M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə29/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

Cho’ktirish sharoitini tanlash.

To’la cho’ktirishga ta`sir qiluvchi omillar:
a) eritmaning рН, [H+],[OH-];
b) harorat;
v) begona ionlarning bor yoki yo’qligi.
Sharoitga qarab 2 hil:- kristall yoki amorf cho’kma hosil qilish mumkin.
Kristall cho’kmani cho’ktirishning shart-sharoitlari
1) cho’ktirish suyultirilgan eritmalarda olib borilishi kerak, bunda yirik kristallar hosil bo’ladi;
2) cho’ktiruvchi eritmasini tomchilab qo’shish va doimo aralashtirib turish kerak, aks holda mayda kristallar hosil bo’ladi;
3) cho’ktirish issiq eritmalarda olib borilishi shart. Qizdirilganda mayda kristallar eriydi va yirik kristallar hosil bo’lishi osonlashadi.
Kristall cho’kmalar eritmadan oson ajratiladi (filьtrlanadi), yuviladi va nihoyatda toza bo’ladi.
Amorf cho’kmalarni cho’ktirish shart-sharoitlari
1) cho’ktirishda aniqlanayotgan modda cho’ktiruvchining qaynoq eritmasi yordamida cho’ktiriladi;
2) cho’ktiruvchi eritmasidan tez-tez qo’shib eritma doimo aralashtirib turilishi kerak. Bunda hajmi katta amorf tuzilishli cho’kma hosil bo’ladi;
3) cho’ktirish koagulyatorlar (NH4Cl, ....., kislotalar ....) ishtirokida olib boriladi, bunda cho’kma hosil bo’lishi tezlashadi;

  1. cho’ktirishda koncentrlangan eritmalar ishlatiladi.

Amorf cho’kmalar, cho’ktirish jarayonida hosil bo’lgan kolloid eritmaning koagullanishi (cho’kishi) natijasida hosil bo’ladi va Yana eritmaga o’tib ketishi mumkin. Bu jarayon peptizaciya deb ataladi. Demak, kolloid eritmalarning koagullanishiga imkon berish kerak.


Kolloid eritmalarda bir hil elektr zaryadining bo’lishi va bu zaryadlar orasida elektrostatik itarish kuchlari, kolloid zarrachalarning bir- biri bilan birikishiga to’sqinlik qiladi. Bu zaryadlar eritmadagi ionlarning zarrachalarga adsorbilanishi natijasida paydo bo’ladi va qarama-qarshi ishorali ionlarning adsorbilanishi natijasida neytrallanishi mumkin. Shu sababli kolloid eritmalarga biror elektrolit koagulyator qo’shiladi. Koagulyatorning qarama- qarshi zaryadlangan ionlari kolloid zarrachalar sirtiga adsorbciyalanib, ularni zaryadsizlantiradi va o’zaro birikishiga imkon beradi. Koagulyatorning minimal koncentraciyasi kolloid zarracha zaryadiga qarama- qarshi zaryadli ion valentligining kamayishi bilan tez ortib boradi. Masalan, zarrachalari manfiy zaryadlanga As2S3 zoli kationlarning adsorbilanishi bilan koagulyaciyalanadi, unda AI3+, Ba2+ va K+ ionlarining koagullovchi koncentraciyalari 1:20:1000 nisbatida bo’ladi.
Kolloid sistemalar barqarorligining ikkinchi omili; kolloid zarrachalarning solьvatlanishidir, ya`ni ularning erituvchi molekulalarini adsorbilashidir. Hosil bo’lgan solьvat qobiqlari kolloid zarrachalarning birikib cho’kishiga to’sqinlik qiladi. Solьvatlanishga moyil bo’lgan zollarning solьvat qobig’ini buzish uchun koncentraciyasi ancha yuqori bo’lgan elektrolitlar ishlatiladi. Koncentraciyasi yuqori bo’lgan elektrolit ionlari solьvatlanib kolloid zarrachalardan erituvchining molekullarini tortib oladi va ularni zaryadsizlantiradi, natijada zolь koagullanadi. Bu jarayon tuzlanish deyiladi.
Elektrolitlar qo’shishdan tashqari, eritma haroratini ko’tarish ham koagullanishga imkon beradi. Haroratning ko’tarilishi zarrachalarni zaryadlovchi ionlarning adsorbilanishini kamaytiradi va solьvat qobiqlarining buzilishiga olib keladi.
Demak, kolloid sistemalarning hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun amorf cho’kmalarni qaynoq eritmadan biror elektrolit koagulyator ishtirokida cho’ktiriladi.
Ayni sharoitda ishlatilayotgan reaktiv bilan cho’kma bermaydigan begona moddalarning cho’ktirilayotgan birikma bilan birgalashib cho’kmaga tushishi, birgalashib cho’kish deyiladi.
Birgalashib cho’kish tortma analizda ham salbiy, ham ijobiy ahamiyatga ega. Avvalo u tortma analizda hatoning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi, chunki tarkibida begona aralashmalar bo’lgan cho’kma (tortiladigan shakl) toza bo’lmaydi va aniq formulaga javob bermaydi. Tortiladigan moddaning formulasini aniq bilmay, uning tarkibidagi elementning miqdorini to’g’ri hisoblash mumkin emas.
Lekin birga cho’kishning ijobiy ahamiyatini analitik amaliyotda ko’rishi mumkin. Agar aniqlanayotgan komponentning eritmadagi koncentraciyasi juda kam bo’lib, uni cho’ktirish qiyin bo’lsa, o’zi bilan cho’kmaga olib tushuvchi modda kollektor bilan birga cho’ktirish mumkin.
Mikrokomponentlarni kollektor bilan birga cho’ktirish, usuli tarqoq va siyrak elementlarni o’rganishda foydalaniladi.
Analitik kimyo nuqtai nazaridan cho’kma bilan cho’kkan qo’shimchalar cho’kma zarrachalarining sirtida (sirtqi adsorbciya) yoki ichida (okklyuziya) joylashishi mumkin.
Qattiq faza (cho’kma) sirtida ionlarni yutilishi adsorbciya deyiladi. Adsorbciya hamma cho’kmalar uchun, ayniqsa sirti katta bo’lgan amorf cho’kmalarga hos jarayondir.
Cho’kma sirtiga kristall panjarada bo’lgan eritmadagi ortiqcha ionlar (moddalar) adsorbilanadi. Adsorbilangan moddalar yoki ionlarni cho’kmani yuvib yo’qotish mumkin.
Okklyuziya sirtqi adsorbciyadan farqli, cho’kma bilan birga cho’kkan begona qo’shimchalar cho’kma zarrachalarining sirtida emas, ichida joylashgan bo’ladi. Shuning uchun okklyuziyalangan qo’shimchalarni cho’kmani yuvish bilan yo’qotib bo’lmaydi. Ularni eritmaga o’tkazish uchun cho’kmaning hammasini eritish zarur.
Okklyuziyaning oldini olish maqsadida quyidagilarga, e`tibor berish kerak: begona kationlarning ichki adsorbciyalanishini kamaytirish uchun cho’ktirishni cho’kmaning kristallari tarkibida cho’kma kationlari ortiqcha miqdorda bo’lgan eritmada,aksincha, begona anionlar okklyuziyalanmagan cho’kma olish uchun,esa cho’ktirishni tarkibida cho’ktirilayotgan birikmaning anionlari ortiqcha miqdorda bo’lgan muhitda olib borish kerak.
Birgalashib cho’kishda izomorf hodisasini ham kuzatish mumkin. Cho’kish jarayonida birgalikda kristall panjara hosil qilib kristallanishi mumkin bo’lgan moddalar izomorf moddalar deb ataladi. Bu vaqtda aralash kristallar hosil bo’ladi. Bunday moddalar (achchiq toshlar) bir hil shakldagi kristallar hosil qiladi. “Izomorf” bir hil shakl degan ma`noni bildiradi.
Izoforfizm hodisasini birinchi marta (1924 y) V.G.Hlopin va keyinroq (1926 y) O.Han o’rgangan. Hlopin qoidasi: «Aralash kristallar hosil bo’lishida birga cho’kkan qo’shimchaning miqdori, eritmadagi qo’shimcha cho’ktiriladigan ionning nisbiy koncentraciyalariga bog’liq”.



Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin