R - SO3H + Na+ RSO3Na + H+
kationit generaciyasi
Tarkibidagi anionlarini eritmadagi anionlarga almashtiradigan, molekulasida asos -N+H3OH-; N+H2OH-; N+HOH- va boshqa guruhlar saqlagan ionit (polielektrolit) lar anionitlar deyiladi:
R - NH3OH + CI- R – NH3CI + OH-
anionit generaciyasi
Ionitlar ishlatilishidan oldin ular ma`lum o’lchamda maydalanib, distillangan suv bilan bo’ktirib qo’yiladi, so’ngra aralashmalardan yuvib tozalanadi. Ionitlar aralashmalardan tozalangach, kislota yoki ishqor bilan ishlanib kislotali ionit - H+ (kationit) yoki ishqoriy ionit - OH- (anionit) ko’rinishiga o’tkaziladi. Ohirgi jarayon ionitning regeneratciya (qaytadan ishlashga tayyorlash) qilish deyiladi.
R - Na + HCI R - H + NaCI
kationit regeneraciyasi
R - CI + NaOH R - OH + NaCI
anionit regeneraciyasi
Sharoitga qarab, eritmadagi ham kationlarni, ham anionlarni almashtira oladigan ionitlar, amfolitlar deyiladi. Ion almashinish reakciyasi qaytar jarayon bo’lgani uchun va bunday hollarda muvozanat holati qaror topishini bilgan holda, moddalar massasining ta`siri qonuniga asoslanib, ion almashinish reakciyalarini muvozanat konstantasini yozamiz.
Ion almashinish jarayoni umumiy holda quyidagi tenglama ko’rinishida ifodalanadi.
A [RAn] + B+ B [RAn] + A+
yoki
Ionitdagi ionlarni B[RAn]=B, A[RAn]=A bilan belgilasak,
KA,B – ion almashinish doimiyligi, ionlarni bir-biriga nisbatan sorbciyalanish hususiyatini harakterlaydi.
Bunda uch holat bo’lishi mumkin:
a) KA,B<1 eritmadagi ionlar ionitdagi ionlarga nisbatan almashinish hususiyati katta, bunda ion almashinish jarayoni tez boradi;
b) KA,B>1 eritmadagi ionlar ionitdagi ionlarga nisbatan almashinish hususiyati kam, bunda ion almashinish jarayoni deyarli bormaydi;
v) KA,B =1 eritmadagi ionlar ionitdagi ionlar bilan almashinish hususiyati bir hil bo’ladi.
11.6. Ionlarning almashinish hususiyatiga taьsir qiluvchi omillar.
Ionlarni tanlab yutilishi ionlarning va ionitlarning hossasiga bog’liq. Bu bog’liqlik quyidagilardan iborat:
1. Gidratlangan ionlar bilan ionitdagi ionogen guruhlar orasidagi elektrostatik ta`sir.
2. Eritmada va ionit fazasida ionlarning gidratlanish (solьvatlanish) energiyasi.
3. Gidratlangan ionlarni eritmadagi va ionit fazasidagi strukturasi.
4. Almashingan ionlar bilan ionitdagi ionogen guruhlar orasida koordinacion bog’ning hosil bo’lishi.
5. Ionitlarning bo’kishi va o’lchamiga bog’liq.
11.7. Ionitning ion almashinish sig’imi.
Ionitlarning kimyoviy hossasi quyidagi kattaliklar bilan harakterlanadi:
1) ion almashinish sig’imi;
2) nisbiy ion almashinish tezligi;
3) kimyoviy reagentlarga nisbatan barqarorligi.
Ionitning ion almashinish sig’imi deb, bir gramm ionit almashtira oladigan ionning milligramm - ekvivalent miqdorga aytiladi. Ionitlarning quyidagi ion almashinish sig’imlarini hisoblash mumkin. To’liq ion almashinish sig’imi. Statik - muvozanatdagi ionalmashinish sig’imi; Dinamik - harakat vaqtidagi ion almashish sig’imi quyidagi soddalashtirilgan formula bilan hisoblanadi:
mg-ekv/g
bunda,
V - titrlash uchun sarf bo’lgan 0,1 n NaOH(HCI) eritmasining hajmi, ml;
g - ionatning miqdori. g;
N – NaOH (HCl) eritmasining nazariy olingan normal koncentra¬ciyasi. g-ekv/l;
W - ionitning namligi. %;
K – 0.1 n NaOH (HCl) eritmasi uchun tuzatgich koefficienti.
11.8. Hromatografik analiz usulining ishlatilishi va afzalliklari.
Hromatografik analiz usuli oddiyligi. samaradorligi va har tomonlama (universal) ligi sababli. organik va anorganik kimyo, biologiya, tibbiyot, fizika, neftь va neftni qayta ishlash va boshqa sohalarda turli hil masalarni hal qilishda ishlatiladi.
Masalan:
1. Murakkab organik va anorganik aralashmalarni alohida komponentlarga ajratishda.
2. O’simlik va hayvon organizimida juda kam miqdorda uchraydigan turli moddalar: vitaminlar, pigmentlar, glikozidlar, alkaloidlarni ajratish; er po’stlogida kam tarqalgan moddalarni, izotoplarni boyitishda;
3. Moddalarni qo’shimchalardan tozalashda;
4. Juda suyultirilgan eritmalarni koncentrlashda;
5. Moddalarning sorbciyalanish hususiyati bilan tuzilishi orasidagi bog’lanishga asoslanib molekulyar tuzilishini aniqlashda;
6. Moddalarni sifat va miqdor tarkibini identifikaciyalashda;
a) Spirt, konьyak - vino tarkibidagi alьdegidlar, karbon kislotalar, okcikislotalarni aniqlashda;
b) Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi aminokislotlar va ularning hosilalarini aniqlashda;
v) YOg’ tarkibidagi to’yingan, to’yinmagan karbon kislotalarni aniqlashda va hokazo.
Hromotografiya analiz usuli quyidagi afzalliklarga ega:
1. Eng kam miqdordagi modda miqdorini aniqlash (mkg, mkl (10-6g, 10-6 ml bo’lishi) ya`ni sezgirligi katta.
2. Universal ya`ni turli hil funkcional guruhlari bo’lgan modda aralashmalarini analiz qilish mumkin.
3. Fizik-kimyoviy hossalari bir-biriga juda yaqin, o’hshash modda (izomer) lar aralashmasini analiz qilish mumkin.
4. Modda aralashmalarini komponentlarga ajratish, ularni koncentraciyasini oshirish, selektiv (tanlab ajratish), toza moddalar olish (preparativ) imkonini beradi.
11.9. Ekstrakciya analiz usulining nazariy asosi.
Ekstrakciya – moddalarni eritmadan yoki qattiq modda aralashmalaridan ajratib olish usullaridan biridir. Ekstrakciya ajralayotgan modda va aralashmalarning har hil erituvchilarda turlicha erishiga asoslangandir.
Ekstrakciya - murakkab fizik - kimyoviy jarayon bo’lib, moddaning bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlik orasida taqsimlanishi va massalar ta`siri qonunlariga bo’ysinadi. Analizda suvli eritmalardan moddalar organik erituvchilar yordamida ekstrakciya qilib olinadi. Ekstrakciyada quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi.
Ekstrakciya reagent – toza organik erituvchi yoki biror reagent sifatida aniqlanadigan moddani suv fazasidan (izvlekayushiy) (siqib) ajratib chiqaruvchi modda.
Ekstrakt – suv fazasidan ekstrakciya qilingan, ya`ni ajratib olingan modda.
Reekstrakciya – ekstrakciyaga teskari jarayon.
Reekstragent – ekstrakdan suv fazasiga o’tgan eritma.
Reekstrakt – alohida olingan suv fazasidagi ekstrakt.
Ekstragentni fizikaviy yoki ekstrakciyalash hossasini yahshilash, ba`zan suyultirish uchun inert organik erituvchilar ishlatiladi. Erigan A moddani ikki faza orasida taqsimlanishi, erigan modda koncentraciyasini bir fazada oshib, ikkinchi fazada kamayishi demakdir. Ma`lum vaqtdan keyin koncentraciyalar nisbatida dinamik muvozanat qaror topadi:
1>
Dostları ilə paylaş: |