6. Cho’kmani filьtrlash va yuvish. Cho’kmani eritmadan ajratish uchun, cho’kma turiga qarab filьtrlanadi. Filьtrlar tayyorlangan materialiga ko’ra (kulli, kulsiz) zichligiga va o’lchamiga ko’r har hil bo’ladi. Zichligi katta bo’lsa, mayda zarrachali cho’kmalarni filьtrlashda ishlatiladi (va aksincha). Cho’kmani ajratish (filьtrlash) ga bosim, eritmaning yopishqoqligi (harorat), filьtrning sirti kabi omillar ta`sir qiladi.
Filьtrlashda filьtrning katta kichikligi juda muhimdir. Filьtrni filьtrlanadigan suyuqlikning hajmiga qarab emas, balki cho’kmaning miqdoriga qarab tanlanadi. Cho’kma filьtrga solinganda, uning yarmidan oshmasligi kerak, aks holda cho’kmani yahshilab yuvib bo’lmaydi.
Voronka o’lchami shunday tanlanadiki, filьtrning chekkalari 5-10 mm voronka chekkasidan past bo’lsin.
Filьtr to’rt buklanadi, to’rtdan bir qismi ochiladi va odatdagi 60о burchakli voronka qo’yiladi. Filьtr suv bilan ho’llanib, voronka devorlariga zich qilib yopishtiriladi.
Filьtrlanayotganda filьtrning teshikchalari cho’kma zarrachalari bilan tez bekilib qolmasligi uchun, dastlab suyuqlikni filьtrga shisha tayoqcha bo’ylab, cho’kmani chayqatmasdan quyiladi.
Shisha tayoqchani filьtr qog’ozning uch qavatli joyining tepasida, o’rtada vertikal ushlash kerak. Tayoqchaning pastki uchi filьtrdagi suyuqlikka tegmasligi kerak. Tayoqcha yo stakanda, yo filьtr tepasida turishi kerak. Tayoqcha stolga qo’yilmaydi.
Cho’kmadan undagi suyuqlikning ko’p qismi filьtrga quyilib, stakan tubida cho’kma ozgina suyuqligi bilan qolganda cho’kma dekantaciya yo’li bilan yuviladi.
Cho’kmani yuvishdan maqsad, yuqoridagi mavzuda aytib o’tganimizdek, uning sirtiga adsorbciyalangan begona qo’shimchalarni va cho’kmaga shimilgan asosiy eritmani yo’qotishdir.
Yuvuvchi suyuqliklar sifatida cho’ktiruvchining suyultirilgan eritmasi, elektrolit eritmasi, distillangan suv ishlatiladi. Buning uchun yuvgichdan suyuqlik oqimi shunday yo’naltiriladiki, u stakan devorlaridan unga yopishgan cho’kma zarrachalarini yuvib tushirsin. Cho’kma chayqatib loyqalantiriladi va stakan tubiga cho’kma yig’ilishi uchun qo’yib qo’yiladi. Tingan suyuqlik filьtrga solinadi. Bu ish 3-4 marta takrorlanadi. Ohirida cho’kmani qolgan suyuqlik bilan chayqatib to’liq filьtrga solinadi. Stakan tubida va devorlarida qolgan cho’kma zarrachalarini yuvgichdagi yuvuvchi suyuqlik oqimi bilan filьtrga tushiriladi. Stakan va shisha tayoqchaga mustahkam yopishib tushmay qolgan cho’kma zarrachalari kulsiz filьtr bo’lakchasi suv bilan ho’llanib, artib olinadi. Filьtr bo’lagi cho’kmali filьtrga solinadi va yana stakan 2-3 marta yuviladi.
Cho’kma to’la yuvilganligini tekshirish uchun, filьtrdan ajralib o’tayotgan eritma (filьtrat)dan olib tegishli ionga hos hususiy reakciya qilib ko’riladi.