f - erkinlik darajasi
n - o’lchashlar soni
t,f - Stьyudent koefficienti ( 18-jadval 285 bet.)
u ishonchlik chegarasi topiladi.
8.3. Analizning potenciometrik usuli.
Bu analiz usuli elektrokimyoviy analiz usullarining asosiylaridan biridir. Bu usul eritmaga tushirilgan elektrodlar (galьvanik elementlar) da yuzaga keladigan potenciallar farqi elektr yurituvchi kuchni o’lchash bilan eritmada erigan modda miqdorini (koncentraciyasini) aniqlashga asoslangan.
Ma`lumki, ko’pchilik tehnologik jarayonlarda foydalaniladigan yoki hosil bo’ladigan eritmalardagi biror modda miqdorini aniqlash uchun shu modda tarkibidagi biror ion miqdori aniqlanadi. Aksariyat hollarda eritmadagi vodorod ioni – H+ miqdori, ba`zi hollarda CI-, Br-, NO3-, CO32-, Na+, K+, Ca2+, Ag+, Pb2+, NH4+.. ionlarning miqdori aniqlanadi. Shu olingan natijalarga asoslanib ishlab chiqarish jarayonlari nazorat qilinadi yoki boshqariladi.
8.4. Potenciometrik usulning qisqacha nazariy asoslari.
Eritmada erigan modda (ion, ionning aktivligi) miqdori (Sion) bilan elektrodlarda yuzaga keladigan potencial o’rtasida o’zaro to’g’ri bog’lanish mavjud bo’lib, u Nernst formulasi orqali ifodalanadi:
Bu erda:
E - elektrodda yuzaga keladigan potencial, V yoki mV.
R - universal gaz doimiysi, 8,314 kJ molь/grad.
T - absolyut harorat , K.
F - Faradey soni, 96500 Kl.
n - ionning zaryadi yoki berilgan (qabul qilingan) elektronlar soni.
E0 - miqdori aniqlanayotgan ionning standart oksidlanish potenciali bo’lib, eritmada S = 1molь/l bo’lganda elektrodda yuzaga keladigan potencial qiymati. Uning qiymati ma`lumotnomalarda berilgan bo’ladi.
bilan belgilanadi, ( 19-jadval 298 bet.) uning qiymati
n=I, t=250 S bo’lganda 0,059 B
n=2, t=250 S bo’lganda esa , 0,029 B
Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, elektrodlarda yuzaga keladigan potencial eritma bilan elektrodning sirt chegarasida elektron almashinuvigagina emas, balki eritmadagi potencial aniqlovchi ion koncentraciyasining o’zgarishiga ham bog’liqdir. Shuning uchun potenciometrik usulida neytrallash, oksidlanish-qaytarilish, cho’kma hosil bo’lish va kompleks hosil bo’lish reakciyalaridan foydalaniladi.
Nernst formulasiga ko’ra elektrodlarda yuzaga keladigan potencialning qiymati, potencial hosil qiluvchi ionning tabiatiga, haroratga, normal oksidlanish-qaytarilish potenciali hamda ionning koncentraciyasiga –Cion bog’liq.
8.5. Potenciometrik usulda qo’llaniladigan asosiy tushunchalar
Elektrod – eritma bilan o’zining sirt chegarasida elektronlar yoki ionlar almashinuvi natijasida potenciallar farqi yuzaga keladigan eritma va unga tushirilgan metall plastinkadan iborat elektrokimyoviy sistemadir.
Eng oddiy elektrod - ruh sulьfat tuzi eritmasiga tushirilgan ruh plastinkasidir. Bunda eritmaga tushirilgan ruh plastinka "aktiv metall" bo’lgani uchun eriy boshlaydi, ya`ni oksidlanadi.
Natijada plastinka sirtida elektronlar qoladi, eritmaga esa ruh ionlar Zn2++ o’tadi. Plastinka sirti manfiy zaryadlanadi, plastinkaning sirtiga tegib turgan eritma musbat zaryadlanadi, ya`ni eritma bilan plastinka (o’rtasida) sirt chegarasida qo’sh elektr qavat hosil bo’ladi. Qo’sh elektr qavatda potenciallar farqi yuzaga keladi va bu elektrod potenciali deb aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |