5.7. Indikator tanlash. Indikator tanlash. Titrlashda eng asosiy sharoit indikatorni to’g’ri tanlash kerak. Agar analizdagi hamma shartlar to’g’ri bajarilgan bo’lib, indikator to’g’ri tanlanmasa, olingan natijalar noto’g’ri bo’ladi.
Indikatorning o’zgarish sohasi - pH sakramaga, indikatorning titrlash ko’rsatgichi esa, ekvivalent nuqtaning pH iga to’g’ri kelishi kerak.
Shuning uchun indikatorni tanlashdan oldin, titrlash egri chiziqlaridan pH sakrama oralig’i aniqlanadi, keyin o’zgarish sohasi shu oraliqga to’g’ri keladigan indikator tanlanadi.
Masalan: titrlash egri chiziqlaridan (1,2,3-chizmalar) ko’rinadiki,
a) kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlaganda pH sakramami 4,3 - 9,7 oralig’iga to’g’ri keladigan indikatorlar: metiloranj, fenolftalein, lakmus; metilqizil;
b) kuchsiz kislota kuchli asos bilan titrlaganda pH sakramasi 7,74 - 10 oralig’iga to’g’ri keladigan indikatorlar; fenolftalein, timolftalein;
v) Kuchsiz asosni kuchli kislota bilan titrlaganda pH sakramasi 4-6,24 oralig’iga to’g’ri keladigan indikatorlar: metil qizil, metiloranj ishlatiladi.
Mavzu yuzasidan savol va mashqlar.
Titrimetrik analizning mohiyati va turlari.
Titrlashda qo’llaniladigan reakciyalar qanday talablarga javob berishi kerak?
Qanday moddalar boshlang’ich moddalar deyiladi va ular qanday talablarga javob berishi kerak?
Quyidagi tushunchalarga ta`rif bering: a) titrant, b) standart eritma, v) titrlashning ohirgi nuqtasi, g) ekvivalent nuqta.
Standart eritmalar qanday usullar bilan tayyorlanadi?
Neytrallash usulida qanday indikatorlar ishlatiladi va ular qanday talablarga javob berishi kerak?
Indikator nazariyasining mohiyati nimadan iborat?
10 ml suyultirilgan sutni titrlash uchun 12,3 ml 0,1022 n NaOH eritmasi sarflandi? Sutning kislotaliligini "То" da hisoblang.
10 ml sutning 10 marta suyultirilgandan keyingi kislotaliligi 19 То ga teng bo’lsa, shu sutni titrlash uchun 0,1058 n NaOH eritmasidan necha ml sarflangan?
20 ml pivoni titrlash uchun 6,3 ml 0,1031 n NaOH eritmasi sarflandi. Pivoning kislotaliligini hisoblang.
0,2000 g sut kislotasini neytrallash uchun qancha NaOH kerakligini hisoblab toping.
2,50 gr yog’ etil spirtda eritilganda. Hosil bo’lgan eritmani titrlashda 1,30 ml 0,1055 n KOH eritmasi sarflansa, yog’ning kislotaliligini toping.
Analiz qilinayotgan yog’ tarkibida 92 % palьmitin kislotasining trigliceridi bor. Shu yog’ning 2 gramini sovunlash uchun necha gramm KOH kerakligini hisoblang.
0,01 m li olein kislotasini trigliceridini sovunlash uchun qancha(ml) KOH zarurligini hisoblang.
2 molь olein kislotasining trigliceridini sovunlash uchun qancha (molь) KOH kerakligini hisoblang.
4,315 mg-ekv NaOH va 4,315 mg-ekv CaCO3bilan necha g HCI reakciyaga kirishadi?
20 sm3H3PO4 eritmasi (fenolftalein ishtirokida) 0,1n NaOH ning 27,50 sm3 eritmasi bilan titrlandi. H3PO4ning normalligi va titrini P2O5 bo’yicha hisoblang.
200 ml suvda 2,6113 g bura Na2B4O7. 10H2O eritilgan. Eritmani titrini вa normal koncentraciyasini hisoblang.
0,050 n 255,0 ml NaOH eritmasini tayyorlash uchun 5 % li eritmasidan necha ml olish kerak?
Titri 0,003556 gr/ml bo’lgan 2,0 l eritma tayyorlash uchun zichligi 1,179 gr/ml bo’lgan HCI eritmasidan qancha olish kerak?
Sulьfat kislotaning 180 ml 2,5 M va 300 ml 4,0 m eritmalari aralashtirildi. Hosil bo’lgan eritmaning molyar koncentraciyasini hisoblang.
200 ml 0,20 n eritma tayyorlash uchun d = 1,307 g/sm 3 bo’lgan 40 % li H2SO4eritmasidan necha millilitr olish kerak?
KOH ning 0,2 n eritmasidan 500 ml tayyorlash uchun tarkibida 20% suv bo’lgan KOH dan necha gramm kerak?
Zichligi 1,825 g/sm3 ga teng bo’lgan 92 % li H2SO4eritmasining normalligini, titrini va molyarligini hisoblang.
250 ml suvda 3,1 gr K2CO3eritildi. Eritmaning normalligini, molyarligini va titrini hisoblang.
4 l 0,5 n KCI eritmasiga 2,5 g KCI eritildi. Eritmaning hajmi 5 l ga etkazildi. Hosil bo’lgan eritmaning normal koncentraciyasini hisoblang.
600 ml 0,1260 molь/l HCI eritmasiga 450 ml 0,0978 molь/l HCI eritmasi qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmaning molyar koncentraciyasini hisoblang.
2,0180 g H2C2O4 2H2O namunasidan necha ml 0,050 M eritma tayyorlash mumkinligini hisoblang.
100,0 ml eritmada 1,8838 gr Na2В4О7. 10H2O bor. Eritmaning molyarligini, titrini hisoblang.
0,5000 g soda 250,0 ml sig’imli o’lchov kolbasida eritildi. Eritmaning 50,00 ml ni metiloranj indikatori ishtirokida titrlash uchun 24,00 ml H2SO4eritmasi sarf bo’ldi. Bu eritmaning normalligi va titrini hisoblang.
0,1040 n 25,00 ml NaOH ning eritmasini titrlash uchun, 1l eritmada 9,7780 g koncentrlangan HNO3tutgan eritmadan 25,45 ml sarf bo’ldi. Eritmadagi HNO3ning % miqdorini hisoblang.
Tehnik o’yuvchi kaliydan tayyorlangan eritmani titrlash uchun fenolftalein ishtirokida 0,09500 n HCI eritmasidan 22,40 ml sarf bo’lgan, metiloranj ishtirokida titrlanganda esa HCI ning huddi shu eritmasidan 25,80 ml sarf bo’lgan. Tehnik o’yuvchi kaliy tarkibida qancha KOH va K2CO3 bor?
Na2CO3va NaHCO3aralashmasi eritmasining 25,00 ml ni fenolftalein ishtirokida titrlash uchun H2SO4ning 0,1200 n eritmasidan 9,46 ml, metiloranj ishtirokida titrlash uchun esa 24,86 ml sarf bo’lgan. Shu eritmaning 250 ml da necha gramm Na2СO3va necha gramm NaHCO3borligini aniqlang.
100 ml "qattiq" suvni titrlash uchun HCI ning 0,0900 n eritmasidan 5,00 ml sarf bo’lgan bo’lsa, suvning karbonat qattiqligini hisoblang.
100 ml suvga Na2SO3 ning 0,1100 n eritmasidan 10,00 ml ta`sir ettirib bug’latilgandan so’ng ortib qolgan Na2SO3ni teskari titrlash uchun HCI ning 0,1000 n eritmasidan 6,20 ml sarf bo’lgan bo’lsa, suvning qattiqligini hisoblang.