Anion bo’yicha gidrolizga (kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz) uchraydigan tuzlarning gidroliz darajasi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
( 10 )
Kation bo’yicha gidrolizga (kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz) uchraydigan tuzlarning gidroliz konstantasi va darajasi quyidagi formula bilan ifodalanadi.
( 11 ) ( 12 )
Ham kation, ham anion bo’yicha gidrolizga (kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz) uchraydigan tuzlarning gidroliz konstantasi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
( 13 )
Gidroliz darajasi esa quyidagi tenglik bilan ifodalanadi:
( 14 )
Gidroliz darajasi quyidagi omillarga bog’liq.
1. Gidroliz natijasida hosil bo’lgan kislota va asosning tabiatiga hosil bo’lgan kislota yoki asos qancha kuchsiz bo’lsa, ya`ni dissocilanish konstantasi (Kasos, Kkisl) qancha kichik bo’lsa, gidroliz darajasi shuncha katta bo’ladi.
2. Tuzning koncentraciyasi. Gidroliz qaytar jarayon bo’lgani uchun eritmaga suv qo’shilganda tuzning koncentraciyasi kamayadi. Gidroliz natijasida hosil bo’lgan kislota yoki asosdan birini gidroliz jarayonidan kamaytirib, gidrolizni o’ngga siljitish mumkin.
KCN + H2O ↔ KOH+HCN
CN- + H2O ↔ OH- + HCN
3. Tuz eritmasining harorati. Eritmani qizdirish bilan gidroliz darajasi oshadi, chunki suvni dissocilanish darajasi oshadi, ya`ni eritmada [H+] va [OH-] ionlari oshadi.
Gidrolizga uchraydigan tuz eritmalarining pH va pOH ini hisoblash gidroliz konstantasiga asoslangan.
1. Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz eritmalarining pH va pOH ini hisoblash.
Bunday tuz gidrolizini umumiy holda quyidagicha ifodalash mumkin:
Kt+ + H2O ↔ KtOH + H+ Gidroliz reakciya tenglamasidan ko’rinadiki, [KtOH] = [H+], bularning ko’paytmasi [KtOH] * [H+] = [H+]2 teng. Ma`lumki, bunday tuzlarning gidroliz darajasi uncha katta emas, h ≤ 0,01. Unda gidrolizga uchramagan kationning koncentraciyasi tuzning umumiy molyar koncentraciyasiga [Kt+] = Ctuz teng, yuqoridagi kattaliklarni gidrolizlanish konstantasi tenglamasiga qo’yilsa:
( 15 )
( 16 )
aslida ( 17 )
(17) tenglamani (16) tenglamaga qo’yilsa
( 18 )
(18) tenglamani logarifmlab pHni topilsa.
- ;
;
;
yoki
( 19 )
( 20 ) bo’ladi.
2. Kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuz eritmalarining pH va pOH ini hisoblash.
Bunday tuzlar quyidagi ko’rinishda gidrolizga uchraydi:
An - + H2O ↔ HAn + OH - ionli tenglamadan ko’rinadiki, [HAn] = [OH-], ko’paytmasi [HAn] * [OH-] = [OH-]2, [An-] = Ctuz deb gidroliz konstantasi tenglamasiga qo’yilsa:
( 21 )
( 22 )
( 23 )
va (23) tenglamani (21) tenglamaga qo’yib, logarifmlansa,
-
yoki
( 24 )
( 25 ) hosil bo’ladi.
3. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz eritmalarining pH va pOH ini hisoblash
Bunday tuzlar quyidagi ko’rinishda gidrolizga uchraydi:
Kt+ + An- + H2O ↔ KtOH + HAn i hisoblash.
Gidroliz konstantasi tenglamasi
( 26 )
qaysiki, [KtOH] = [HAn], ko’paytmasi [KtOH] [HAn] = [HAn]2 , [Kt+] = [An-] = Ctuz, ko’paytmasi [Kt+] * [An-] = kattaliklarni (26) tenglamaga qo’yilsa:
( 27 )
bilgan holda
( 31 )
Gidrolizdan kimyoviy analizda foydalanish. Kimyoviy analizda gidrolizdan keng foydalaniladi:
1. Birinchi analitik guruh kationlari aralashmasi analizida, eritma bug’latilgandan keyin, MgCl2 ning gidrolizi natijasida MgOHCl cho’kmasi hosil bo’ladi.
MgCl2 + H2O ↔ ↓MgOHCl+HCl
(NH4)2CO3, (NH4)2S, CH3COONa, Na2CO3 kabi suvli eritmada gidrolizlanib, erkin OH- ionlarini hosil qiladigan tuzlarning eritmalaridan metall kationlarini gidroksidlar holida cho’ktirishda foydalaniladi.
Cr2(SO4)3 + 3(NH4)2S + 6H2O ↔ 2Cr(OH)3 ↓+ 3(NH4)2SO4 + 3H2S
2Cr3+ + 3SO42- + 6NH4+ + 3S2- + 6H2O ↔ 2Cr(OH)3 ↓+ 6NH4+ + 3SO42-+3H2S
2Cr3+ + 3S2- + 6H2O ↔ 2Cr(OH)3 ↓+ 3H2S
2. Ammoniy kationini ochishda, uning tuzlarini gidrolizlab qizdirilganda erkin ammiakning ajralib chiqishi kuzatiladi.
3. Ayrim kationlarning tuzlari gidrolizga uchrab, tuz cho’kmalarini hosil qilishidan shu kationlarni ochishda foydalaniladi (BeCl2, BiCl3, SbCl3). Masalan:
BeCl2 + H2O ↔ BeOHCl + HCl
2BeOHCl → Be2OCl2 + H2O
Ayrim hollarda gidroliz analizni olib borishga halaqit beradi. Shuning uchun gidrolizni kuchaytirish va susaytirish usullarini ham bilish kerak. Gidrolizni uch yo’l bilan kuchaytirish yoki susaytirish mumkin:
1) eritmaga boshqa gidrolizga uchraydigan biror tuz, kislota yoki ishqorni qo’shish.
2) tuz eritmasi koncentraciyasini o’zgartirish.
3) tuz eritmasini qizdirish yoki sovutish, ya`ni haroratni o’zgartirish bilan gidrolizni kuchaytirish yoki susaytirish mumkin.
Masalan, kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuz gidrolizini kuchaytirish uchun eritmaga, gidroliz natijasida hosil bo’lgan H+ ionini bog’lab olish uchun ishqor qo’shiladi
Kt+ + HOH ↔ KtOH + H+ Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuz gidrolizini kuchaytirish uchun eritmaga gidroliz natijasida hosil bo’lgan OH- ionini bog’lab oladigan kislota qo’shiladi.
An- + HOH ↔ HAn + OH- Agar shu turdagi tuzlarning gidroliz jarayoniga ishqor qo’shilsa, gidroliz susayadi.
Gidrolizni kuchaytirish yoki susaytirish uchun boshqa elektrolit ham qo’shiladi: HCO3-, HPO42-, H2PO4-ionlari eritmadagi H+ ionlarini bog’lab oladi.
CO32- + H+ → HCO3- HCO3- + H+ → H2CO3 ↔ H2O + CO2↑
OH- ionlari kompleks ionlar [Co[OH]]+, [Al(OH)]2+, [Al(OH)2]+ yoki boshqa neytral kuchsiz asos molekulalarini hosil qiladi.
Ikkinchi va uchinchi usullar yuqorida ko’rib chiqildi.