Absolyut hato. Aniqlanayotgan kattalikning haqiqiy miqdori bilan olingan natija o’rtasidagi farqning absolyut birliklarda ifodalangan qiymati absolyut hato deyiladi. Masalan: BaCl2 2H2O tarkibida 14,75% kristallizaciya suvi borligi aniqlangan, haqiqatda BaCl2 2H2O tarkibida 14,70% kristallangan suvi bor. Demak, aniqlashning absolyut hatosi (D)
D = 14,70 - 14,75 = - 0,05% Nisbiy hato. Absolyut hatoning aniqlanayotgan kattalikka nisbati, nisbiy hato deyiladi va % da ifodalanadi.
га тенг
Gravimetrik analizning bajarilish tartibi
Ko’pchilik hollarda yuqorida, aytib o’tilgan usullardan biri-cho’ktirish usulidan foydalaniladi. Moddalarning miqdorini tortma analizning cho’ktirish usuli bilan aniqlash bo’yicha quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1) analiz uchun namuna olish ;
2) olingan namunani eritish ;
3) cho’ktiriladigan shaklni tanlash ;
4) cho’ktiruvchi modda (reagent) ni tanlash ;
5) cho’ktirish sharoitini tanlash ;
6) cho’kmani ajratish (filьtrlash), yuvish ;
7) cho’kmani quritish va tortiladigan shaklga o’tkazish ;
analiz natijalarini hisoblash .
1. Analiz uchun namuna olish. Analiz uchun olingan modda miqdori namuna deyiladi. Olinadigan namuna miqdori aniqlash usuliga (makro-, yarimmikro-, mikroanaliz), cho’maning hususiyati va tuzilishiga (kristall, amorf) bog’liq.
Tajribalar natijasi shuni ko’rsatadiki hosil bo’ladigan cho’kma kristall tuzilishli bo’lsa, massasi 0,5 g, amorf tuzilishli modda bo’lsa, 0,1 - 0,3 g atrofida bo’lishi kerak. Namunaning massasi cho’ktirish reakciyasining tenglamasi asosida quyidagi formula bilan hisoblanadi:
kristall cho’kma uchun -
amorf cho’kma uchun -
MА – aniqlanadigan moddaning molekulyar massasi.
МВ – tortiladigan shaklning molekulyar massasi.
a,b – reakciya tenglamasidagi stehiometrik koefficientlar.
Namunaning massasi analitik tarozida 0,0001g, to’rt hona (10-4) aniqlikda tortiladi.