M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə61/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

Ф = sol  
Qutblangan tekislikni solishtirma yoki molyar burilishining yorug’likni to’lqin uzunligiga bog’liqligi optik burilishining dispersiyasi deyiladi. To’lqin uzunlikni kamayishi bilan optik burilish oshadi. Yutilish spektri chiziqlari chegarasida, u maksimum qiymatga erishib, keyin tezda minimumga tushib, asta-sekinlik bilan oshadi (6-chizma). Bu o’zgarish Kotton effekti deyiladi.
a = (Фmах – Фmin)/100


6- chizma. Optik buri¬lish disper¬siyasining egri chizig’i.


a amplituda, b – Kotton effektini eni


Solishtirma va molyar burilish o’z ishorasini o’zgartirishi ma`lum tahliliy qiziqishga olib keladi. Qutblangan tekislikni burilishi kuzatilmaydigan yorug’likni to’lqin uzunligiga, to’lqin uzunligini nolь burilishi deyiladi. Qutblangan tekislikdagi to’lqin ikkita doimiy qutblangan komponent (unga buriladigan D va chapga buriladigan L) dan iborat bo’lib, tegishli muhitda har biri ma`lum molyar nur yutilishining molyar so’ndirish koefficienti L va D qiymatlarida ma`lum sindirish ko’rsatkichi nL va nD qiymatlarga ega bo’ladi. Nur yutilishining molyar so’ndirish koefficientlarini farqi aylanma dihroizmni harakterlaydi.
  L + Д
U, huddi shunda molyar elliptiklikni ifodalaydi.

Kotton effekti, optik burilish dispersiyasining egri chizig’i yordamida organik va koordinacion birikmalarni struktura stereo kimyoviy va fazoviy konformaciya tuzilishini baholash mumkin.
Polyarimetrik analiz usuli hozirgi kunda mineralogiya, mikrokimyo sanoatida mineral va kristall cho’kmalarni o’rganishda. Qand sanoatida moddalar tarkibidagi qand miqdorini aniqlashda. YOg’ sanoatida refraktometrik analiz usuli bilan birgalikda yog’ tarkibini indentifikaciya (tahlil) lashda ishlatiladi. Formacevtika sanoatida dorilar tarkibini indentifikaciyalashda ishlatiladi.
Mavzu yuzasidan savol va mashqlar
1. Elektromagnitik nurlanishlar qanday kattaliklar bilan harakterlanadi?
2. Spektrning ko’rinish sohasiga qanday to’lqin uzunligidagi nur to’g’ri keladi?
3. Optik analiz usulining qanday turlarini bilasiz va ularga qisqacha izoh bering.
4. Analizning molekulyar absorbcion spektroskopik usuli nimaga asoslangan?
5. YOrug’lik nurining yutilish qonuniga ta`rif bering va formulasini yozing.
6. Yutilish va o’tkazuvchanlik nima va ular orasida qanday bog’liqlik bor?
7. Modda eritmalari qanday sharoitda yorug’likning yutilish qonuniga bo’ysinadi?
8. Fotometrik analiz usulida yorg’јlikning to’lqin uzunligi qanday tanlanadi?
9. Fotometrik analiz usulida reakciyalarning qanday turlaridan foydalanish mumkin va ularga qanday talablar qo’yilgan?
10. Fotometrik analiz usulida darajalash grafigi qanday chiziladi va uning ahamiyati nimada?
11. Yutilishining additivlik qonuniga ta`rif bering va uni izohlang.
12. Taqqoslash eritmasi deb, nimaga aytiladi va u qanday maqsadda ishlatiladi?
13. Eritmalar tarkibini aniqlashda refraktometrik analiz usulidan har doim foydalanish mumkinmi?
14. Muhitning sindirish ko’rsatkichi bilan yorug’likning qaytishi o’rtasida qanday bog’lanish bor?
15. Qutblangan nur nima va u qanday olinadi?
16. YOrug’lik nurining qutblanganligini qanday aniqlash mumkin?
17. Moddalarning optik aktivligi nima bilan harakterlanadi?
18. 10 mg temir saqlagan 200 ml eritmaning optik zichligi 0,43 eritmaning nur yutilishining molyar so’ndirish koefficienti 4.103 teng. Eritma nur yutish qavati qalinligini hisoblang.
19. Nur yutish qavatining qalinligi 6 sm ga teng bo’lgan eritmadan o’tgan yorug’lik oqimi intensivligi boshlang’ich intensivligiga nisbatan 6 marta kamayganligi ma`lum bo’lsa, bu eritmaning optik zichligini hisoblang.
20. Moddaning fotokolorimetriya usuli bilan aniqlash mumkin bo’lgan eng kichik miqdorini quyidagilarga asoslanib hisoblang: l = 3 sm, A = 0,03, ε = 4.103).
21. Eritmaning nur o’tkazuvchanlik koefficienti 0,85 ga teng bo’lsa, eritmaning optik zichligini hisoblang (λ = 435 nm).
22. Eritmaning optik zichligi 0,65 ga teng bo’lsa, o’tkazuvchanlik koefficientini hisoblang (%).
23. 50 ml da 0,5 mg CuSO4 tuzi erigan eritmaning optik zichligi 0,43 ga teng, nur yutilishining molyar so’ndirish koefficienti 2.103 ga teng bo’lsa, eritma nur yutish qavati qalinligini ( l ) hisoblang.
24. 200 ml eritmada permanganat ioni MnO4- ko’rinishida 0,24 mg marganec saqlagan eritmaning optik zichligi 0,63, eritma nur yutish qavatining qalinligi 2 sm ga teng bo’lsa, eritmaning nur yutishining molyar so’ndirish koefficientini hisoblang.
25. Kobalьt ionlari bo’lgan 1,5 l eritma uchun 406 = 1200, l = 1 sm va A = 0,52 bo’lsa, eritmadagi Co2+ ionlarining sonini toping.
26. Sanoatdagi suvning tarkibidagi temir miqdorini aniqlash uchun, 100 ml suv buglatilib, o-fenontrolin bilan ishlanib 25 ml rangli eritma olindi. l = 1 sm, ε = 1100 bo’lganda eritmaning optik zichligi 0,460 ga teng bo’lsa, eritma tarkibidagi temirning miqdorini mg/l da hisoblang.
27. Tarkibida 0,28 mg mis saqlagan 250 ml eritmaning optik zichligi 0,15 (l=2 sm) bo’lsa, eritmaning nur yutishining molyar so’ndirish koefficientini hisoblang.
28. Eritmaning optik zichligi 0,520 ga teng bo’lsa, o’tkazuvchanlik koefficientini hisoblang (%).
29. Eritmaning o’tkazuvchanlik koefficienti λ =430 nm. da 23,6 % bo’lsa, eritma optik zichligini hisoblang.
30. Optik zichligi 0,233 ga teng bo’lgan eritmaga to’shayotgan yorug’lik oqimining intensivligi 5 marta kamayishi uchun, nur yutish qavatining qalinligi qanchaga teng bo’lishi kerak?
31. Tarkibida 5 mkg/ml Ni saqlagan kompleks eritmaning optik zichligi (λ = 240 nm, l = 3 sm) 0,643 ga teng. Eritmaning nur yutishining molyar so’ndirish koefficientini hisoblang.
32. Vismutning tiomochevinali (1/3 tarkibli) birikmasi nur yutilishining molyar so’ndirish koefficienti 3,5.104ga teng. λ = 322 nm, l = 2 sm bo’lganda eritmaning optik zichligini hisoblang.

XI Mavzu: AJRATISh VA KONCENTRLASh USULI.



Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin