7.Cho’kmani quritish va tortiladigan shaklga o’tkazish. Yuvilgan cho’kma quritish pechida 90-105 tоС atrofida ma`lum vaqt davomida quritiladi. Quritilgan kukunsimon modda massasi aniq bo’lgan biror idish (tigelь) da qizdirish pechida (mufelь pechь) yuqori haroratda qizdiriladi. Qizdirilgandan so’ng hona haroratiga kelguncha eksikatorda saqlanadi va keyin analitik tarozida tortiladi.
Tortma analizning afzalligi - aniqligi katta.
Kamchiligi - aniqlash ko’p bosqichli bo’lgani uchun bu aniqlash ko’p vaqt talab qiladi, ya`ni tezkor - "ekspress" aniqlash emas.
8.Gravimetrik shaklni tortish va analiz natijalarini hisoblash. Tortma analiz usulida miqdori aniqlanishi kerak bo’lgan moddaning o’zini emas, balki unga ekvivalent bo’lgan ikkinchi moda tortiladigan shakl tarozida tortiladi.
Tortiladigan shaklning topilgan miqdori (doimiy og’girlikka keltirilgan cho’kmali tigelь va bo’sh tigelь og’irliklarining farqi) aniqlanayotgan moddaning qancha miqdoriga to’g’ri kelishi hisoblab topiladi.
Aniqlanadigan modda massasi grammlarda quyidagi formula bilan hisoblanadi. Qн= m1 F m1 – tortiladigan shaklning massasi, g
F – analitik ko’paytuvchi yoki qayta hisoblash omili aniqlanayotgan modda (element)ning molekulyar (atom) massasini cho’kma (tortiladigan shakl) ning molekulyar massasiga nisbati F o’zgarmas son bo’lib, analiz uchun qancha modda tortib olinganligiga bog’liq emas.
MA – aniqlanadigan moddaning molekulyar massasi, g
MT– tortiladigan shaklning molekulyar massasi, g
а,в – reakciya tenglamasidagi stehiometrik koefficientlar.
Ayrim moddalar uchun analitik ko’paytuvchining qiymatlari "ma`lumotnoma" larda berilgan.
Aniqlanadigan modda massasi % - larda quyidagi formula yordamida hisoblanadi: