6.4. Permanganatometrik usul
Bu usul moddalar miqdorini permanganat io MnO4- bilan oksidlash reakciyasi yordamida aniqlashga asoslangan. Permanganat ioni kislotali, ishqoriy va neytral muhitda qaytaruvchilar bilan reakciyaga kirishadi.
Kaliy permanganatni kislotali muhitda qaytarilishi.
Masalan:
10FeSO4+2KMnO4+8H2SO4=5Fe2(SO4)3+K2SO4+2MnSO4+8H2O
qaytaruvchi Fe2+ Fe3+ 1 | 10 oksidlanish
oksidlovchi Mn7+ Mn2+ 5 | 2 qaytarilish
Bu reakciyada КMnO4 ning molyar ekvivalent massasi =М/n-= M(KMnO4):5=158,04:5=31,61 g/ekv ga teng.
FeSO4 ning molyar ekvivalent massasi M(FeSO4):1=55,85 g/ekv ga teng. Kaliy permanganatni neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda qaytarilishi.
Masalan:
3FeSO4+KMnO4+5KOH + 2Н2О 3Fe(OH)3+MnO2+3K2SO4
qaytaruvchi Fe2+ Fe3+ 1 | 3 oksidlanish
oksidlovchi Mn7+ Mn4+ 3 | 1 qaytarilish
Bu reakciyada KMnO4 molyar ekvivalent massasi М (KMnO4):3 = 158,04:3 = 52,68 g-ekv. FeSO4 molyar ekvivalent massasi M(FeSO4):1=55,85 g-ekv.
Kaliy permanganatni ishqoriy muhitda qaytarilishi.
Masalan:
FeSO4+KMnO4+3KOH Fe(OH)3+K2MnO4+K2SO4
qaytaruvchi Fe2+ Fe3+ 1 | 1 oksidlanish
oksidlovchi Mn7+ Mn6+ 1 | 1 qaytarilish
Elektron tenglamaga ko’ra FeSO4 va KMnO4 molyar ekvivalent massasi molekulyar massalariga teng. M (FeSO4):1=55,85; М (KMnO4):1=158,04
Kaliy permanganatning kislotali muhitda oksidlovchilik hossasi neytral va ishqoriy muhitga qaraganda ancha kuchli. Birinchidan, oksidlanish-qaytarilish potenciallari orasidagi farqning qiymati
= +1,51 B, = +0,59 B katta. Ikkinchidan, MnO4- ionlari kislotali muhitda rangsiz Mn2+ ionlarigacha qaytariladi, ortiqcha MnO4- ion esa eritmani och pushti rangga bo’yaydi. Ekvivalent nuqtani aniqlash juda oson bo’lgani uchun permanganatomertik usul bilan bog’liq bo’lgan barcha aniqlashlar kislotali muhitda olib boriladi.
KMnO4 eritmasining titrini aniqlash uchun turli hil aniqlovchi moddalardan foydalanish mumkin. Bulardan H2C2O42H2O, Na2C2O4, As2O3, K4[Fe(CN)6]3H2O, temir kukuni va hokazolar. Ko’pchilik hollarda Na2C2O4 yoki H2C2O42H2O kabi qaytaruvchilarning standart eritmasidan foydalaniladi.
Permanganatometrik titrlash usulining ishlatilishi. Permanganatometrik titrlash usuli zavodlarning analitik kimyo laboratoriyalarida, ilmiy tekshirish va o’quv laboratoriyalarida keng qo’llaniladigan oksidlanish-qaytarilish usullaridan biridir. Permanganatometrik usul bilan turli hil organik va anorganik moddalarni aniqlash mumkin:
Masalan: qaytaruvchilar:. Fe, Bi, Ag, Cd, Zn, Sb, As, P, Fe2+, Cr2+, Mn2+, Sn2+, Cu+, Ti3+, Cl-, Br-, J-, S2-, SO32- , SeO32-, S2O32-, SCN-, CN-, NO2-, alьdegid, mochevina, askorbin kislota, polifenollar, shakar va hokazo.
oksidlovchilar: Fe3+, Ce+4, V+5, Mo+6, W+6, Cr+6 , MnO2, PbO2, NO3-, BrO3-, ClO3-, JO3-, va hokazolar.
Permanganatometrik titrlash usulining afzalligi:
1) Ekvivalent nuqtani KMnO4 ning ortiqcha 1 tomchisini tomizib eritmani pushti rangga kirishiga qarab bilish mumkin (to’g’ri titrlashda)
2) Titrlashni kislotali yoki ishqoriy muhitda olib borish mumkin.
3) KMnO4 oksidlanish - qaytarilish potencialining yuqori ( = +1,51 B) bo’lganligi sababli kuchsiz oksidlovchilar yordamida aniqlab bo’lmaydigan moddalarni ham bu usul bilan aniqlash mumkin
4) KMnO4 arzon va qulay reaktiv
5) Oksidlanish-qaytarilish hossasiga ega bo’lmagan moddalarni ham aniqlash mumkin.
Permangatometrik titrlash usulining kamchiliklari:
1) Boshlang’ich KMnO4 eritmasini olish qiyin.
2) KMnO4 vaqt o’tishi bilan o’zini titrini o’zgartiradi, shuning uchun ishlatishdan oldin, KMnO4 ni titri aniqlanishi kerak.
3) Permanganatometrik us Сl- ionlari bilan birgalikda olib borilmaydi, chunki 2Cl- Cl20 oksidlanadi.
4) Permanganatometrik titrlashni hona haroratida olib borilganda reakciya sekin boradi, shuning uchun qizdirish talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |