Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M
Yer surilishlarining oldini olish usullariga: - qiya sathlarda qurilish va ular bilan bog‘liq bo‘lgan kovlash ishla
rini olib bormaslik;
- qiya sathlarda tog‘ jinsi to‘kilmalarining yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- temiryo‘l, transport vositalari harakat tezligining belgilangandan
oshishini taqiqlash;
- qiya sathlardagi o‘simlik dunyosini muhofaza qilish;
- qiya sathlarda sug‘orish, shudgorlash ishlarini olib bormaslik kabi
ishlar kiradi.
Surilish harakati va ta’sirini bartaraf etuvchi usullami 4 guruhga
bo‘lish mumkin:
Surilish harakati tezligini sekinlashtirish yoki to‘xtatishga qaratil-
gan usullar: a) suv oqimini tartibga soluvchi va boshqaruvchi qurilmalar
qurish; b) daryo va suv havzalari qirg‘oqlari yuvilishining oldini oluvchi
qurilmalar qurish.
1. Yer osti suvlari sathini pasaytirish.
2. Tog‘ jinsi surilishlarini ushlab turuvchi tirgak devorlarini qurish.
3. Suriluvchi tog' jinsi qatlamini olib tashlash.
4. Tog‘ jinslari fizik-mexanik xususiyatlarini sun’iy usulda yax-
shilash.
Yer surilishi ofatidan saqlanishning ishonchli omili, bu - xalqni o‘z
vaqtida ogoh etish hisoblanadi. 1996-1999-yillarda 0 ‘zbekistonning bir
qancha hududlarida, jumladan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va
boshqa viloyatlaming tog‘ etaklarida yashovchi fuqarolaming yer suri
lishi ofati to‘g‘risida ogoh qilinishi natijasida odamlar boshqa joylarga
ko‘chirildi va hech qanday moddiy va m a’naviy yo‘qotishlar bo‘lmadi.
Albatta, bu ishlar o‘z vaqtida, yetarli faollikda o‘tkazilganligi sababli
odamlar falokatdan saqlab qolindi. Ammo hozirgi kunda ham respub
likamizning ba’zi viloyatlarida yer surilishi ehtimoli bo‘lgan hududlar
mavjud bo‘lib, hukumatimiz va fuqarolar muhofazasining mutasaddi
xodiinlari tomonidan moddiy ravishda xavfli hududda yashovchi fuqarolar
ogohlantirib borilyapti.