M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar


Mavzu yuzasidan savol va mashqlar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə25/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

Mavzu yuzasidan savol va mashqlar
1. Tortma analiz nimaga asoslangan?
2. Tortma analizning qanday usullarini bilasiz?
3. Cho’ktiriladigan va tortiladigan shakl nima? Misollar keltiring.
4. Cho’ktiriladigan va tortiladigan shakllarga qanday talablar qo’yiladi?
5. Kristall va amorf cho’kmalarni cho’ktirish shart-sharoitlarini tushuntiring.
6. Cho’ktiruvchini tanlash va unga qo’yilgan asosiy talablar.
7. Tortma analizning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rsating.
8. Tortma analizda cho’kmalarni yuvish uchun qanday eritmalar ishlatiladi. Mis llar keltiring.
9. Gravimetrik analizda uchraydigan hatolarning asosiy manbalarini ko’rsating.
10. Moddalar miqdorini aniqlashda yo’l qo’yiladigan hatolarning qanday turlarini bilasiz?

  1. O’lchashning nisbiy va absolyut hatosi nima? Misolar keltiring.

  2. Magniyni Mg2P2O7 holida aniqlash uchun hosil bo’lgan cho’kma massasi 0,7500 g ga teng, bo’lishi uchun MgCI2 dan qanday miqdorda(g) olish kerak?

  3. 0,0550 g AgCI cho’kmasi hosil qilish uchun 1% li NaCI eritmasidan qancha hajmda olish kerak?

  4. 0,2500 g Ca2+ ni cho’ktirish uchun 10%-li Na2C2O4 eritmasidan necha ml kerak?

  5. Tarkibida 22% Ag bo’lgan 2,0000 g qotishmadagi Ag ni AgCI ko’rinishida cho’ktirish uchun (d = 1,17 g/sm3) necha ml HCI kerak?

  6. Magnezit namunasi analiz qilinganda 0,2514 g Mg2P2O7 cho’kmasi hosil qilindi. Namunada necha gramm magniy bor?

  7. Dolomitning 2,0000 g namunasidan 0,7505 g kalьciy oksidi hosil qilindi. Dolomit tarkibidagi CaCO3 ning % miqdorini hisoblang.

  8. Aralashma tarkibida 50 % hlor bor. 0,5000 g AgCI olish uchun shu aralashmadan qancha (g) olish kerak?

  9. 0,09300 gr quritilgan alyuminiy oksihinolyat cho’kmasini hosil qilish uchun AI2(SO4)3 ning 0,05000 n li eritmasidan necha millilitr olish kerak?

  10. 1,000 g temir-ammoniyli achchiqtosh (NH4)Fe(SO4)2*12H2O ni eritishdan hosil bo’lgan eritmadan temirni cho’ktirish uchun ammiakning 2,5 % (=0,99 g/sm3) bo’lgan eritmasidan necha millilitr olish kerak?

  11. NaCI ning 0,1200 g namunasidagi hlorid-ionlarini to’la cho’ktirish uchun 0,1000 М AgNO3 dan necha ml olish kerak?

  12. Quritilgan PbMoO4 ning massasi 0,3624 g keladi. Cho’kmadagi qo’rg’oshinning massasini grammlarda hisoblang.

  13. 0,5844 g BaCrO4 tarkibidagi hromning miqdorini % va grammlarda hisoblang.

  14. Kaliy tuzining eritmasidan KCIO4 cho’kmasi olindi. Quritilgan cho’kmaning massasi 0,1526 g ekanligini bilgan holda, eritmadagi kaliyning massasini toping.

  15. 0,5437 g namuna - analiz qilinayotganda modda eritmasidan 0,6343 g AgCI cho’ktirildi. Analiz qilinayotgan namuna tarkibida necha gramm hlor borligini toping.

  16. 1,5495 g magnezitni qayta ishlashlaridan keyin 1,3982 g quritilgan Mg2P2O7 olindi. Magnezit tarkibidagi MgCO3 ning miqdorini grammlarda hisoblang.

  17. Tarkibida 0,0800 g Na2HPO4 bo’lgan eritmaga ko’p miqdorda AI(NO3)3 qo’shildi. Hosil bo’lgan cho’kmaning massasini hisoblang.

  18. Kimyoviy toza CaCO3 o’zgarmas massagacha qizdirildi va 0,1525 g modda qoldi. Bunda necha gramm CO2 ajralgan?

  19. Kimyoviy toza CaO va BaO aralashmasidan 0,5178 g CaSO4 va BaSO4 cho’kmasi olindi. Olingan namuna tarkibidagi Сa va Ba ning foiz miqdorini hisoblang.

IV Mavzu. MIQDORIY ANALIZ


Tayanch iboralar:
- miqdoriy analiz;
- miqdoriy analiz usullari ;
- miqdoriy analizdagi hatolar ;
- gravimetrik analiz ;
- gravimetrik analizning turlari ;
- gravimetrik analizni bajarish tartibi ;
- cho’ktiriladigan va tortiladigan shakl ;
- kristall va amorf cho’kma ;
- kristall cho’kmani cho’ktirish shartlari ;
- amorf cho’kmani cho’ktirish shartlari ;
- cho’ktiruvchini tanlash ;
- gravimetrik analizning afzalligi va kamchiligi ;
- gravimetrik analizdagi hisoblashlar ;
- miqdoriy analizdagi hatolar.
Tekshirilayotgan modda tarkibini tashkil etgan element yoki ion (yoki komponent) lar miqdorini aniqlashga imkon beruvchi usullar to’plamiga miqdoriy analiz usuli deb ataladi.
Miqdoriy analiz usullari tajriba mashg’ulotlarini bajarishda ishlatiladigan asboblarga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
1. Gravimetrik analiz
2. Titrimetrik analiz
3. Gaz analizi
4. Fizik-kimyoviy ( yoki instrumental) analiz usullari.
Ushbu qo’llanmada shulardan (ayrimlari) gravimetrik, titrimetrik va fizik-kimyoviy analiz usullariga to’htalib o’tamiz.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin