4.2. Miqdoriy analizdagi hatolar Miqdoriy analizdagi hatolar o’z harakteriga ko’ra:
1) sistematik hatolar
2) tasodifiy hatolar
3) qo’pol hatolarga bo’linadi.
1. Sistematik hatolar deb, kattaligi doimiy bo’lgan yoki ma`lum qonun bo’yicha o’zgaradigan hatolarga aytiladi. Sistematik hatolarni oldindan nazarda tutish va ularni yo’qotish, yoki tegishli tuzatishlar kiritish mumkin. Sistematik hatolarni quyidagi turlari mavjud.
a) Uslubiy hatolar. Bu hatolar qo’llanilayotgan analiz usuli hususiyatlariga bog’liq. Masalan: reakciyani miqdoriy jihatdan to’la bormasligi, cho’kmani qisman eruvchanligi, cho’kma bilan birga qo’shimcha begona ionlarning cho’kishi, cho’kmani parchalanishi, moddaning gigroskopik ekanligi va hokazo.
b) Ishlatilayotgan asbob va reaktivlarga bog’liq bo’lgan hatolar. Tarozi elkalarini teng emasligi, hajmi aniq o’lchovli idishlarning tekshirilmaganligi, tekshirilayotgan eritmaga begona qo’shimchalarning tushib qolishi va boshqalar.
v) Individual hatolar. Bu hatolar analitikning shahsiy hususiyatlariga bog’liq bo’lgan hatolar. Masalan: eritma rangining o’zgarish paytini aniq seza bilmasligi, tarozi yoki byuretka shkalasidan to’g’ri raqamni bilib olmasligi va hokazo.
2. Tasodifiy hatolar. Kelib chiqishi ma`lum bir qonuniyatga asoslanmay, kattaligi va ishorasi noma`lum bo’lgan hatolar tasodifiy hatolar deb aytiladi. Tasodifiy hatolar analitikning o’ziga bog’liq bo’lmagan tashqi omillar ta`sirida (haroratning o’zgarishi, havo namligini o’zgarishi, havoning iflosligi, honaning etarli darajada yoritilmaganligi, binoning tebranishi va hokazolar) sodir bo’ladi. Sistematik hotolardan farqli ravishda tasodifiy hatolarni biror tuzatma kiritish yo’li bilan yo’qotib bo’lmaydi. Faqat parallel aniqlashlar olib borish bilan tasodifiy hatoni kamaytirish mumkin.
Qo’pol hatolar. Bunday hatolar jumlasiga torozida noto’g’ri tortish, byuretka shkalasi bo’yicha noto’g’ri hisoblash.
Miqdoriy aniqlashlarda yo’l qo’yilgan hatolarni quyidagicha ifodalash mumkin.
Absolyut hato. Aniqlanayotgan kattalikning haqiqiy miqdori bilan olingan natija o’rtasidagi farqning absolyut birliklarda ifodalangan qiymati absolyut hato deyiladi. Masalan: BaCl2 2H2O tarkibida 14,75% kristallizaciya suvi borligi aniqlangan, haqiqatda BaCl2 2H2O tarkibida 14,70% kristallangan suvi bor. Demak, aniqlashning absolyut hatosi (D)
Д = 14,70 - 14,75 = - 0,05% Nisbiy hato. Absolyut hatoning aniqlanayotgan kattalikka nisbati, nisbiy hato deyiladi va % da ifodalanadi.
ga teng