillarda barcha tumanlarda sendvich panellardan 195 ta tikuv-trikotaj korxonasi tashkil etish belgilangan. Ularni qurish uchun aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari ko‘p joylar tanlab olingan. Bu korxonalarni tashkil etish natijasida xotin-qizlar uchun 24 mingdan ortiq doimiy ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. 
Prezidentimiz mehnat qilish istagidagi ayollar ish o‘rinlari sonidan ancha ko‘pligini hisobga olib, korxonalarda ishni 2 smenada tashkil etish, ularda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish zarurligini ta’kidladi. 
Yig‘ilishda qayd etilgan 5 tashabbusni keng joriy qilish maqsadida barcha hududlarga mutasaddi rahbarlar mas’ul qilib biriktirildi. SHuningdek, bu vazifalarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari, "Nuroniy", "Mahalla" jamg‘armalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, YOshlar ittifoqi rahbarlari shaxsan mas’ul va javobgar etib belgilandi. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan axborotlar tinglandi. 
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini qanday yaxshilash kerak?
2020 yilning boshida O‘zbekiston hukumati va BMT agentliklari tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilishni mustahkamlash bo‘yicha BMT qo‘shma loyihasi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar beradi «Gazeta.uz». Asosiy maqsad — nogironligi bor katta yoshdagilar va bolalarni o‘z ichiga oladigan barcha O‘zbekiston fuqarolarini butun hayotlari davomida ijtimoiy himoyaning sifatli xizmatlaridan foydalana olish imkoniyati bilan ta’minlash.
Mazkur loyihadagi uchta eng ustuvor yo‘nalishlardan biri, bu ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona davlat koordinatsion mexanizmini yaratish hisoblanadi.
Hozirgi kunda ijtimoiy himoyaning tarqoq dasturlarini birlashtirish nega bu qadar zarur va bu aholining kam ta’minlangan qatlamlari, nogironligi bor shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar va zaif qatlamga kiruvchi boshqa kishilarning hayotini qanday yaxshilagan bo‘lar edi?
Ijtimoiy himoyaning yagona organini yaratish vazifasi Prezident topshirig‘ida nazarda tutilgan va 2019 yil uchun davlat dasturida aks ettirilgan edi. Lekin 2020 yilgi davlat dasturida yagona idorani yaratish nazarda tutilmagan edi va bu 2021 yil — «YOshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»ning dasturiga ham kiritilmagan.
COVID-19 pandemiyasi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va katta yoshdagilarga samarali va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uchun tizimli islohotlarning zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi.
SHu munosabat bilan, 17 fevral kuni Prezident «2021—2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishni imzoladi va u bilan aholini ijtimoiy himoya qilish Milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi.
Tizimning tarqoqligi
O‘tgan yili xalqaro Mehnat tashkiloti, YUNISEF va Jahon banki asosiy diagnostik vosita (CODI) bazasida O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya tizimini baholadi.
Tadqiqot hozirgi kunda ijtimoiy himoya tizimi turli vazirlik va idoralar orasida tarqoq holda ekanligini va ularning hech biri ushbu sohada koordinatsiya, integratsiya va yagona davlat siyosatini amalga oshirishga javobgar emasligini ko‘rsatdi. Natijada, ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan strategiya va yagona qarash mavjud emas.
Har bir idora tarkibida vertikal tashkiliy tuzilma yo‘lga qo‘yilganligiga qaramay, turli davlat organlari o‘rtasida gorizontal kommunikatsiya yo‘q, va bu ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlariga taqdim etilayotgan ijtimoiy xizmatlarning amaliyligi, qamrab olinishi va sifatini sezilarli darajada pasaytirmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaning rasmiy qabul qilingan ta’rifi ham, hozirgi vaqtda mavjud turli dasturlarni boshqarish, koordinatsiya qilish va ishlab chiqish uchun ixtisoslashtirilgan yagona organ ham yo‘q.
2001 yilga qadar ijtimoiy himoya bilan tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari va hududiy ijtimoiy ta’minot boshqarmalarining keng tarmog‘iga ega yagona Ijtimoiy ta’minot vazirligi (Cobes) shug‘ullangan. 2001 yilda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tuzilganidan so‘ng, ijtimoiy himoya funksiyalari ushbu idoraga o‘tkazilgan.
Oradan o‘n besh yil o‘tib, idora o‘zida bandlikka ko‘maklashish va aholini professional tayyorlash sohasida umumiy siyosatni aniqlash hamda mehnat bozorida faol dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar va funksiyalarni saqlab qolgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
2016 yilning fevral oyida Mehnat vazirligi transformatsiya qilinganidan so‘ng, ijtimoiy himoya bo‘yicha ayrim funksiyalar Sog‘liqni saqlash vazirligi va 2018 yil oxirida SSV huzurida tashkil etilgan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga o‘tkazildi. Mazkur idora qariyalar va nogironligi bor shaxslarga tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni taqdim etadi.
Xalq ta’limi vazirligiga ham ijtimoiy himoyaning ayrim funksiyalari yuklatilgan, xususan, vazirlik nogironligi bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni nazorat qiladi hamda qishki kiyim va maktab buyumlarini o‘z ichiga oladigan to‘plamlarni taqdim etgan holda, zaif oilalar farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kichik dasturlarni amalga oshiradi. Moliya vazirligi ijtimoiy yordam dasturlari bo‘yicha barcha xarajatlarni nazorat qiladi va Pensiya jamg‘armasi faoliyatini koordinatsiya qiladi.
2020 yilda ijtimoiy himoya bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari ro‘yxati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va YOshlar ishlari agentligi bilan to‘ldirildi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining vakolati ijtimoiy yordamga muhtoj oila va bolalarni aniqlash, ijtimoiy nafaqa oluvchilarni mahalla darajasida ro‘yxatga olish va hisoblashdan iborat. YOshlar ishlari agentligi funksiyalariga esa ijtimoiy-huquqiy himoyani tashkil etish va institutsional muassasalarni tugatgan etim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bandligiga ko‘maklashish kiradi.

Nogironligi bor kishilarga ijtimoiy himoya xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha institutsional tuzilma
Afsuski, bunday institutsional tarqoqlik umumiy qarash hamda kelgusida ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash va aholining zaif qatlamlarini munosib qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning etishmovchiligiga olib keladi. Bu ham xalqaro, ham milliy ekspertlarni jiddiy tashvishlantirmoqda. Ijtimoiy himoya tizimining tarqoqligi oxir-oqibat bir xil vazifalarning turli idoralar tomonidan takrorlanishi, mablag‘larning samarasiz sarflanishi, ijtimoiy himoya va nafaqalar bilan qamrab olish darajasining pastligi, aholining zaif qatlamlari haqida yagona ma’lumotlar bazasi va statistik ma’lumotlarning yo‘qligiga olib keladi.
Byudjet shaffofligi va ijtimoiy himoya funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq umumiy muammolar bilan bir qatorda, kompleks va muvofiqlashtirilmagan faoliyatning yo‘qligi ko‘rilgan choralar ko‘pincha qisman bo‘lishiga sabab bo‘ladi, va natijada, maqsadli auditoriyani zaiflikdan barqaror chiqarishga yo‘l bermaydi, bu esa ko‘rilgan chora-tadbirlarning past samaradorligiga olib keladi.
Bunda, ijtimoiy xizmat va nafaqa oluvchilarning yagona reestriga ega ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona davlat organining yaratilishi, yirik byurokratik apparatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilayotgan byudjet resurslarini hamda ko‘plab vazirlik va idoralar o‘rtasidagi koordinatsiyaning tranzaksion chiqimlarini qisqartirishga imkon bergan bo‘lar edi.
YAgona idoraning tashkil etilishi, byudjet mablag‘larining kamida 20−30 foizini tejab qolishga, va ularni bevosita ijtimoiy yordamga muhtoj kishilarga qo‘shimcha to‘lovlar uchun yo‘naltirishga imkon bergan bo‘lar edi.
Ijtimoiy himoya bilan qamrab olish darajasining pastligi
Sovet davrida aholi ijtimoiy ta’minotining umumiy tizimi mavjud edi. Biroq, mustaqillikka erishilgandan so‘ng, hukumat aholining zaif qatlamlariga manzilli yordam berish (poverty targeting) usulini qo‘llashni boshladi va ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olish keskin kamaydi. 2018 yilda «O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» (Listening to the Citizens of Uzbekistan) loyihasi doirasida uy xo‘jaliklari orasida o‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, aholining deyarli yarmi va kam ta’minlangan qatlamlarning uchdan bir qismi ijtimoiy himoya dasturlari bilan qamrab olinmagan.
Ijtimoiy himoya dasturlarini oluvchi kishilarning umumiy soni 2012 yilda 8,1 million nafardan 2017 yilda 6,4 million nafargacha qisqargan. Eng ko‘p pasayish ishsizlik va kam ta’minlanganlik bo‘yicha nafaqa oluvchi kishilar orasida qayd etilgan. Ishsiz fuqarolarning taxminan 1 foizi ishsizlik bo‘yicha nafaqa bilan qamrab olingan (2020 yilda ishsizlik bo‘yicha nafaqa tayinlash qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlarni hisobga olmaganda).
YUNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, nogironligi bor bolalar va katta yoshdagilarning sezilarli qismi hech qanday nafaqa olmaydi — nogironlikning og‘ir shakli bilan ro‘yxatga olingan shaxslarning faqatgina 46 foizi pensiya yoki nogironlik bo‘yicha nafaqa oladi. Bundan tashqari, aholining katta qismida ijtimoiy ta’minotdan foydalana olish imkoniyati yo‘qligicha qolmoqda, chunki, 60 foiz atrofidagi ishlovchi aholi norasmiy sektorda faoliyat yuritadi va to‘lovlarni nazarda tutadigan ijtimoiy sug‘urta dasturlarida qatnashmaydi.
Ijtimoiy himoya funksiyalarining birlashtirilishi aholining turli guruhlarining individual ehtiyojlarini qondirish uchun qamrab olish imkoniyatini kengaytirishga yordam bergan bo‘lar edi. Buni byurokratik apparatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan byudjet mablag‘larini keskin bo‘shatish va maqsadli moliyalashtirishni ijtimoiy himoya ehtiyojlariga yo‘naltirish, yordam olishga huquq beruvchi ob’ektiv va shaffof talablarni (shu jumladan, ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash mexanizmi) joriy qilish, aholi bandligini formalizatsiya qilish (soyadan chiqarish) va ishsizlik holatlarida sug‘urtalash imkoniyatini yaratish, kam ta’minlangan shaxslar uchun nafaqalar mexanizmining manzilliligini yaxshilash orqali amalga oshirish mumkin.
Kelajakka sarmoya
O‘zbekiston ijtimoiy himoya uchun YAIMning 9,7 foizini (shu jumladan, ijtimoiy yordam, ijtimoiy sug‘urtalash va mehnat bozori dasturlari) sarflayotgan vaqtda, mavjud tizim aholining atigi 55 foizini qamrab olmoqda, asosan aholining 44 foizini tashkil qiladigan ijtimoiy sug‘urtalash orqali.
YUNISEFning o‘tgan yildagi tadqiqoti natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ortig‘ini yoshlar tashkil qilishi va mamlakat aholisining o‘rtacha yoshi 25 yoshni tashkil qilishiga qaramay, investitsiyalarning sezilarli qismi yoki YAIMning 6,95 foizi pensiya dasturlariga to‘g‘ri keladi.
Aholining katta qismini bolalar va yoshlar tashkil etadi, lekin, ularni ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan investitsiya miqdori juda kam va kichik qatlamni qamrab olishga qodir. Biroq bu erda xarajatlarni turli yosh guruhlariga taqqoslash kerak emas, chunki, ham bolalar, ham keksalar uchun mavjud ijtimoiy himoyani kengaytirish zarur. Boshqacha qilib aytganda, bolalar va yoshlarni ijtimoiy himoya qilishni moliyalashtirishni qariyalar uchun mo‘ljallangan dasturlarni qisqartirish hisobiga kengaytirish mumkin emas.
Pandemiyaning salbiy oqibatlari
Jahon banki tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, pandemiya bilan bog‘liq cheklovlar sababli, qo‘shimcha 450−840 ming nafar kishi kambag‘allik chegarasidan pastda bo‘lib qolishi mumkin (kambag‘allik chegarasi bir kishi uchun kuniga 3,2 AQSH dollari).
«O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» loyihasining uy xo‘jaliklarini o‘rganish bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar tahlili COVID-19 pandemiyasi tufayli bandlik va aholi daromadlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar keskin yomonlashganligini ko‘rsatdi. YUNISEF tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotning dastlabki natijalariga ko‘ra, pandemiya davrida bolalar kambag‘alligi 20 foizga oshgan, bu qo‘shimcha 550 ming nafar atrofidagi bolalarni anglatadi.
Prezident o‘zining Oliy Majlisga bo‘lgan murojaatnomasida, 2020 yilda ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni ikki barobarga oshgani, va 1,2 million nafargacha bo‘lgan kishilarni tashkil etganini hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga 2016 yil bilan solishtirganda, 5 barobar ko‘p mablag‘ ajratilganini qayd etdi. SHu bilan birga, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor nafaqa oluvchi oilalar soni ham ikki barobarga ko‘paygan.
Bunda, COVID-19 pandemiyasi va 2020 yildagi qat’iy karantin choralari davrida kambag‘allik toifasiga va qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlar soni ham sezilarli darajada oshganligini inobatga olish kerak.
Kadrlarning tarqoqligi — ijtimoiy himoya tizimining muammosi
Avval qayd etilganidek, zaif oila va bolalarga ijtimoiy xizmatlarni taqdim etish sohasida 14ta turli tashkilotlar ishlaydi, ularning o‘rtasidagi koordinatsiya esa past darajada qolmoqda.
SHu bilan bir qatorda, bolalar aholining ijtimoiy zaif qatlam guruhiga kiradi va puxta o‘ylangan ijtimoiy himoyaga muhtoj. Bolali oilalarning sezilarli darajadagi qismi og‘ir holatda qolmoqda. YUNISEFning «O‘zbekiston kelajagiga sarmoya» nomli tadqiqotining ko‘rsatishicha, O‘zbekistondagi bolalarning aksariyat qismi kishi boshiga kuniga 10 ming so‘mdan (1,2 AQSH dollari) kam bo‘lgan daromadga ega oilalarda yashaydi.
Oilalarning noqulay ijtimoiy-iqtisodiy holati va mehnat migratsiyasi ularni o‘z bolalarini institutsional muassasalarga yuborishga majbur qilmoqda. SHu sababli, ijtimoiy etimlikni profilaktika qilish uchun, keys-menejment yondashuvlarini (har bir zaif holat bilan ishlash va notinch oilalarni ijtimoiy kuzatish) joriy qilgan holda, alohida oila bilan individual ijtimoiy ishlash zarur.
2019 yilda YUNISEF «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va O‘zbekiston Milliy universiteti ko‘magida Kolumbiya Universitetining (Nyu-York) Ijtimoiy ishlar maktabi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi kadrlarini tahlil qildi.
Ta’limning past darajasi va amaliyotning etishmasligi bilan bir qatorda, tadqiqot turli tuzilma va tashkilotlarda ishlayotgan hamda ijtimoiy xizmatlarni bir-biridan ko‘chirayotgan ijtimoiy xodimlarning tarqoqligini ko‘rsatdi.
Deinstitutsionalizatsiya islohotlaridagi sustkashlik
Zaif oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha yagona davlat idorasining yo‘qligi bolalar muassasalarini deinstitutsionalizatsiya qilish islohotlari samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish va vasiylik tizimi islohotlari, uning amalga oshirilishiga asosan Xalq ta’limi vazirligi javobgar bo‘lgani uchun susaymoqda, chunki ushbu vazirlik onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish bilan emas, balki umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy amalga oshirish bilan shug‘ullanishi kerak.
Bunda, Xalq ta’limi vazirligi inklyuziv ta’limning bosqichma-bosqich joriy qilinishiga mas’ul bo‘lishi mumkin va bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ta’limga bo‘lgan konstitutsion huquqlariga rioya qilinishini ta’minlaydi. Busiz deinstitutsionalizatsiya islohotlarini samarali amalga oshirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
SHu sababli, bolalarni institutsional muassasalarga joylashtirishni profilaktika qilish, ijtimoiy himoya tizimidagi kadrlarni boshqarish, zaif oilalarni kuzatish, qabul qiluvchi oilalarni tayyorlash va boshqa funksiyalar ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona davlat organi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Aks holda, islohot muvaffaqiyatli bo‘lmaydi, sifatli ijtimoiy xizmatlarni taqdim etmasdan va inklyuziv ta’limni rivojlantirmasdan mehribonlik uylarining yopilishi esa zaif oilalar va institutsional muassasalarda yashayotgan bolalar rivojlanishiga ziyon etkazishi mumkin.
Deinstitutsionalizatsiya islohotlari misolida ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy himoya tizimining tarqoqligi past samaradorlikka va amalga oshirilayotgan islohotlarning susayishiga olib kelmoqda. Aholining zaif qatlamini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi har qanday islohot oddiy masala emas, chunki, turli ehtiyojlar va sifatli ta’lim, munosib ishga joylashish va munosib hayot darajasiga bo‘lgan huquqlarni hisobga olgan holda, ijtimoiy nafaqa va xizmatlar odamning butun hayoti davomida kerak bo‘ladi.
Nafaqa va ijtimoiy xizmatlarning tarqoqligi
Qayd etish joiz, nogironligi bor kishilarga BMTning qo‘shma dasturi doirasida nazarda tutilgan ijtimoiy himoyani taqdim etish uchun, «nafaqa + xizmatlar» integratsiyalangan yondashuvini boshqarishni ijtimoiy nafaqalarni tayinlash (hozirda bu Moliya vazirligi kompetensiyasiga kiradi) va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish vakolatlariga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan yagona idorasiz samarali amalga oshirish qiyin.
Ijtimoiy ishchilar ushbu jarayonda muhim ahamiyatga ega va eng past darajalarda ijtimoiy nafaqalarning zarurligini individual tarzda aniqlashadi.
Ikki farzandidan birida nogironlik mavjud bo‘lgan ishlamaydigan yolg‘iz onadan iborat oilani ko‘rib chiqamiz. O‘zi va bolalarini kambag‘allik va ijtimoiy zaiflik doirasidan olib chiqish uchun, ayol bolalar parvarishi bo‘yicha ijtimoiy nafaqa, nogironligi bor bolani to‘g‘ri reabilitatsiya qilish va parvarishlash bo‘yicha o‘qish, bandlikka ko‘makka (uyda ishlaydigan ish bo‘lishi mumkin) va boshqa ijtimoiy xizmatlarga muhtoj.
Bularning barchasi mavjud bir qancha idoralarning aralashuvini talab qiladi — mahalla qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, SSV huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqalar.
Lekin, mazkur idoralar o‘rtasida koordinatsiya va kompleks yondashuvning yo‘qligi sababli, cheklangan muddatga ajratiladigan nafaqa kambag‘allikdan chiqish uchun etarli emas, zaruriy ijtimoiy xizmatlarni olish uchun esa ayol turli instansiyalarga murojaat qilishi kerak.
Nogironlikni tibbiylashtirish
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi boshqaruvida «Muruvvat» internat-uylari va nogironligi bor kishilar uchun mo‘ljallangan respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari bor. Nogironligi bor kishilarni kasb-hunarga tayyorlash va ularni ijtimoiy himoya qilish funksiyalarini Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazish, kelgusida nogironlikni tibbiylashtirish va uni odam organizmidagi funksiyalarning buzilishiga tenglashtirishga olib keladi. SHu kunlarda prezident agentlikni Vazirlar mahkamasi tuzilmasiga o‘tkazish haqidagi rejalarni ma’lum qildi.
Nogironligi bor katta yoshdagilar va bolalar, shuningdek, ularning vasiylari faqatgina tibbiy xizmatlarga emas, balki ta’lim xizmatlari va munosib ishga joylashishga muhtoj. Nogironlik — bu faqatgina tibbiy emas, balki birinchi navbatda salbiy stereotip hamda atrof-muhitdagi noqulayliklar uyg‘unligida yuzaga kelgan ijtimoiy evolyusion tushunchadir. Ushbu tushuncha Nogironligi bor kishilarning huquqlari va nogironlikning ijtimoiy modeli haqidagi Konvensiyaga asoslangan, prezident bunga o‘tishning zarurligini o‘zining 29 dekabrdagi Oliy Majlisga bo‘lgan murojaatnomasida qayd etgan edi.
Ijtimoiy himoya tizimini qanday yaxshilash kerak?
Ijtimoiy himoya sohasidagi hozirgi byudjet imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy kompleks strategiyani ishlab chiqish va uning barcha funksiyalarini yagona davlat koordinatsion mexanizmi doirasida birlashtirish tavsiya qilinadi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyani qonunchilikda ta’riflaydigan muvofiqlashtirilgan huquqiy baza hamda ijtimoiy himoyaning yagona tuzilmasini yaratish uchun siyosiy asosni ishlab chiqish zarur.
Maqsad bunday organni yaratishning o‘zi emas, bu shunchaki maqsadga erishishda yordam beradigan vosita — asosiy maqsad esa eng past darajadagi zaif guruhlar ehtiyojlarini aniqlash orqali ijtimoiy nafaqa va xizmatlarning yagona kompleks tizimini yaratish. Busiz ijtimoiy yordamni taqsimlashda, uni oluvchi shaxslar qamrovini kengaytirishda va ularni kambag‘allikdan olib chiqishda samaradorlikka erishib bo‘lmaydi.
Ijtimoiy himoya funksiyalari bo‘lib berilgan vazirlik va idoralar faoliyatidagi nomuvofiqlik va tarqoqlik muammosini hal qilish zarur. Ijtimoiy ishchilarning professional standartlarga rioya qilishi ustidan yagona nazorat o‘rnatish, shuningdek, ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirishga yordam beradigan chuqur tahlil va tadqiqotlar uchun ijtimoiy nafaqa va xizmatlarni oluvchilar haqida muntazam ravishda ma’lumotlar yig‘ib borishni yo‘lga qo‘yish kerak. Dastlab, mavjud tarqoq dasturlarning samaradorligi va natijasini baholash uchun ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilayotgan davlat xarajatlarini tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lgan bo‘lar edi.
Ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona davlat organi, SSV huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi kabi biron tashkilot qaramog‘idagi qandaydir tuzilmani eslatib turishi kerak emas. Aksincha, u ijtimoiy himoyaning barcha funksiyalari va fanlararo professional ekspertlar jamoasini o‘zida birlashtirgan vazirlik maqomiga ega (masalan, Aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi) idoralar ustidagi yagona tuzilma bo‘lishi kerak. Ijtimoiy himoya funksiyalarini, islohotlarni baholashning aniq indikatorlari yordamida natijalarni ilg‘or baholash imkoniyatiga ega bo‘ladigan yagona idorada birlashtirish uchun taklif qilinayotgan ijtimoiy himoya islohotlarining yo‘l xaritasini ishlab chiqish muhim.
YOshlarni ish bilan ta’minlash borasida qanday imtiyozlar yaratilmoqda?
YOshlarni ish bilan ta’minlash masalasi biz uchun hamon eng dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari ochish, ularning halol mehnat qilib, daromad topishi maqsadida ko‘p ishlar qilinmoqda. SHunga qaramasdan, bu borada muammolar ham oz emas. O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev 30 iyun kuni bo‘lib o‘tgan "Kamolot" qurultoyida shu mavzuga to‘xtaldi. 
"YUrtimizda ishsizlarning aksariyat ko‘pchilik qismini kollej bitiruvchilari tashkil etmoqda. Masalan, 2016 yili 477 ming 743nafar yosh yigit-qiz kollejlarni bitirib chiqqan va ularning 438 ming 503 nafari yoki 91,8 foizi ish bilan ta’minlangani to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Savol tug‘iladi: bu raqamlar qanchalik to‘g‘ri? Agar barcha kollej bitiruvchilari ishga joylashayotgan bo‘lsa, ishsiz yoshlar qaerdan paydo bo‘lyapti? Kollej bitiruvchilari bilan to‘rt tomonlama shartnomalarni nomigagina imzolab, o‘zimizni o‘zimiz aldamayapmizmi?
YOshlarni ish bilan ta’minlash uchun avvalo ular o‘rtasida tadbirkorlikni keng rivojlantirish, bu borada yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida biz bir qator chora-tadbirlarni ko‘zda tutmoqdamiz.
Bu borada Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga har bir tuman (shahar) markazida YOshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etish vazifasi topshiriladi. Ana shu klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va transport kommunikatsiyasi, aloqa vositalari va Internetga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lgan hududlarda foydalanilmay yotgan davlat ob’ektlari yosh tadbirkorlarga “nol” qiymati bilan ijaraga beriladi.
Hamma hududlarda tashkil etilayotgan iqtisodiy zonalarda, shaharlarda esa kichik sanoat zonalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlardan ijara haqi olinmaydigan tartib joriy etiladi.
Bundan tashqari, o‘z biznesini boshlayotgan yosh tadbirkorlarga imtiyozli narxlarda yuridik, texnik va boshqa maslahat yordamlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish lozim. Bu masala bo‘yicha moliya vaziri B.Xo‘jaev hamda Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov bir oy muddatda tegishli takliflarni ishlab chiqib, taqdim etishi zarur.
SHuningdek, tegishli iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining byudjet mablag‘larini ikki barobar ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov, moliya vaziri B.Xo‘jaev va Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Parpiev bu masalaga mas’ul hisoblanadi.
Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasiga topshiriq: hunarmandlik yo‘nalishidagi tadbirkor yoshlar, ayniqsa, qizlarning kasanachilik bilan band bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratib berilsin. Bu borada bo‘sh turgan ob’ektlardan imtiyozli shartlar asosida joy ajratish, mini-texnologiyalar, asbob-uskuna va zarur jihozlar o‘rnatib berish ko‘zda tutilmoqda.
Jumladan, yosh hunarmandlarga xomashyo sotib olish uchun kreditlar berish, o‘z biznesini boshlagan yosh tadbirkorlar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan sug‘urta badalini olingan kreditlarni qoplashga yo‘naltirish tizimi joriy etiladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshiriq: sinov tariqasida 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tish munosabati bilan bo‘shaydigan kollej ustaxonalari negizida yoshlarni, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni 6 oygacha bo‘lgan muddatda bepul o‘qitish va kasbga qayta o‘qitish markazlari tashkil etilsin.
Ayni paytda qo‘liga diplom olib, mustaqil ish boshlayotgan yoshlarimiz uchun ham qo‘shimcha imkoniyat va imtiyozlar yaratib beriladi.
2018 yilning 1 yanvaridan boshlab kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarining birinchi marta ishga joylashgan bitiruvchilari bu imkoniyatlardan foydalanadi. YA’ni, ta’lim muassasasini tamomlaganiga uch yil bo‘lmagan bo‘lsa, ularning ish haqidan olinadigan daromad solig‘i birinchi yili 50 foiz, ikkinchi va uchinchi yillarda esa 25 foiz kamaytiriladi.
SHuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida barcha turdagi soliqlardan 10 yilga ozod qilingan sho‘‘ba korxonalari tuzish vakolati beriladi. Ushbu korxonalar uchun aniq faoliyat yo‘nalishlarini, misol uchun, turli fanlar, jumladan, chet tillarni o‘rgatish, kompyuter dasturlarini tuzish va tadbirkorlik asoslarini o‘qitish tizimlarini belgilash lozim. Mazkur korxonalar tomonidan to‘lanadigan soliq tushumlarining 20 foizini O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga o‘tkazib berish tartibini joriy etish kerak.
YAna bir masala – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat va tumanlarda zamonaviy “YOshlar kinoteatrlari”ni barpo etish ishiga bosh-qosh bo‘lsa, yaxshi bo‘lardi. Buning uchun “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan 5 yil muddatga beriladigan imtiyozli kreditlar asosida alohida dastur ishlab chiqish va amalga oshirish taklif etiladi. 
YOshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan, bakalavriat va magistratura talabalariga o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan taqdirda ta’lim bo‘yicha shartnoma to‘lovi miqdorining 35-40 foizini tashkilot hisobidan to‘lash orqali moddiy yordam ko‘rsatish ham ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida 3-5 yil va undan ko‘proq faol ishlab kelayotgan, ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish istagini bildirgan xodimlarning har yili 140 nafariga 25-30 foiz miqdoridagi boshlang‘ich to‘lov tashkilot mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
SHuningdek, YOshlar ittifoqining viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarini rag‘batlantirish, tashkilotning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida tijorat banklarining 10 yil muddatgacha mo‘ljallangan, boshlang‘ich to‘lovi 15 foizlik imtiyozli kreditlari asosida ularga o‘zimizda ishlab chiqarilgan “Matiz” va “Damas” avtomobillarini shaxsiy mulk sifatida sotib olishda qulaylik yaratiladi.
Agar hozirgi narxda o‘rtacha 46 million so‘m bo‘lgan bu kreditni qaytarish muddati amalda 3 yil, foizi esa 30 foiz ekanini hisobga olsak, samarali xizmat qilayotgan yoshlar etakchisi bundan qancha iqtisodiy naf ko‘rishini tasavvur qilish qiyin emas.
Yana bir muhim masala – endi viloyat va tuman hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman ichki ishlar bo‘limi boshliqlarining yoshlar bo‘yicha o‘rinbosarlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan lavozimga tayinlanadi.
Bu albatta joylardagi davlat boshqaruv idoralarining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuzilmalari bilan hamkorligini sifat jihatidan oshirishga xizmat qiladi".


Yetim bolalar va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni oilaga (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi
yoki tutingan oilaga (patronat) berilishi) qabul qilayotgan nomzod (shaxs)larni tanlash va kuzatib borish hamda nazorat qilish
tartibi to’g’risida


Yüklə 383,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin