V Mavzu: TITRIMETRIK ANALIZ Tayanch iboralar:
- eritma koncentraciyasini ifodalash:
- foiz koncentraciya;
- normal koncentraciya;
- molyar koncentraciya;
- molyalь koncentraciya;
- titr;
- titrimetrik analiz;
- titrimetrik analizning turlari;
- titrlash;
- ekvivalent nuqta;
- titrlashning ohirgi nuqtasi;
- standart eritmalar;
- standart eritmalarga qo’yiladigan talablar;
- standart eritmalarni tayyorlash usullari;
- neytrallash usuli;
- titrant ;
- kislota-asosli indikatorlar;
- indikator ko’rsatgichi va rang o’zgarish sohasi;
- titrlash egri chiziqlari;
- indikator tanlashda titrlash egri chiziqlaridan foydalanish;
- oziq-ovqat mahsulotlarining kislotaliligini aniqlash.
5.1. Eritmalar koncentraciyasini ifodalash Eritmada yoki erituvchining ma`lum massa miqdorida yoki hajmida erigan modda massasi eritmaning koncentraciyasi deyiladi.
Titrimetrik analizda eritma koncentraciyasini ifodalashning quyidagi usullari mavjud:
1. Foiz koncentraciya - 100 g eritmada erigan modda miqdoriga (grammlar soniga) foiz S (%) koncentraciya deyiladi.
Moddaning foiz ( S %) koncentraciyasi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
yoki
bunda,
m – erigan modda miqdori, g
m1 – erituvchining miqdori, g
2. Molyar koncentraciya – 1 l (1000 ml) eritmada erigan modda miqdorining g-molь soni bilan ifodalanishiga molyar koncentraciya (СМ) deyiladi. U quyidagicha hisoblanadi:
bunda,
m - erigan modda miqdori, g
M - erigan moddaning molekulyar massasi
V - eritma hajmi, ml. da
3. Molyalь koncentraciya – 1 kg (1000 gramm) eritmada erigan modda miqdorining g-molь soni bilan ifodalanishiga molyalь koncentraciya (Ст) deyiladi. U quyidagicha hisoblanadi:
bunda:
т – erigan modda miqdori, g
М – erigan moddaning molekulyar massasi, g/molь
G – eritma massasi, g
4. Normal koncentraciya 1l (1000 ml) eritmadagi erigan modda miqdorining gramm-ekvivalentlar soni, eritmaning normal koncentraciyasi (Сн yoki N) deyiladi. U quyidagicha hisoblanadi:
bunda,
Сн yoki N – normal koncentraciya, g ekv/l
Э - erigan moddaning gramm ekvivalenti
V - eritma hajmi, ml.
5. Titr 1 ml eritmada erigan moddaning grammlarda ifodalangan miqdori eritmaning titri (T) deb aytiladi, ya`ni:
Eritmaning titri va normal koncentraciyasi o’rtasida quyidagi bog’lanish mavjud:
bunda,
N - eritmaning normalligi,
m - modda miqdori, g;
T - eritma titri, g/ml
V - eritma hajmi, ml
E - erigan moddaning ekvivalenti
Ayrim hollarda moddaning titri aniqlanayotgan modda bo’yicha hisoblanadi.
Bunda eritmaning titri, shu eritmaning (A) 1 ml aniqlanayotgan eritmasiga necha gramm (V) modda to’g’ri kelishini ko’rsatadi.