7.1. Cho’ktirish usulining mohiyati Cho’ktirish usuli, titrlashda biror qiyin eriydigan birikmalar hosil bo’ladigan reakciyalarning qo’llanilishiga asoslangan.
Cho’ktirish usuli cho’ktiruvchi titrantning hossasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
1. Argentometrik – titrant AgNO3;
2. Merkurimetrik – titrant Нg(NO3)2;
3. Merkurometrik – titrant Нg2(NO3)2.
Cho’ktirish usulda bir qator shartlarga rioya qilish kerak:
a) cho’kma amalda erimaydigan bo’lishi lozim;
b) cho’kma etarli darajada tez tushishi kerak (ya`ni, o’ta to’yingan eritmalarning hosil bo’lishi yuz bermasligi lozim);
v) titrlash natijalari adsorbciya (birga cho’kish) hodisalari ta`sirida noto’g’ri bo’lib chiqmasligi lozim.
g) titrlashda ekvivalent nuqtani belgilab olish uchun imkoniyat bo’lishi kerak.
Bu talablar hajmiy analizda qo’llanilishi mumkin bo’lgan reakciyalar sonini juda kamaytirib yuboradi.
7.2. Argentometrik (Mor) usul Bulardan eng ahamiyatlisi argentometrik (Mor) usul hisoblanadi. Mor usuli kumush ionlarining galogen ionlari bilan ta`sirlashib cho’kma hosil bo’lishiga asoslangan.
Ag+ + X = AgX↓ bu erda: Х bilan Cl, Br, I , SCN va boshqa anionlar ko’rsatilgan.
AgNO3 va NaCl ishchi eritma, К2СrО4 eritmasi esa indikator sifatida ishlatiladi. Ayniqsa, Mor usuli bilan hlorid va bromidlarni miqdorini aniqlash qulay. Hlorid (yoki bromid) eritmasiga 1-2 tomchi К2СrО4 eritmasi qo’shib, AgNO3 ning standart eritmasi bilan titrlanganda, ekvivalent nuqta yaqinida eritmadagi Cl (yoki Br) ionlarining deyarli hammasi AgCl (yoki AgBr) holida cho’kkanidan keyin eritmadagi ortiqcha tomizilgan AgNO3 bilan К2СrО4 qizil rangli Ag2СrО4 cho’kmasini hosil qiladi. Reakciya tenglamasi:
Ag+ + Cl = AgCl 2Ag+ + К2СrО4 = Ag2CrO4 + 2K+ Mor usuli bilan titrlash faqat neytral muhitda olib boriladi. Kislotali muhitda Ag2CrO4 erib ekvivalent nuqtani aniqlash qiyin bo’ladi. Ishqoriy muhitda esa Ag+ ionni ОН ioni bilan ta`sirlashib AgOH hosil bo’lib, Ag2O ga parchalanadi:
Ag+ + OH = AgOH 2AgOH = Ag2O + H2O Bu usul yodid, rodanid ionlarini titrlashda qo’llanilmaydi, chunki kumush yodid va rodanid К2СrО4 ni kuchli adsorbciyalaydi, natijada ekvivalent nuqtani aniqlab bo’lmaydi.