M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar


Yodometrik usulning mohiyati. Ishchi eritmalarini tayyorlash haqida qisqacha tushuncha bering. 10



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə46/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

9. Yodometrik usulning mohiyati. Ishchi eritmalarini tayyorlash haqida qisqacha tushuncha bering.
10. Yodometrik analiz usuli bilan qanday moddalar miqdori aniqlanadi? Bu usulda to’g’ri, teskari va o’rinbosarni titrlashga misollar keltiring.
11. Titrimetrik analizda qo’llaniladigan oksidlanish-qaytarilish reakciyalari qanday talablarga javob berishi kerak?
12. Permanganatometrik, yodometrik va hromatometrik analiz usullari
qanday afzallik va kamchiliklarga ega.
13. 500 ml hajmli kolbada 1,8750 gr KMnO4 eritildi. Eritmaning kislotali va ishqoriy muhit uchun normalligi va titrini hisoblang.
14. 0,02050 n KMnO4 eritmasining а) H2C2O4, b) Fe bo’yicha titrini hisoblang.
15. Kaliy permanganatning normalligi 0,01200 n ga teng. Uning Na2C2O4 va KNO2 bo’yicha titrini hisoblang.
16. 15 ml H2C2O4 ni titrlash uchun 0,01830 n eritmasidan 8,30 ml KMnO4 sarflandi. Oksalat kislotasining normal koncentraciyasini va KMnO4 bo’yicha titrini hisoblang.
17. = 0,00325 g/ml bo’lgan KMnO4 eritmasidan 1,5l tayyorlash uchun necha gr KMnO4 kerakligini hisoblang. 50,20 ml Na2C2O4 titrlash uchun (kislotali muhitda) = 0,005751 g/ml KMnO4 eritmasidan 21,40 ml sarf bo’ldi. Na2C2O4 ning shu eritmasidan 500,0 ml tayyorlash uchun necha gr Na2C2O4 kerakligini hisoblang.
18. Tarkibida aralashmalari bo’lgan KNO2 tuzining 0,9457 grammi 300 ml suvda eritildi. Bu eritmaning 20,00 ml ni titrlash uchun 16,85 ml ( = 0,007984 g/ml) kislotali muhitda KMnO4 eritmasidan sarf bo’ldi. Namuna tarkibidagi KNO2 ning % miqdorini hisoblang.
19. Agar 0,07000 g "temir" simni havo kiritmasdan H2SO4 da eritilgandan hosil bo’lgan FeSO4, eritmasini titrlash uchun (kislotali muhitda) KMnO4 ning 0,05000 n eritmasidan 14,42 ml sarf bo’ldi. "Temir sim" tarkibidagi temirning miqdorini grammlarda va %-larda hisoblang.
20. Tarkibida MnO2 bo’lgan 0,2000 g ruda (kislotali muhitda) 25,00 ml H2C2O4  2H2O bilan ishlandi. Reakciyaga kirishmay qolgan H2C2O4  2H2O ni titrlash uchun (kislotali muhitda) KMnO4 ning 0,2000 n eritmasi bilan teskari titrlanganda 20,00 ml sarf bo’ldi. Agar 25,00 ml H2C2O4 eritmasini titrlash uchun 45,00 ml KMnO4 eritmasi sarf bo’lishi ma`lum bo’lsa, rudadagi marganecning foiz miqdorini hisoblang.
21. Agar 25,00 ml CaCI2 eritmasiga (NH4)2C2O4 0,1000 n eritmasidan 40,00 ml qo’shib, hosil bo’lgan CaC2O4 cho’kmani ajratib olgandan so’ng reakciyaga kirishmay qolgan ortiqcha (NH)2C2O4 ni titrlash uchun KMnO4 ning 0,0200 n eritmasidan 15,00 ml sarf bo’lsa, 250,0 millilitr CaCI2 eritmasida necha gr kalьciy bo’ladi?
22. 0,1812 g kaliy hlorat tutgan eritmaga 100,00 ml 0,08520 n Na2C2O4 eritmasi qo’shilgan. Ortib qolgan natriy oksalatni titrlash uchun 48,69 ml 0,05 n KMnO4 eritmasi sarf bo’lgan. Namuna tarkibidagi KCIO3 ning % miqdorini hisoblang.
23. 0,7327 g marmar toshning kislotada erishidan hosil bo’lgan eritmaga 1,4960 g (NH4)2C2O4  H2O tutgan eritmadan qo’shib eritmaning umumiy hajmi 200,00 ml ga etkazilgan. Hosil bo’lgan cho’kma filьtrlangan. Filьtratning 25,00 ml ni titrlash uchun 0,05000 n 19,90 ml KMnO4 eritmasidan sarf bo’lgan. Namuna tarkibidagi CaO ning % miqdorini hisoblang.
24. 2,6770 g tehnik 2SO3 dan 200,00 ml eritma tayyorlangan. hosil bo’lgan eritmaning 20,00 mlini titrlash uchun (kislotali muhitda) 19,20 ml KMnO4 eritmasidan ( = 0,005585 g/ml) sarf bo’lgan. Namuna tarkibidagi Na2SO3 % miqdorini hisoblang.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin