Qazilmani yopiq usulda qazib olish jarayonida esa yer yuzasining
cho‘kishi, yoriqlar hosil bo'lishi va surilmalaming shakllanishi kuzatiladi.
Foydali qazilmalaming ochiq usulda hosil bo‘ladigan surilmalari 2 xil
bo‘ladi:
1. Foydali qazilmani qazib olish jarayonida tog‘ yonbag‘irlarida
hosil
bo‘ladigan surilmalar. Bunday surilmalarga qazib olish jarayonining mu-
rakkablashishi, qiya sathning qiyaligi, suvli qatlamlar, tektonik yoriqlar
va boshqa ko‘rsatkichlar ta’sir qiladi.
2. Karyer devorlaridagi surilmalar. Bunday surilmalarning ko‘chishi
qazish jarayonining to‘xtab qolishiga olib kelib,
iqtisodiyotga katta zarar
yetkazadi.
Masalan, 1963-yilda Angren ko‘mir karyerida gilli jinslardan tashkil
topgan, hajmi 8 mln. m3 bo‘lgan surilmaning ko‘chishi sodir boigan. Bu
falokat Ohangaron kanalini va temiryoMni bosib qolish xavfini tug‘dirgan.
Respublikamizning konchilik sanoati rivojlangan Ohangaron, Ol-
maliq, Oltintopgan, Yuqori-Chirchiq tumanlaridagi Humson, Bog‘iston,
X o‘jakent va boshqa qishloqlarda,
Surxondaryo, Qashqadaryo, Samar-
qand, Jizzax viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida kuchli yer su
rilish hodisalari kuzatiladi.
Jumladan, 1973-yilda respublikamizning Ohangaron hududida yuz
bergan va u XX asrning eng kuchli ofati hisoblanib, adabiyotlarda
«АТСНТ» surilishi deb nomlanadi. Bu ofatda surilish hajmi 700 mln. m3,
sathi 12 km2, qalinligi 80-170 metmi tashkil qilgan.
«АТСН1»
surilishining asosiy manbayi, Ohangaron daryosining chap
qirg‘og‘idan 100-600 m chuqurlikdagi ko‘mir qatlamlarining yer qa’rida
yondirilishidir. Yondirilgan ko‘mir qatlamlarining qalinligi 5-15 m ni
tashkil etgan.
Xuddi shu hududlarda: 1991-yil 4-martda «Jigariston« qishlog‘ida,
1994-yilda «Qoraqishloq» hududida yer surilishlari kuzatilgan. «Jigaris-
ton» yer ko‘chishida hajmi 30 mln. m3 g‘ovak tuproq 7 sekund vaqt mo-
baynida halokatli surilgan.
Yer surilishi seysmik kuchlar ta’sirida ham sodir bo'ladi. Jumladan,
1911-yilda Pomirning M uzko‘l tog‘ tizmasida 9 balli zilzila natijasida
Usoy yer surilishi sodir bo‘ldi. Murlab daryosiga hajmi 2,2 km3 g‘ovak
tog‘ jinsi bo‘lagi ko ‘chib, 2,5 km masofani bosib o‘tib, daryo o‘zanini
qalinligi 450-500 m, uzunligi 2 km, kengligi 1 km qumtosh,
ohaktosh,
gips jinslaridan iborat rnassa to‘sib qo'ygan.
119
Natijada, uning o‘m ida balandligi 703-708 m, eni 4,3-5,3 kilo-
metrni tashkil etgan tabiiy to ‘g ‘on - Sorez ko‘li paydo bo‘lgan. Ushbu
ko'lning hozirda butun Markaziy Osiyo hududlari uchun qanday xavf
tug‘dirayotgani barchaga ayon.
Yer surilishi suriluvchi tog‘ jinsining surilish tezligiga, hajmiga va
miqyosiga ko‘ra turli xilda bo‘ladi.
Surilm a tezligiga ko‘ra y e r k o ‘chkisining
tavsillanishi quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: