M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar


Cho’ktiruvchi modda (reagent)ni tanlash



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə21/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

4. Cho’ktiruvchi modda (reagent)ni tanlash.
Cho’kma ko’rinishga qo’yilgan talablar cho’ktiruvchi moddani (reagentni) to’g’ri tanlashni talab qiladi.
Masalan: Ва2+ ni bir necha hil qiyin eruvchan birikmalar ko’rinishida cho’ktirish mumkin. Qaysi bir cho’ktiruvchi aniqlanayotgan moddani to’la cho’kish imkonini bersa, ya`ni hosil bo’ladigan cho’kma eruvchanlik ko’paytmasining qiymati eng kichik bo’lsa, shu cho’ktiruvchidan foydalanish kerak.
Masala Ва2+ ionini cho’ktirish uchun cho’ktiruvchi modda tanlashda bariyning quyidagi kam eruvchi tuzlari eruvchanlik ko’paytmalarini solishtirilsa:
BaSO4 - EК = 1,1  10-10
BaCrO4 - EК = 1,2  10-10
BaMnO4 - EК = 2,5  10-10
BaCО3 - EК = 8,1  10-9
BaClO4 - EК = 1,6  10-7
Bularning ichida eruvchanlik ko’paytmasi eng kichik bo’lgani BaSO4. Shuning uchun Ba2+ BaSO4 holida cho’ktirilishi kerak ekan. Demak, cho’ktiruvchi sifatida H2SO4; Na2SO4; K2SO4, ya`ni tarkibida SO42- - ioni bo’lgan suvda yahshi eriydigan moddalarni ishlatish kerak.
Cho’ktiruvchiga qo’yiladigan asosiy talablar:
a) tez va oson kam eruvchan cho’kmani (birikma) hosil qilishi ;
b) selektiv bo’lishi, ya`ni faqat shu aniqlanayotgan modda bilan cho’kma hosil qilib, boshqa ionlar bilan reakciyaga kirishmasligi ;
v) oson haydalishi yoki ajralishi;
Shunga ko’ra sulьfatlarni cho’ktirish uchun H2SO4, gidroksidlarni cho’ktirish uchun - NH4OH, hloridlarni cho’ktirish uchun - HCl, karbonatlarni cho’ktirish uchun - (NH4)2CO3 ishlatilgani maqsadga muvofiq bo’ladi.
g) zaharli bo’lmasligi ;
d) ortiqcha miqdorda olinganda (kompleks hosil bo’lishi tufayli) cho’kmani eritmasligi, cho’ktiruvchining miqdori reakciya tenglamasi bo’yicha hisoblanganda 1,5 marta ko’p olinishi kerak.
Cho’ktiruvchi hajmi quyidagi formula bilan hisoblanadi:

mн namunaning massasi, g
MА – aniqlanadigan moddaning molekulyar massasi, g
MВ – cho’ktiruvchining molekulyar massasi, g
VВ cho’ktiruvchi eritmasining hajmi, sm 3, (ml)
- cho’ktiruvchi eritmasining zichligi, g/sm 3 yoki g/ml
с – cho’ktiruvchi eritmasining foiz koncentraciyasi
a,v – reakciya tenglamadagi stehiometrik koefficientlar

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin