oksidlanish-qaytarilishda titrlash egri chiziqlari .
Hajmiy analizning oksidlanish-qaytarilish reakciyalariga asoslanib moddalar miqdorini aniqlash usuliga oksidlanish – qaytarilish usuli (redoksidimetrik yoki oksidometrik) deb aytiladi.
Hamma oksidlanish-qaytarilash usullari ishlatiladigan asosiy titrantning hossasiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi. Masalan: permanganat io (MnO4-) yordamida oksidlashga asoslangan usulga permanganatometrik, molekulyar yod yordamida oksidlanishga yoki yod ionlari J- bilan qaytarishga asoslangan usulga yodometrik, hrom (VI) birikmalari (Cr2O72-; CrO42-) yordamida oksidlashga asoslangan usulga hromatometrik, askorbin kislotasi yordamida qaytarishga asoslangan usulga – askorbinometrik, titan (III) birikmalari yordamida qaytarishga asoslangan usulga titanometrik va boshqa usullarga bo’linadi.
Oksidlanish-qaytarilish usullari ham kislota-asosli titrlash usullari kabi ilmiy tekshirish va ishlab chiqarish laboratoriyalarida keng qo’llaniladi. Bu usullar turli hil anorganik va organik moddalar, metallorganik birikmalar, monomerlar, polimerlar, mineral o’g’itlar, dorivor moddalar, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi u yoki bu modda miqdorini aniqlash imkonini beradi. Bu usullardan ba`zi bir keng qo’llaniladigan usullari bilan quyida tanishib chiqiladi.