M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə18/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

IV Mavzu. MIQDORIY ANALIZ
Tayanch iboralar:
- miqdoriy analiz;
- miqdoriy analiz usullari ;
- miqdoriy analizdagi hatolar ;
- gravimetrik analiz ;
- gravimetrik analizning turlari ;
- gravimetrik analizni bajarish tartibi ;
- cho’ktiriladigan va tortiladigan shakl ;
- kristall va amorf cho’kma ;
- kristall cho’kmani cho’ktirish shartlari ;
- amorf cho’kmani cho’ktirish shartlari ;
- cho’ktiruvchini tanlash ;
- gravimetrik analizning afzalligi va kamchiligi ;
- gravimetrik analizdagi hisoblashlar ;
- miqdoriy analizdagi hatolar.
Tekshirilayotgan modda tarkibini tashkil etgan element yoki ion (yoki komponent) lar miqdorini aniqlashga imkon beruvchi usullar to’plamiga miqdoriy analiz usuli deb ataladi.
Miqdoriy analiz usullari tajriba mashg’ulotlarini bajarishda ishlatiladigan asboblarga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
1. Gravimetrik analiz
2. Titrimetrik analiz
3. Gaz analizi
4. Fizik-kimyoviy ( yoki instrumental) analiz usullari.
Ushbu qo’llanmada shulardan (ayrimlari) gravimetrik, titrimetrik va fizik-kimyoviy analiz usullariga to’htalib o’tamiz.
4.1. Tortma (gravimetrik ) analiz
Gravimetrik analiz deb, miqdoriy analizning aniqlanadigan modda miqdorini, tekshiriladigan namuna massasini o’lchash bilan olib boriladigan aniqlash usuliga aytiladi.
Gravimetrik analiz uch turga bo’linadi:
1) ajratish , 2) cho’ktirish, 3) haydash
1) Ajratish usulida aniqlanayotgan modda aralashmadan ajratib tozalanadi va massasi analitik tarozida tortiladi. Masalan: Temir bilan oltingugurtning aralashmasidan temirni magniga tortilish hususiyatidan foydalanib ajratish mumuin.

  1. Cho’ktirish usulida aniqlanadigan modda kimyoviy reakciya yordamida tarkibi aniq bo’lgan qiyin eriydigan birikma holida cho’ktiriladi. Bunda cho’kma qizdirilib tarkibi aniq bo’lgan boshqa moddaga aylantiriladi va shu moddaning massasi analitik tarozida tortilib modda miqdori aniqlanadi. Masalan:


aniklanadigan chuktiriladigan tortiladigan
modda shakl shakl

3) Haydash usulida aniqlanadigan modda uchuvchan birikma holida haydaladi. Bunda aniqlanadigan modda qizdirish yoki boshqa modda (reaktiv) ta`sirida uchuvchan birikma hosil qiladigan holiga o’tkazish bilan ajratiladi. Haydash usullari to’g’ri va teskari bo’lishi mumkin.


To’g’ri haydash usullarida aniqlanadagan modda biror o’ziga hos yutuvchiga yutiladi va yutuvchi massasining oshishiga qarab aniqladigan moddaning miqdori hisoblanadi.

Teskari aniqlash usullarida aniqlanadigan modda to’liq parchalangandan keyin qolgan massasi o’lchanadi. Haydashdan oldingi va keyingi massalar farqi aniqlanadigan modda miqdorini hisoblash imkonini beradi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin