Нt = (1 + t + t2)
Ht - 00C haroratdagi eritmaning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi;
α ,β - elektrolitning kimyoviy tabiati va koncentraciyasiga bog’liq bo’lgan kattaliklar ;
t0 - harorat.
Haroratning juda ham oshishib ketishi ionlar harakatini oshiradi. Natijada ionlarning to’qnashlar soni ko’payib qarshilik oshadi elektr o’tkazuvchanlik kamayadi.
3. Erituvchi kimyoviy tabiatining ta`siri. Eritmaning dissocialanish darajasi, ya`ni eritmadagi ionlar miqdori (±) erituvchining dielektrik singdiruvchanligiga bog’liq. Bu kattalik qancha kichik bo’lsa, dissocialanish shuncha kam bo’ladi, eritmaning o’tkazuvchanligi ham kam bo’ladi.
Masalan: Suvning dielektrik singdiruvchanligi 78,3, benzolniki esa 2,3.Demak, suv yahshi erituvchi hisoblanadi. Bu bog’liqlikni quyidagi tenglamadan ham bilish mumkin.
Ionlar orasidagi ta`sir kuchi, shu ionlar miqdoriga to’g’ri proporcional, ular orasidagi masofaning kvadratiga va erituvchining dielektrik singdiruvchanligiga teskari proporcional. Huddi shunday eritmaning elektr o’tkazuvchanligi erituvchining qovushqoqligiga ham bog’liq. Agar erituvchining qovushqoqligi qancha kichik bo’lsa, ionlar harakati shuncha tez bo’lib, elektr o’tkazuvchanlik shuncha katta bo’ladi.
Konduktometrik analiz usuli to’g’ri (bevosita) konduktometriya va konduktometrik titrlashga bo’linadi.
To’gri konduktometriya asosida eritma koncentraciyasi bilan elektr o’tkazuvchanligi orasidagi bog’lanish yotadi. Bu usul bilan eritmada bo’lgan alohida elektrolitlarni miqdorini aniqlash, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish mumkin.
Masalan: Suvning tozaligini, sut, vino, shifobahsh ichimliklar va boshqalar tarkibiy qismini aniqlash mumkin.
Konduktometrik titrlash – titrlash jarayonida eritmaning elektr o’tkazuvchanligi o’lchab boriladi. Olingan natijalar asosida (elektr o’tkazuvchanlikni titrant hajmiga bog’iqlik) titrlash egri chiziqlar chiziladi. Aniqlanadigan moddadagi ionlarning harakatchanligini turlicha bo’lganiga qarab, titrlash egri chiziqlarini ko’rinishi quyidagicha bo’ladi.
a) Kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash;
b) Cho’kma hosil qilish reakciyasiga asoslangan titrlash;
v) Kuchli kislotani, kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzi bilan titrlash;
g) Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzni kuchli asos bilan titrlash egri chiziqlari.
Ekvivalent nuqta titrlash egri chiziqlaridan topiladi va hisoblashlar olib boriladi. Konduktometrik titrlashda neytrallanish, oksidlanish-qaytarilish, cho’ktirish, kompleks hosil qilish, qaytar va qaytmas reakciyalardan foydalanish mumkin.
9.3. Yuqori chastotali titrlash.
Yuqori chastotali titrlash usuli ham eritmaning elektr o’tkazuvchanligini o’lchashga asoslangan bo’lib, analiz qilinadigan eritma yuqori chastotali tebranish konturiga (elektr maydoniga) qo’yiladi. Bunda tokning chastotasi megogerc va bir necha ligogercga teng bo’ladi. Elektr maydoniga joylashtirilgan eritmadagi ionlar kichik chastotada tebranadi. Chastota amplitudasi oshirilganda ionlarning tebranishi kamayadi, ohirida ionlar harakat qilmaydi. Ayni vaqtda yuqori chastota molekulalarni deformaciyalab, deformacion qutblanish hosil qiladi. Qutblangan molekulalar yuqori chastotali o’zgaruvchan tok maydonida harakat qila boshlaydi, natijada orentacion qutblanishni hosil qiladi. Qutblanishning har ikkalasi eritmadagi ionlarni siljishiga olib keladi, natijada eritmada qisqa muddatli tok paydo bo’ladi. Molekulani qutblanishi eritmaning elektr o’tkazuvchanligini, dielektrik va magnit kirituvchanlik hususiyatini o’zgartiradi.
Yuqori chastotali titrlash asboblarining sxemasi konduktometrik (quyi chastotali) titrlash asboblari sxemasidan farq qilib, analiz qilinadigan eritma yacheykasi kondensator plastinkalari orasida yoki induktiv galtak ichida joylashtiriladi (3 - chizma).
3-chizma. Yacheykalar: a) kondensatorli yoki S - sig’imli, S-yachey ka.
v) induktiv yoki L - yacheyka.
Yuqori chastotali titrlashda elektrodlar eritmaga tushirilmaydi. Yuqori chastotali titrlashda asbobning asosiy qismi yuєori chastotali tebranish generatori hisoblanadi. Generatorning tebranish chastotasi titrlash egri chizig’ining ko’rinishiga kuchli ta`sir qiladi. (4 - chizma)
4-chizma. Asbob ko’rsatgichini titrant hajmiga bog’liqligi
Chizmadan ko’rinayaptiki ekvivalent nuqta chastota 25-30mc. dan katta bo’lganda aniq topiladi. Yuqori chastotali titrlash usulining quyi chastotali (konduktometrik) va potenciometrik titrlashga nisbatan sezgirligi katta. Bundan tashqari yuqori chastotali titrlash bir necha afzalliklarga ega: elektrodlar eritmaga tushirilmaydi, rangli, quyuq smola, emulьsiya, zaharli suv, organik erituvchilar muhitida ham analizni olib borish mumkin.
Yuqori chastotali titrlash usulida neytrallanish, cho’ktirish, kompleks hosil qilish va oksidlanish-qaytarilish reakciyalaridan foydalanish mumkin.
Yuqori chastotali titrlash usulining kamchiligi asboblarining murakkab tuzilganligi, yacheyka doimiyligini saqlab turish qiyinligida.
Mavzu yuzasidan savol va mashqlar
1.Eritmada elektrolitlarning ionlarga, dissocialanish sabablarini tushuntiring.
2.Konduktometrik analiz usulining mohiyatini tushuntiring.
3.Solishtirma, molyar va ekvivalent elektr o’tkazuvchanliklar orasida qanday bog’lanishlar bor.
4.Elektrolit eritmalarining ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi qanday fizik ma`noga ega?
5.Nima uchun elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligini o’lchashda doimiy tok emas, balki o’zgaruvchan tok ishlatiladi?
6.Eritma elektr o’tkazuvchanligini o’lchashda yacheyka doimiyligiga ta`sir qiluvchi omillarni ko’rsating.
7.Erituvchi sifatida suv o’rniga aceton ishlatilsa, kuchsiz elektrolitning dissociaciyalanish konstantasining qiymati o’zgaradimi? Nima uchun?
8.Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik kuchli va kuchsiz elektrolitlar koncentraciyasiga qanday bog’liq?
9.Bevosita va bilvosita konduktometriya usullari orasida qanday farq bor. Qaysi bir usul ko’prok tanlash hususiyatga ega? Nima uchun?
10. Ekvivalent nuqta yaqinidagi qanday o’zgarish konduktometrik titrlashni tugatishga sabab bo’ladi?
11. Yuqori chastotali titrlashda yacheykalarning qanday turlari ishlatiladi?
12. Murakkab aralashmalarni konduktometrik titrlash qanday bajariladi. Titrlashdagi egri chiziqlarning ko’rinishiga misollar keltiring.
13. Konduktometrik titrlash egri chizig’i sillik bo’lsa, ekvivalent nuqta qanday aniqlanadi?
14. 0,1 n NaCl eritmasining ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi 79,2 sm2/Om. Eritmaning qarshiligi 5 Om bo’lishi uchun sirt yuzasi 5 sm2 teng bo’lgan parallel elektrodlar orasidagi masofa qanchaga teng bo’lishi kerak?
15. Cheksiz suyultirilgan KCl eritmasining ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi 130,1 Om-1 sm2 / g-ekv. Cl- ionlarining tashish soni 0,504 teng. Eritmadagi K+ va Cl- ionlarining harakatchanligini hisoblang.
16. 1800C da zichligi 1,0255 g/sm3 4 % li sulьfat kislota eritmasining solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 0,1675 Om-1 sm-1 teng. Eritmaning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligini hisoblang.
17. Dissociaciyalanish konstantasi 1,76 *10-5 teng bo’lgan 0,1 n sirka kislota eritmasidagi [H+] va eritmaning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligini hisoblang .
18. Dissociaciyalanish konstantasi 1,79*10-5 va darajasi 0,01 bo’lgan NH4OH eritmasining koncentraciyasini va ekvivalent elektr o’tkazuvchanligini hisoblang. To’yingan AgBr eritmasining solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 0,57*10-7Om-1sm-1. Chegara ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi 121,9 Om-1sm2/g-ekv AgBr ning eruvchanligini hisoblang.
19. Ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi 109,9 Om-1sm2/g-ekv bo’lgan 0,05 n KNO3 eritmasiga tushirilgan elektrodlar orasidagi masofa 2 m, elektrodlarning sirt yuzasi 5 sm2 teng. Shu eritmaning elektr o’tkazuvchanligi nimaga teng?
20. Yacheyka doimiyligi 0,5 sm-1 bo’lganda 0,01 n KNO3 eritmasining qarshiligi 423 Om. Erimaning solishtirma va ekvivalent elektr o’tkazuvchanligini hisoblang.
21. Harorat 298 K 0,1 n NH4OH eritmasining solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 0,037 Om-1 sm-1. Shu eritmaning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligini va pHni hisoblang.
22. 1800C da ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi, 94,3 Om-1sm2/g-ekv ga teng 1 n AgNO3 eritmasi bo’lgan yacheykadagi elektrodlarning sirt yuzasi 25 sm2 va ular orasidagi masofa 5,5 sm ga teng bo’lsa, eritmaning elektr o’tkazuvchanligini hisoblang.
23. Solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 1,25 * 10-4 Om-1sm-1 ga teng bo’lgan 0,0105 n NH4OH eritmasining dissociaciyalanish konstantasini hisoblang.
X Mavzu: OPTIK ANALIZ USULLARI.
Dostları ilə paylaş: |