Xromatometrik titrlash usulining kamchiliklari: 1. K2Cr2O7 KMnO4ga nisbatan kuchsiz oksidlovchi.
2. Оксидланиш - qайтарилиш реакцияси K2Cr2O7ta`sirida nisbatan sekin boradi.
3. Indikatorsiz eritma rangini o’zgarishiga qarab ekvivalent nuqtani aniqlash qiyin.
6.6. Yodometrik usul Titrimetrik analiz y (J2) ning oksidlovchilik (yoki yod ionlari (J-) ning qaytaruvchilik) hossalariga asoslangan usuli yodometrik usul deyiladi. Yodometrik usulning asosida quyidagi reakciyalar:
J2 + 2e 2J- (а) yoki 2J- + 2е J2 (б) yotadi.
Bu usul bilan (a) reakciya yordamida qaytaruvchilarni (Н2SO3, H3AsO3, HSbO3ning tuzlari, erkin H2S, SnCl2va boshqalar) va (b) reakciya yordamida oksidlovchilarni (Cl2, Br2, KMnO4, KClO3, Н2О2 , Cu+2, Fe+3 va boshqalar) aniqlash mumkin.
Qattiq holdagi (kristallik) yod suvda kam eriydi. Shuning uchun standart eritma sifatida yodning KJ dagi eritmasi ishlatiladi. Yod kaliy yodid eritmasida eriganda [J3-] kompleks ionlarini hosil qiladi.
J2 + J- [J3]- Triyodad - yodid oksidlanish-qaytarilish juftining normal oksidlanish - qaytarilish potenciali = + 0,5355 В ga, = + 0,5345 V teng bo’lgani uchun J2/2J- va [J3-]/3J- oksidlanish - qaytarilish juftlarining oksidlanish potenciallarini teng deb olishimiz mumkin.
Yodometrik aniqlashda boradigan reakciyaning asosiy tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:
J2 + 2e 2J - Bu reakciyada sistemaning oksidlanish potenciali vodorod ionlarining koncentraciyasiga bog’liq emas.
Ammo tarkibida kislorod tutgan moddalar J2 yoki [2J-] bilan vodorod ionlari ishtirokida reakciyaga kirishib neytral suv molekulasi hosil bo’ladi.
Masalan: H2AsO4 + 2J- + 3H+ HAsO2 + 2H2O + J2 Bunday hollarda esa sistemaning oksidlanish-qaytarilish potenciali eritmadagi [H+] ionlariga bog’liq bo’ladi.
Qaytaruvchilarni aniqlash: Agar natriy tiosulьfat (Na2S2O3) eritmasiga erkin yod ta`sir ettirilsa, quyidagi reakciya sodir bo’ladi:
2Na2S2O3 + J2 = Na2S4O6 + 2NaJ Reakciya natijasida natriy tetrationat deb ataladigan Na2S4O6birikma hosil bo’ladi. Bu reakciya iodometrik usulning muhim reakciyasi bo’lib, ionli shaklda quyidagicha yoziladi:
2S2O32- + J2 = 2J- + S4O62- Natriy tiosulьfatning molyar-ekvivalenti 248,2 Ch 2:2=248,2 g. ga teng (Na2S2O3 5H2O formulaga muvofiq). Yodning molyar-ekvivalenti uning molyar-massasiga teng. Na2S2O3ning titrlash uchun olingan hamma eritmasi titrlanib bo’lganda, titrlanayotgan suyuqlik bir tomchi yod eritmasi qo’shilishi bilan och sariq tusga kiradi. Demak, bu holda ham huddi hromatometrik va permanganatometrikdagi kabi indikator ishlatmay turib titrlash mumkin. Lekin yodning titrlash ohirida namayon bo’ladigan rangi bilinar-bilinmas bo’lishi sababli ekvivalent nuqtaning aniqlanishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun indikator sifatida yod uchun nihoyatda sezgir reaktiv-krahmal eritmasi ishlatiladi. Ma`lumki, krahmal yod bilan birikib, ko’k tusli adsorbcion birikma hosil qiladi, krahmal eritmasidan foydalanilganda, titrlash ohirida suyuqlikka yod eritmasidan ortiqcha bir tomchi qo’shish bilan u ko’k tusga kiradi, natijada titrlashning ohirgi nuqtasi aniqlanadi.