5.2. Titrimetrik analizning mohiyati Miqdoriy analizda aniqlanadigan modda miqdorini aniqlash uchun sarf bo’ladigan moddaning koncentraciyasi aniq bo’lgan modda eritmasi hajmini o’lchashga asoslangan usuliga hajmiy (titrimetrik) analiz usuli deb aytiladi.
Aniqlanadigan A modda eritmasiga oz-ozdan koncentraciyasi aniq bo’lgan V modda eritmasi qo’shiladi. Bunda V moddadan A modda miqdoriga aniqlovchi modda miqdori ekvivalent bo’lgan holat ekvivalent nuqta deb ataladi. Ekvivalent nuqta mahsus asboblar yoki indikatorlar yordamida aniqlanadi. Indikator rangining o’zgarish holatiga titrlashning ohirgi nuqtasi deyiladi.
Koncentraciyasi yoki boshqacha titri aniq bo’lgan eritma standart (titrlangan) eritma, yoki titrant deb aytiladi. Standart eritmaning koncentraciyasi odatda grammning millilitrga nisbati (g/ml) yoki (normallik) gramm-ekvivalent/litr birligida ifodalanadi.
Aniqlanadigan modda eritmasiga sekinlik bilan titrantni qo’shish jarayoni titrlash deyiladi.
Titrimetrik analiz usullari: Analiz qilinadigan modda miqdorini aniqlashda boradigan asosiy reakciyalarning turlariga qarab, hajmiy analiz usullari quyidagilarga:
1) neytrallash yoki kislota-asosli titrlash ;
2) oksidlanish-qaytarilish usullari, (oksidimetriya);
3) cho’ktirish va kompleks hosil qilish usullari (kompleksonometriya) ga bo’linadi.
Titrlashni bajarilish tartibiga ko’ra quyidagi usullarga bo’lish mumkin:
1) to’g’ri titrlash - bu usulda aniqlanayotgan modda bilan aniqlovchi modda (reaktiv) o’rtasida to’g’ridan- to’g’ri kimyoviy reakciya boradi;
2) teskari titrlash - aniqlanayotgan modda eritmasiga muayyan ortiqcha (ammo aniq o’lchangan) miqdordagi standart moddaning ma`lum koncentraciyali eritmasi qo’shiladi va bu stardart moddaning ortiqcha miqdori boshqa standart eritma bilan titrlanadi;
3) «o’rin-bosar» ni titrlash - aniqlanayotgan moda va biror aniqlovchi modda o’rtasidagi reakciya mahsulotini standart eritma bilan titrlashdir