M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə41/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

100 ml 0,1000 FeSO4 eritmasini 0,1000 n KMnO4 eritmasi bilan [Н+] = 0,1000 g – ion/l bo’lganda titrlashda oksidlanish – qaytarilish potenciali qiymatining o’zgarishi.
17-jadval

Titrlash bosqich

Qo’shilgan KMnO4 hajmi (ml)

Ortiqcha, ml hisobida





Hisoblashlar

Е, В

FeSO4

KMnO4

2

50

50

-

50/50=1

-

Е = 0,77

0,77




91

9

-

91/9=10

-

Е=0,77+0,059lg10

0,829




99

1

-

99/1=100

-

E=0,77+0,059lg100

0,889




99,9

0,1

-

99,9/0,1=1000

-

E=0,77+0,059lg1000

0,9470

3

100

-

-

-

-



1,387




100,1

-

0,1

-

0,1/100= 0,001



1,475




101,0

-

1,0

-

1/100=0,01



1,486




110

-

10

-

10/100=
0,1



1,498




200

-

100

-

100/100=1



1,510

Potencial sakrama 1,48 – 0,95 =0,53 V ga teng.


1 - chizma. pH = 1 bo’lganda FеSO4 ning KMnO4 bilan titrlash egri


chizig’i.

Chizmadan ko’rinib turibdiki, oksidimetrik titrlash egri chizig’i, shakl jihatidan neytrallash usulidagi titrlash egri chizig’iga o’hshaydi, ya`ni ekvivalent nuqta yaqinida potencial keskin o’zgaradi. Lekin ekvivalent nuqtaga yaqin bo’lmagan nuqtalarda chiziq bir tekis o’zgarib boradi, ya`ni E ning qiymati titrlash vaqtida juda sekin o’zgaradi. Oksidimetrik titrlash egri chizig’ida keskin o’zgarish sohasi borligidan foydalanib, ekvivalent nuqtani aniq belgilash uchun mahsus indikatorlar ishlatish mumkin.


Oksidimetrik titrlash egri chiziqlari eritmaning suyultirilishiga bog’liq emas, chunki Nernst tenglamasiga eritma suyultirilgani bilan o’zgarmaydigan oksidlangan va qaytarilgan formalar koncentraciyalarining nisbati kiritilgan. Oksidimetrik usul titrlash egri chizig’ining eritma koncentraciyasiga bog’liq emasligi bilan neytrallash usulidan afzal turadi.
Bu usulning ikkinchi afzalligi shundaki, reakciya natijasida hosil bo’lgan ionlardan birini kompleksga bog’lash bilan titrlash egri chizig’idagi potencialning keskin o’zgarish sohasini bir oz kengaytirish mumkin. Bu esa analitik kimyo tajribasida ahamiyatli.


6.3. Ekvivalent nuqtani aniqlash.
Oksidimetrik titrlashda ekvivalent nuqta ikki usul bilan aniqlanishi mumkin:
1. Indikatorsiz usul. Titrlashda ishlatiladigan eritmalardan biri to’q rangli bo’lsa, ortiqcha bir tomchi qo’shish bilan eritma rangi o’zgaradi. Masalan: permanganometrik titrlash.
2. Indikatorli titrlash. Ular ishlatilishiga ko’ra oksidlanish – qaytarilish va o’ziga hos indikatorlarga bo’linadi.
a) Oksidlanish – qaytarilish indikatori.
Oksidlanish – qaytarilish indikatorlari sifatida qayta oksidlanish yoki qaytarilish hususiyatiga ega bo’lgan organik birikmalar ishlatiladi. Ularning oksidlangan (Jndокс) yoki qaytarilgan (Jndqай) formalari har hil rangga ega
Jndокс – ne ↔ Jndqай
Oksidlanish – qaytarilish sistemasi uchun Nernst tenglamasi quyidagicha yoziladi.

Oksidlanish - qaytarilish indikatorlari potencialning ma`lum qiymatida o’z rangini o’zgartirish hossasiga ega. Indikator rangining o’zgarishi [Jndокс] / [Jndqай] nisbatga bog’liq, n = 1 nisbat 10:1 yoki 1:10 bo’lganda, indikatorning o’zgarish sohasi
formula bilan hisoblanadi.
E ning qiymati titrlanayotgan eritma potencialiga bog’liq, chunki eritmada indikator juda kam bo’ladi. Oksidometrik titrlashda ekvivalent nuqtani aniqlash uchun rangining o’zgarish sohasi potencial sakrash oralig’ida, ya`ni ekvivalent nuqta yaqinida yotadigan indikatorlar ishlatiladi. Bunday indikatorlarning aniqlangan Е0 qiymati і+ 0,76 V bo’ladi. Masalan, difenilamin (Е0 = + 0,76 В) ana shunday indikatorlar turidandir.

2 .


Difenilamin E = + 0,73 V qiymatda rangsiz, E = + 0,79 V da esa ko’k rangli difenilbenzidinga o’tadi (hromatometrik titrlashga qarang).
Demak, + 0,73 V dan +0,79 V oralig’ida difenilamin o’z rangini o’zgartiradi.
b) O’ziga hos indikator.
O’ziga hos dispers kolloid indikatorga krahmal misol bo’ladi. Krahmal yod bilan to’q ko’k rang adsorbciyalangan kompleks birikma hosil qiladi (рН = 0) (yodometrik titrlashga qarang).



Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin