Namunani eritish uchun zarur bo’lgan, tegishli erituvchi oldindan tanlanadi. Modda avval suvda eritiladi. Erimasa kislota yoki ishqorda, ba`zan kislota (ishqor) bilan oksidlovchi aralashmasini qizdirib eritiladi. Modda eritmaga o’tkazilgandan keyin aniqlash davom ettiriladi.
Cho’ktiriladigan shaklni tanlash.
Cho’kmaning tortiladigan shaklli kimyoviy formulasiga mos bo’lishi kerak. Chunki qizdirish vaqtida ko’pchilik cho’kmalar kimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Shuning uchun tortma analizda cho’ktiriladigan va tortiladigan shakl tushunchalari ishlatiladi. Tegishli cho’ktiruvchi (reaktiv) ta`sirida eritmadan cho’ktirilgan birikma, cho’ktiriladigan shakl deyiladi. Analizning ohirgi natijasini olish uchun tarozida tortiladigan birikma esa tortiladigan shakl deyiladi.
Masalan:
chuktiriladigan tortiladigan
shakl shakl
chuktiriladigan tortiladigan
shakl shakl
Cho’ktiriladigan shaklga qo’yiladigan talablar: a) aniq kimyoviy formulaga mos kelishi;
b) kam eruvchan bo’lishi, ya`ni eruvchanlik ko’paytmasi 1.10-8 dan kichik bo’lishi ;
v) kristall tuzilishga ega bo’lishi;
g) oson yuvilishi va filьtrlanishi;
d) tortiladigan shaklga oson va to’liq o’tishi kerak.
Tortiladigan shaklga qo’yilgan talablar: a) tortiladigan shaklning tarkibi (aniq biror) kimyoviy formulasiga mos kelishi ;
b) tortiladigan shakl kimyoviy jihatdan barqaror bo’lishi, ya`ni O2, havo, oksidlovchilar, CO2, nam ta`sirida o’zgarmasligi ;
v) katta molekulyar massaga ega bo’lishi kerak .
4. Cho’ktiruvchi modda (reagent)ni tanlash. Cho’kma ko’rinishga qo’yilgan talablar cho’ktiruvchi moddani (reagentni) to’g’ri tanlashni talab qiladi.
Masalan: Ва2+ ni bir necha hil qiyin eruvchan birikmalar ko’rinishida cho’ktirish mumkin. Qaysi bir cho’ktiruvchi aniqlanayotgan moddani to’la cho’kish imkonini bersa, ya`ni hosil bo’ladigan cho’kma eruvchanlik ko’paytmasining qiymati eng kichik bo’lsa, shu cho’ktiruvchidan foydalanish kerak.
Masalan: Ва2+ ionini cho’ktirish uchun cho’ktiruvchi modda tanlashda bariyning quyidagi kam eruvchi tuzlari eruvchanlik ko’paytmalarini solishtirilsa:
BaSO4 -EК = 1,1 10-10 BaCrO4 - EК = 1,2 10-10 BaMnO4 - EК = 2,5 10-10 BaCО3 - EК = 8,1 10-9 BaClO4 - EК = 1,6 10-7 Bularning ichida eruvchanlik ko’paytmasi eng kichik bo’lgani BaSO4. Shuning uchun Ba2+ BaSO4 holida cho’ktirilishi kerak ekan. Demak, cho’ktiruvchi sifatida H2SO4; Na2SO4; K2SO4, ya`ni tarkibida SO42- - ioni bo’lgan suvda yahshi eriydigan moddalarni ishlatish kerak.
Cho’ktiruvchiga qo’yiladigan asosiy talablar:
a) tez va oson kam eruvchan cho’kmani (birikma) hosil qilishi ;
b) selektiv bo’lishi, ya`ni faqat shu aniqlanayotgan modda bilan cho’kma hosil qilib, boshqa ionlar bilan reakciyaga kirishmasligi ;
v) oson haydalishi yoki ajralishi;
Shunga ko’ra sulьfatlarni cho’ktirish uchun H2SO4, gidroksidlarni cho’ktirish uchun - NH4OH, hloridlarni cho’ktirish uchun - HCl, karbonatlarni cho’ktirish uchun - (NH4)2CO3ishlatilgani maqsadga muvofiq bo’ladi.
g) zaharli bo’lmasligi ;
d) ortiqcha miqdorda olinganda (kompleks hosil bo’lishi tufayli) cho’kmani eritmasligi, cho’ktiruvchining miqdori reakciya tenglamasi bo’yicha hisoblanganda 1,5 marta ko’p olinishi kerak.
Cho’ktiruvchi hajmi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
mн – namunaning massasi, g
MА– aniqlanadigan moddaning molekulyar massasi, g
MВ– cho’ktiruvchining molekulyar massasi, g
VВ – cho’ktiruvchi eritmasining hajmi, sm3, (ml)
- cho’ktiruvchi eritmasining zichligi, g/sm3 yoki g/ml
с – cho’ktiruvchi eritmasining foiz koncentraciyasi
a,b – reakciya tenglamadagi stehiometrik koefficientlar