M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə35/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

5.3. Titrlangan eritmalar tayyorlash
Koncentraciyasi (titri) aniq ma`lum bo’lgan eritmalar titrlangan, titrant yoki standart eritmalar deyiladi. Ular quyidagi talablarga javob berishi:
1) modda kimyoviy toza bo’lishi;
2) moddaning tarkibi uning formulasiga to’la mos kelishi ;
3) modda quruq holda saqlanganda ham, eritma holda saqlanganda ham barqaror bo’lishi;
4) moddaning gramm ekvivalent qiymati mumkin qadar katta bo’lishi kerak, chunki bu eritmaning titrini aniq topishga imkon beradi.
Ko’rsatilgan talablarga javob beradigan moddalar titrlangan yoki boshlang’ich moddalar deyiladi, chunki ulardan foydalanib qolgan boshqa moddalarning titri aniqlanadi.
Boshlang’ich moddalar quyidagi usullar bilan tayyorlanadi:
1. Fiksanal tayyorlash usuli. Fiksanal – 1 litr aniq 0,1000 n eritma tayyorlash uchun kerakli miqdorda aniq tortilib yoki aniq o’lchanib shisha ampulalarga solib kavsharlangan qattiq modda yoki titrlangan eritmalardir. Fiksanaldan titrlangan eritma tayerlash ampuladagi moddani hajmi 1 litrli kolbaning bo’g’ziga varonka qo’yib, uning ichida bayok (nayza) qo’yiladi va shu bayook yordamida ampulaning yupqa devorli tubi sindiriladi. Ampulaning yuqori qismidagi chuqurcha uchi o’tkir shisha tayoqcha bilan teshiladi. Teshikdan ampula ichiga yuvgich yordamida suv purkab yuviladi. So’ngra varonka yuviladi va uni olib qo’yib, kolbadagi suyuqlikning hajmi distillangan suv qo’shib belgisigacha etkaziladi.
2. Tortim usuli. Kerakli moddadan analitik tarozida aniq tortib olib o’lchov kolbasida eritiladi va eritmaning hajmi kolbaning belgisiga etguncha distillangan suv bilan to’ldiriladi. Eritmaning titri quyidagi formula bilan hisoblanadi:
, г/мл
merigan moddaning massasi, g
V – eritmaning hajmi, ml
Bunday eritmalarga birlamchi standart eritmalar yoki tayyorlangan eritmalar deyiladi. Lekin hamma moddalarning eritmasini masalan, (HCl, NaOH) tayyorlab bo’lmaydi.
3.Titrlash usuli. Titrlangan eritmalarga qo’yiladigan talablarga (yuqoriga qarang) javob bera olmaydigan eritmalar titrlash usuli bilan tayyorlanadi. Bunda tahminan kerakli koncentraciyali eritma tayyorlanadi, aniq (titri) koncentraciyasini esa, biron to’g’ri keladigan boshqa birlamchi standart eritma bilan titrlab aniqlanadi.
Titri boshqa eritma yordamida titrlash usuli bilan topilgan eritmalar titri aniqlangan eritmalar yoki ikkilamchi standart eritmalar deyiladi.

5.4. Kislota – asosli titrlash (neytrallash) usuli.


Titrimetrik analizda modda miqdorini aniqlash, neytrallanish reakciyasiga asoslangan usuli kislota-asosli titrlash yoki neytrallash usuli deyiladi. Neytrallash jarayoni eritmalarda gidroksoniy (Н3О+) (yoki Н+) ionlarining gidroksil ОН- ionlari bilan o’zaro ta`sirlashib kuchsiz elektrolit suvning hosil bo’lishidir.
Н3О+ + ОН-  2Н2О
Н++ ОН-  H2О
Demak, eritmada Н+ va ОН- ionlari koncentraciyasining, ya`ni рН ini o’zgarishi kuzatiladi.
Bu usul bilan biror kislotaning titrlangan eritmasidan foydalanib ishqorlarning miqdorini aniqlash (acidimetriya) yoki ishqorning titrlangan eritmasidan foydalanib, kislotalarning miqdorini aniqlash (alkalimetriya) mumkin.
Neytrallash usuli oziq-ovqat sanoatida shu jumladan hamirturush (drojja), un, sut, muzqaymoq, pivoning kislotaliligini, sirka kislota tarkibidagi sirka miqdorini aniqlashda ishlatiladi.
Kislotalarning titrini aniqlashda boshlang’ich modda sifatida: Na2B4O7  10H2O, Na2CO3, C2H5ONa lar ishlatiladi.
Ishqorlarning titrini aniqlashda: H2C2O4  2H2O, qahrabo kislotasi, H2C4H4O6 ishlatiladi.
Titrlash jarayonida рН ning ma`lum qiymatida ekvivalent nuqtaga erishiladi va titrlash to’htatiladi. Neytrallash reakciyasi qandaydir tashqi o’zgarish bilan ketmaydi, shuning uchun ekvivalent nuqta- titrlashning ohirgi nuqtasini aniqlash uchun mahsus indikatorlar ishlatiladi.



Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin