Masalan: Lekin to’g’ridan - to’g’ri havo va suyuqlik chegarasida tushish yoki sinish burchagini o’lchash noqulay. Refraktometrlarda suyuqlik va ichki chegarasida tushish va sinish burchagi - to’la kaytish usulidan foydalanib o’lchanadi.
Sindirish ko’rsatkichi bilan moddaning zichligi (d) orasida (simbat) bog’lanish mavjud. Moddaning zichligi oshishi bilan sindirish ko’rsatkichini qiymati ham oshadi.
f(n) = rd r-proporcionallik koefficienti solishtirma refrakciya deyiladi.
r-ning moddaning molekulyar og’irligiga ko’paytmasi molekulyar (molyar) refrakciya deyiladi.
R = r Refrakciyaning hisoblashda Lorenc - Lorentcning nazariy formulasi keltirilgan
n – sindirish ko’rsatkich
μ - molyar massa
d – zichlik
Molyar refrakciyani hisoblash uchun bir hil haroratda moddaning zichligi va sindirgich ko’rsatkichi o’lchanib yuqoridagi formulaga quyib hisoblanadi.
Molyar refrakciya additiv hossaga ega bo’lib, molekuladagi atomlar refrakciyasining yig’indisiga teng.
Masalan: RCCl = RC + 4RCl = 2,42 + 4 5,97 = 26,36
Atom refrakciya har bir element uchun aniqlangan (mahsus ma`lumotnomalarga keltirilgan). Tajriba yo’li bilan hisoblangan molyar refrakciya qiymati bilan nazariy hisoblangan refrakciya qiymat solishtirilib, yangi aniqlangan modda formulasi to’g’risida hulosa qilinadi. Demak, molyar refrakciya moddalarning tarkibini indentifikaciyalashda, ayniqsa, ahamiyatli.
Refraktometrik analiz usuli oziq-ovqat sanoatida (yog’, asal, kofe) moddalarni tozaligini aniqlashda foydalaniladi.
Bu usul eng oddiy instrumental analiz usuli bo’lib, analiz uchun oz modda miqdori talab qilinib, tez va oson bajariladi.
10.6. Polyarimetrik analiz usuli. 1811 yil D.Arago kvarc kristallida va 1815 yil J.Bio eritmalarni aniqlashda qutblangan tekislik burilishini aniqladilar. Qutblangan nurning burilish burchagini o’rganishga asoslangan analiz usuliga polyarimetrik analiz usuli deyiladi. Ma`lumki, bir tekislikda tebranadigan nur qutblangan nur, tekislik esa tebranish tekisligi deyiladi.
Qutblangan nurga perpendikulyar tekislik qutblangan tekislik deyiladi.
Barcha modda va eritmalar qutblangan nurga bo’lgan munosabatiga qarab 2 ga bo’linadi.
1. Qutblangan nur tekisligini o’zgartiradigan optik aktiv moddalarga.
2. Qutblangan nur tekisligini o’zgartirmaydigan optik noaktiv moddalarga bo’linadi.
Moddalarning optik aktiv hususiyati ularning kristal panjarasi va molekulaning tuzilishi bilan harakterlanadi. Ana shu hususiyatlariga qarab optik aktiv moddalar ikki turga bo’linadi:
1) Qattik kristallar: kvarc SiO2,NaCIO3 va boshqalar. Ayrim ionlarni ochishda hosil qilinadigan kristall cho’kmalar. Masalan: TlAuCI4 * 5H2O va PbCI2optik aktiv hossaga ega. Bunday moddalarning kristal panjarasi buzilsa, eritilsa optik aktiv hususiyati yo’qoladi.
2) Ikkinchi tur optik aktiv moddalarga eritilgan yoki gaz holidagi moddalar kiradi. Ularning optik aktivligi molekulaning tuzilishiga bog’liq. Bularga organik moddalar: glyukoza, vino kislotasi, morfin, olma kislotasi va boshqalar misol bo’ladi. Masalan: olma kislotasi molekulasining tuzilishini ko’raylik.
..........
Д – CH2OHCHOHCHO ...... L– CH2OHCHOHCHO Polyarimetrik analiz usulining vazifasi ikkinchi tur moddalarni aniqlashga asoslangan. Agar optik aktiv moddadan qutblangan nur o’tsa, u qutblangan tekislikni aylantiradi. Qutblangan tekislikni ma`lum bir burchakga burilishi qutblangan tekislikni burilish burchagi deyiladi. Qutblangan tekislikni burilish burchagi eritmadagi optik aktiv modda koncentraciyasiga (S,g/ml), eritma qavatining qalinligiga (l)bog’liq.
= sol l C bunda,
αsol – qutblangan tekislikni solishtirma burilishi.
αsol – qiymati qutblangan nurning to’lqin uzunligiga, haroratga, modda va erituvchining tabiatiga bog’liq.
Qutblangan tekislikni molyar burilishi (F) solishtirma burilishi (αsol) va molyar massa (μ) ko’paytmasiga teng.