M tojiyev, I. Nigmatov


Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari



Yüklə 8,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/244
tarix09.09.2023
ölçüsü8,77 Mb.
#142132
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   244
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

8.3. Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari
Xalqaro terrorizm 
- b i r davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan 
terrorizmdir. Bu - odamlaming behuda halok bo‘lishiga olib keluvchi, 
daviatlar va ularning rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini 
buzuvchi hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlami, shuningdek, daviatlar 
o‘rtasida transport va boshqa aloqalami amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi 
xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va qilmishlar yig‘indisidir. 
Xalqaro terrorizm XX asming 60-70-yillarigakelib o‘zini yaqqol namoyon 
qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o ‘z davlatiga nisbatan 
ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada 
qolayotgan va kam rivojiangan mamlakatlarda harakat ko‘rsata boshladi. 
Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro miqyosda 
obro‘ga ega bo‘lgan siyosatchilarga chetdan turib suiqasd uyushtirish, 
davlat, transport, aloqa va miliiy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi 
portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan, 
samolyotlarni olib qochish bilan shug‘ullana boshladilar. 80-yillarga kelib 
xalqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi. Xalqaro terrorizm o‘zining yovuz 
niyatlarini turli terroristik harakatlari bilan amalga oshiradi. Jumladan:
- mustaqil daviatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish;
- diniv ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish;
- ekstremistik guruhlar tarkibida qo‘poruvchilik harakatlari bo‘yicha 
xorijlik yo‘riqchilaming qatnashishi;
- ekstremistik guruh a’zolarining boshqa daviatlar hududida tashkil 
etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko‘rishi;
- tayyorgarlik ko‘rish va qo‘poruvchilik sodir etishda, xorijiy daviatlar 
va ekstremistik uyushmalar yordamida xalqaro tus olgan noqonuniy qurol- 
yarog‘ savdosi va narkobiznesdan keladigan manbalardan foydalanish.
Bulardan ko‘rinadiki, xalqaro terrorchilar tomonidan sodir etilayotgan 
jinoyatlaming ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo‘liga 
yadroviy, kimyoviy, biologik va zamonaviy hujumkor qurollarning tushib 
qolish xavfi kuchaydi. Bulaming hammasi jahon jamoatchiligini qattiq 
tashvishlantirib qo‘ydi. 1977-yilda katta «yettiiik» davlatlari rahbarlarining 
Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida xalqaro terrorizmga qarshi kurash 
to‘g ‘risida bayonot qabul qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan 
xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha 
uchrashuvlaming asosiy mavzusi boTib keldi. Chunki xalqaro terrorizm
153


bir tizimga birlashib harakat qila boshladi. Ular safida turli davlat, millat 
vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi shaxslar, narkobiznes va qurol-yarog' 
savdosidan foyda ko ‘ruvchi jinoiy to‘dalar, yollanib xizmat qiluvchilar 
paybo bo‘ldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremistik markazida razil 
jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar 
aholini, xususan, dindorlar va yoshlami davlatga, davlat tashkilotlariga 
qarshi qo‘yishga va hokimiyatga qarshi muxolifatni shakllantirishga 
harakat qildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi o ‘z mustaqilligining dastlabki 
yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishiga 
qarshi qat’iyat bilan kurashib kelmoqda. O ‘zbekiston Respublikasi 
xalqaro terrorizm ko‘rinishlariga qaratilgan ko‘plab xalqaro bitimlarning: 
«Havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga qarshi 
kurashish to‘g‘risida»gi 1970-yildagi Gaaga Konvensiyasining; «Fuqaro 
aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi kurash to ‘g‘risida’»gi 1971-yildagi 
Monreal Konvensiyasining; «Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, 
masalan, diplomatik agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va 
jazolash to‘g‘risida»gi 
1973-yildagi 
Konvensiyaning; 
«Terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurash to‘ g‘risida»gi va boshqa konvensiyalaming 
ishtirokchisi hisoblanadi. 2004-yildan Toshkentda Shanhay hamkorlik 
tashkiloti (SHHT)ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi 
faoliyat ko‘rsata boshladi.

Yüklə 8,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin