M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə50/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

Ekvivalent nuqtani aniqlash. Kompleksonometrik titrlashda ekvivalent nuqtani aniqlash uchun organik bo’yoqlar: to’q-ko’k kislotali hrom, eriohrom qora T, hromogen ET-100, mureksid va boshqalar ishlatiladi. Bu indikatorlar metall ionlari bilan titrant - kompleksonlar hosil qiladigan kompleks birikmalarga nisbatan beqarorroq (juda kam barqaror) rangli kompleks birikmalar hosil qiladi.
Shuning uchun ham bu indikatorlar metallohrom-indikatorlar deyiladi.
Eriohrom qora T – 3 asosli kislota bo’lib dissocilanganda quyidagi ionlarni hosil qiladi.

=изил кык сари= заргалдо\

кык =изил винно
"Trilon-B" bilan titrlanganda MeJnd kompleks birikma buziladi. Metall ionlari "Trilon-B" bilan bog’lanib, ancha barqaror kompleks birikmani hosil qiladi. Indikator anioni qayta eritmaga o’tib, uni ko’k rangga kiritadi.

=изил винно рангсиз рангсиз кык

рН=8-9 teng bo’lganda eritmaning rangi keskin o’zgaradi. Reakciya natijasida hosil bo’lgan Н+ ionini bog’lab olish uchun titrlashni ammiakli bufer eritma ishtirokida olib boriladi.


Mavzu yuzasidan mashq va savollar:



  1. Cho’ktirish usulining mohiyati nimada?

  2. Cho’ktirish usulida ekvivalent nuqtani aniqlash.

  3. Kompleksonlar haqida tushuncha bering

  4. Metallohrom indikatorlari nima?

  5. 25,00 ml 0,05 n AgNO3 eritmasi bilan necha gr NaOH reakciyaga kirishadi.

  6. 46,16 AgNO3 eritmasini titrlash uchun, titri 0,005000 g/ml teng bo’lgan 25,00 NaCI sarf bo’ldi. AgNO3 titri va normaligini hisoblang

  7. 0,7315 g NaCI eritib 250,0 ml standart eritma tayyorlandi. Tayyorlangan standart eritmaning 25,00 ml ni titrlash uchun 27,85 ml AgNO3 sarf bo’ldi. AgNO3 ning normalligini va titrini hisoblang.

  8. 25,00 ml KJ ni titrlash uchun 0,1050 n 34,00 ml AgNO3 eritmasi sarf bo’ldi. 250,0 ml KJ eritmasida necha gr KJ borligini hisoblang.

  9. Tarkibida 6,50 g/l KCI saqlagan 12,00 ml eritmani titrlash uchun 0,1000 n AgNO3 eritmasidan necha ml kerak?

  10. Tarkibida 28,0 % hlor bo’lgan 0,2734 g namunani titrlash uchun 0,05000 n Hg(NO3)2 eritmasidan qancha hajm kerak?

  11. 0,1000 n AgNO3 eritmasidan 4 l 0,05000 n eritma tayyorlash uchun qancha suv olish kerakligini va eritmaning titrini hisoblang.

  12. 0,02500 n 250,0 ml kumush nitrat eritmasini tayyorlash uchun tarkibida 3,98 % kumush saqlagan aralashmasidan necha gramm olinadi?

  13. 0,1052 g himiyaviy toza NaCI saqlagan 20,00 ml eritmani titrlash uchun 0,05000 n li AgNO3 eritmasidan necha ml sarf bo’ladi?

  14. а) 15,00 ml 0,08888 n NaCI, b) 51,00 ml 0,1111 n KBr eritmalarini titrlash uchun 0,1000 n AgNO3 eritmasidan necha ml sarflanishini hisoblang.

  15. 1,5 l 0,02000 n eritma tayyorlash uchun "Trilon B" dan necha g olish kerak?

  16. 20,00 ml "Trilon B" eritmasini titrlash uchun 0,1120 n. ZnSO4 эритмасидан 19,50 ml sarflandi. "Trilon B" eritmasining normalligi va titrini hisoblang.

  17. 1,3250 g quritilg CaCO3 250,0 ml li o’lchov kolbasida eritildi. Tayyorlangan eritmaning 25,00 ml ni titrlash uchun 26,47 ml "Trilon B" eritmasi sarf bo’ldi. "Trilon B" eritmasini kalьciy bo’yicha titrini va normal koncentraciyasini hisoblang.

  18. 100,00 ml suv "qora hromogen T" indikatori ko’k rangga kirguncha 0,1012 n 19,20 ml "Trilon B" eritmasi bilan titrlandi. Magniyning suvdagi koncentraciyasini mg ekv/l-da hisoblang.

  19. Tarkibida Mg bo’lgan alyuminiy qotishmasidan 0,5000 g olib eritildi. Eritmadagi halaqit beradigan ionlar yo’qotilib, eritmani 20,00 ml ni titrlash uchun 12,06 ml 0,01000 n "Trilon B" eritmasidan sarf bo’ldi. Alyuminiy qotishmasi tarkibidagi Mg ni foiz miqdorini aniqlang.

  20. Tarkibida Mn bo’lgan mis qotishmasidan 0,2062 g namuna olib, eritildi. Eritma tarkibidagi halaqit beradigan ionlar yo’qotildi. Eritmadagi Mn ionini titrlash uchun 15,42 ml 0,05000 n Trilon B eritmasi sarf bo’ldi. Qotishma tarkibidagi Mn ning foiz miqdorini aniqlang.

21. Tarkibida 20 % Al2O3 bo’lgan silikat qayta ishlanib, 10,00 ml 0,1000 n Trilon B bilan titrlandi. Analiz qilish uchun qancha miqdorda silikat olinganligini hisoblang.
22. 55,00 ml suvni titrlash uchun 0,5550 n "Trilon B" eritmasidan 4,00 ml sarflandi. Suvning qattiqligini hisoblang.
23. Suvning qattiqligi 9,0 mg-ekv/l. ga teng. Shu suvning 88,00 ml ni titrlash uchun 0,05550 n "Trilon B" eritmasidan necha ml sarflanadi?
24. 5,00 ml sut tarkibidagi kalьciy tuzlari miqdorini aniqlash uchun 0,05550n. "Trilon B" eritmasidan 0,65 ml sarflandi. Sut tarkibidagi kalьciy tuzlarining % miqdorini hisoblang.

II QISM
VIII Mavzu: FIZIK – KIMYOVIY


ANALIZ.


Tayanch iboralar:
- Fizik – kimyoviy analiz usullari
- Analiz usullarining tavsifi
- Sezgirligi
- Analiz natijalarinig qayta takrorlanishi
- Analizning quyi chegarasi
- Aniqlilik
- Potenciometrik usulning nazariy asosi
- Elektrod
- Galьvanik elementning EYuK ni o’lchash
- Elektrodning turlari
- Indikator elektrodi
- Taqqoslash elektrodi
- Ionselektiv elektrodi
- To’g’ri potenciometriya
- Potenciometrik titrlash
- Potenciometrik titrlashda ekvivalent nuєtani aniqlash
- Potencial sakrash
- Potencial sakrashga ta`sir qiluvchi omillar
- Potenciometrik titrlashda qo’llaniladigan reakciyalar
- Potenciometrik titrlashda boradigan reakciyalarga quyilgan
talablar
- Potenciometrik titrlashning afzalligi va kamchiligi
- To’g’ri potenciometriya va potenciometrik titrlashni ishlatish sohalari
8.1. Fizik – kimyoviy analiz usullari.



Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin