Yer surilishi ofatining oldindan kuzatiladigan belgilari quyi-
dagilardan iborat:
- qiya sathli hududlarda yoriqlar paydo bo‘lishi;
- yo ‘llarda uzilishlaming yuzaga kelishi;
- daraxtlaming to ‘g‘ri o‘smasligi (qiyshayib o‘sishi);
- uylar devorlarining yorilishi;
- bino, inshootlar konstruksiyasining buzilishi va boshqa belgilar.
Diyorimizda yer surilishi xavfi mavjud bo‘lganligidan har yili Vazirlar
Mahkamasining: «Toshqin suvlari, sel oqimlarini o‘tkazib yuborish va
ko'chki hodisalari bilan b o giiq bo‘lgan favqulodda vaziyatlaming oldini
olish va ulaming oqibatlarini tugatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbiriar
to‘g ‘risidagi»gi qai-ori qabul qilinib, Favqulodda vaziyatlar vazirligining
tegishli tizimlari ofat xavfi bo‘lgan hududlarda muayyan vazifalami
bajarishiari talab etiladi. Xususan, xavfli hududlarda: qidirish va ularga
121
bog‘liq bo‘lgan kovlash ishlarini olib bormaslik; tog‘ jinsi to‘kilmalarining
yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik; temiryo‘l, og‘ir yukli transport vositalari
harakat tezligini belgilanganidan oshirmaslik, o‘simlik dunyosini muhofaza
qiiish; sug'orish, shudgorlash ishlarini olib bormaslik, imorat, inshootlar
qurish; portlatish ishlarini olib bormaslik; oqova va buloq suvlarini
oqizmaslik va ayniqsa xavfi yuqori bo‘lgan joylardagi odamlami xavfsiz
joylarga ko‘chirish ishlari va boshqa tadbirlar.
Demak, yer surilish ofatini talafotsiz va qurbonsiz o‘tkazib yuborish
uchun, aholimiz ham xavf-xatarni ongli ravishda his etgan holda mas’ul
xodimlarga yordam berishlari zarur hisoblanadi. Ba’zi hollarda har
qancha ogohlantirishga qaramay, aholi o‘z joylarida qolib, talafotlaming
ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
Yer surilishida uchta bosqich kuzatiladi:
1-bosqich.
Surilishning tayyorlanish bosqichi. Bu bosqichda qiya
sathlardagi tog‘ jinsi turg‘unligi susayadi, yer sathida turli kenglikdagi
yoriqlar paydo bo‘ladi.
2-bosqich.
Tog‘ jinslarining katta tezlik bilan
yoki sekin-asta surilishi kuzatiladi. Surilish tezligi yuqorida qayd etilgan
omillaming ta’sir darajasiga bog' 1 iq bo‘ladi.
3-bosqich.
Surilishning
so‘nish bosqichi. Bunda tog‘ jinslari surilishdan to‘xtaydi. Yer surilishlarini
chuqur o ‘rganish - ulami oldindan bashorat qiiish imkonini beradi.
Buning uchun kompleks muhandis-geologik qidimv ishlari o‘tkaziladi.
Surilishi kuzatiladigan maydonlaming tabiiy sharoiti va geologik muhiti
fizik andozalarda o ‘rganiladi, hisoblash ishlari bajariladi.
Yer surilishi ofati oldidan kuzatiladigan belgilar quyidagilardan
iborat: Yer yuzasida yoriqlaming paydo bo‘lishi, yo'llarda uzilishlaming
yuzaga kelishi, daraxtlaming to‘g‘ri o‘smasligi (qiyshayib o‘sishi), uylar
devorlarining yorilishi, binolar, inshootlar tuzilishida muvozanatining
buzilishi va boshqa belgilar paydo bo‘ladi. Mabodo, hududlarda yer
surilishi xavfi bo‘lsa yoki harakatdagi surilish kuzatilsa, ularni bartaraf
qiiish, oldini olish ishlari bajariladi, chora-tadbirlar belgilanadi. Yer
surilishining vujudga kelishi va harakatdagi surilishlarga qarshi olib
boriladigan ishlar mazmuniga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
- Surilishlaming oldini olish usullari.
- Yer surilishining harakati va ta’sirini bartaraf etish usullari.
122
|