7.3. Kompleks hosil qilish usuli Kompleks hosil qilish usullari kompleks hosil qilish reakciyalarining qo’llanishishiga asoslangan.
Masalan: Kompleks hosil qilish usulini qo’llab, kompleks hosil qilishga moyil bo’lgan kationlarni (Ag+, Mg2+, Al3+, Fe3+, Ca2+, Ni2+) va anionlarni (CN-, F-, Cl- va hokazo) miqdorini aniqlash mumkin.
Ohirgi yillarda ko’pchilik kationlar bilan kompleks hosil qiladigan organik moddalar keng yoyildi. Bu moddalar kompleksonlar deyiladi. Ulardan eng muhimi ko’p sonli kationlarni aniqlash uchun ishlatiladigan "Trilon B" (etilendiamintetrasirka kislotaning ikki natriyli tuzi) dir. "Trilon B" ning ishchi eritmasi yordamida suvning umumiy qattiqligini aniqlash mumkin. Kompleksonlar ba`zi aminopolikarbon kislotalar yoki ularning tuzlaridir. Etilendiamintetrasirka kislota (EDTA) va uning tuzi – etilendiamintetrasirka kislotaning ikki natriyli tuzi (Trilon-B) turli kationlarni aniqlashda ishlatiladigan kompleksondir (komplekson-III): Uning formulasi:
"Trilon-B" boshєa kompleksonlar kabi turli metallar bilan suvda eriydigan ancha barqaror ichki kompleks birikmalar hosil qiladi. Bunda metall - ionlari karboksil guruh (-COOH) dagi vodorod atomlari o’rnini egallaydi va shu bilan bir qatorda azot atomlari bilan koordinacion bog’ orqali birikadi:
C H2 CH2 │ │
NaOOCH2C - N N – CH2COONa
H2C Me CH2 │ │
O = C - O O - C = O
holda quyidagicha yozish mumkin
Me2+ + H2V2- = MeV2- + 2H+ Me3+ + H2V2- = MeV- + 2H+ Reakciya tenglamasidan ko’rinadiki reakciya natijasida eritmada Н+ ionlari to’planadi. Kompleks birikma muhit рН=8-10 bo’lganda barqaror bo’ladi. Shuning uchun metall tuzlarini "Trilon-B" bilan titrlash ammiakli bufer eritma ishtirokida olib boriladi.
Trilon B hosil qilgan ichki kompleks birikmalarning beqarorlik konstantalari juda kichik (10-9 dan 10-18 gacha) bo’lib, bu esa birikmalarning ancha barqaror ekanligini ko’rsatadi. Masalan: Trilon B ning =2,610-11, =210-9 ga teng. Ichki kompleks birikmalarning barqarorligiga harorat va organik erituvchilar, ayniqsa, eritma muhiti (рН) juda katta ta`sir qiladi.