VTII B O B
TERRORIZM VA AHOLI MUHOFAZASI
Insoniyat yangi ming yillikka - XXI asrga qadam qo‘ydi,
lekin shuni
ta’kidlash lozimki, o‘tgan asrda bashariyat juda ko‘p quvonchli hamda
tahlikali, dahshatli voqealarni boshidan kechirdi. Qonli to ‘qnashuvlami,
ikkita jahon urushini, sovuq urush vahimasi va qatag‘onlami boshidan
kechirgan insoniyat kelajak sari talpinib,
har qanday qiyinchiliklami
yengib, taraqqiyotga erishib bordi. Afsuski, insoniyatning hayot kechirishi
uchun undagi imkoniyatlaming tobora cheklanib borayotganligi ayon
bo‘lmoqda. Aholini toza ichimlik suvi, toza havo, oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta’minlash bir vaqtda xavfsiz hayot masalalari
ayniqsa qiyinlashib
bormoqda. Biroq taraqqiyparvar kuchlar tomonidan bashariyatning gullab-
yashnashi, uning sayyoramizda emin-erkin yashashi uchun yangidan yangi
imkoniyatlar yaratilmoqda. Ming afsuslar bo‘lsinki, bugungi kunda yer
yuzida, insoniyat taqdiriga va kelajak istiqboliga jiddiy xavf solayotgan,
xuruj qilayotgan xalqaro terrorizm o‘zining manfur maqsadlarini jahon
ommasiga tobora yaqqol ko‘rsatmoqda.
Xalqaro terrorizm xuruji
oqibatida yuz minglab kishilaming yostug‘i qurib, moddiy boyliklar
vayron qilinmoqda. Hozirda uning xurujidan hech bir davlat, hatto
hech kim mutlaqo muhofazada emas. Har daqiqada insoniyat bunday
ijtimoiv ofatning qurboniga aylanishi mumkun.
Shu sababdan BMTning
favqulodda vaziyatlar tasnifiga qo'shimcha qilib, aynan ijtimoiy-siyosiy
tavsifdagi favqulodda vaziyatlaming kiritilishi bejiz emas. Chunki bunday
tusdagi xavf-xataming darajasi yildan yilga ortib bormoqda. Shuning
uchun har bir inson o‘z yurti, millati, muqaddas zamini va oilasi tinchligi,
xotirjamligi uchun kurashmog‘i lozim.
8.1.
Dostları ilə paylaş: