5.5. Indikatorlar
Yuqorida aytib o’tganimizdek, titrlashda ekvivalent nuqta titrlashning ohirgi nuqtasi indikatorlar yordamida aniqlanadi. Agar indikator to’g’ri tanlansa ekvivalent nuqta bilan titrlashning ohirgi nuqtasi bir nuqtada yotadi.
a) Indikatorlar ishlatilish usuliga ko’ra ichki va tashqi indikatorlarga bo’linadi. Agar indikator titrlanadigan eritmaga qo’shilsa ichki indikator deyiladi. Agar titrlanayotgan eritmadan bir tomchi olib indikator qog’ozga tomizilib ko’rilishiga tashqi indikator deyiladi.
b) Ishlatiladigan reakciyaning turiga ko’ra indikatorlar quyidagilarga bo’linadi:
1) kislota-asosli indikatorlar ;
2) oksidlanish-qaytarilish (red-oks) indikatorlari;
3) Kompleksonometrik (metall) indikatorlari;
4) Adsorbciyalanish indikatorlari.
Kislota-asosli indikator. Kislota-asosli indikatorlar kuchsiz organik kislota yoki asoslardir. Kislota-asosli indikatorlar quyidagilarga bo’linadi:
1. Kislotalarga nisbatan sezgir (pH>7); fenolftalein, timolftalein, alizarin.
2. Asoslarga nisbatan sezgir (pH<7) metiloranj, metilqizil.
3. Ham kislota, ham asosga nisbatan sezgir (pH=7); lakmus, fenil qizili.
Indikatorlar nazariyasi. Kislota-asosli indikatorlarni kislotali va ishqoriy muhitdagi holatini tushuntirish uchun bir necha indikatorlar nazariyasi mavjud:
1. Indikatorlarning ion nazariyasi.1887 yilda S.Arreniusning elektrolitik dissociaciyalanish nazariyasi yaratilgandan, 7 yildan keyin 1894 yilda Ostvalьd indikatorlarning ion nazariyasini yaratdi.
Bu nazariyaga asosan kislota-asosli indikatorlarning dissocilanmagan molekulalari va ionlari turli rangga ega bo’lgan kuchsiz organik kislota yoki asoslardi HJnd - indikatorning dissocilanmagan molekulasi. Jnd- - indikator ionlari
Masalan:
lakmus
ikki hil rangli indicator
kizil kuk
fenolftalein
bir hil rangli indikator
rangsiz kizil
rangsiz kizil
2. Indikatorlarning hromofor nazariyasi. Indikatorlarning eritma muhitiga munosabati hromofor nazariya bilan to’ldirildi. Organik birikmalarning rangi ularning molekulasida hromoforlar (-N=N-, -OH, -N=O, =C=O) deb ataluvchi mahsus atomlar guruhi yoki ikkilamchi bog’larning guruhlanishiga bog’liq bo’lgani, uchun bu nazariya shu nom bilan ataladi.
Hromofor nazariyaga asosan, indikator rangining o’zgarishi, izomer o’zgarish bo’lib, ya`ni molekula ichida atomlarning qayta guruhlanishi natijasida indikator molekulasining o’zgarishidir. Bu jarayon qaytar bo’lib, qaytar izomeriya tautomeriya deb, izomerlar esa – tautomerlar deyildi. Masalan:
sariq yashil
monooksim hinon nitrozofenol
3. Ion - hromofor nazariya. Fanning rivojlanish jarayonida bu ikki nazariya birlashtirildi. Indikatorlarning dissociaciya muvozanati tez qaror topadi, lekin tautomer o’zgarish jarayoni vaqt o’tishi bilan sodir bo’ladi. Shuning uchun ayrim indikatorlarning rangi hamma vaqt tez o’zgarmaydi.
Masalan: fenolftalein
- О-
+2Н2О
О = C – O - = O
Metiloranj
Dostları ilə paylaş: |