3-rasm. Filtrlovchi fuqaroiar protivogazi GP-5:
1-filtrlovchi-yutuvchi korobka; 2-shlem-niqob; 3-xaltacha;
4-terlamaydigan plyonkalar solingan quiicha; 5-manjetlar
Ikkinchi uslub bilan 3 xil o‘lchamda gazniqoblar ishlab chiqariladi.
1-o‘lcham 99-109 mm gacha;
2-o‘lcham 109-119 mm;
3-o‘lcham 119 mm dan katta.
Bolalar gazniqobi o‘lchamini topishda ulaming yuz balandligini
o ‘lchab, so‘ngra 11-jadvaldan foydalanib gazniqob o ‘lchovi aniqlanadi.
Gazniqobni ishlatishdan oldin har bir fuqaro uning saqlanish xususiyati
buzilmaganligini, germetikligini qayta tekshiradi. Tekshirilgan ish hola-
tidagi gazniqoblar yaxshilab taxlanib, qaytadan sumkaga solinadi va sa
qlash uchun joyiga qo‘yiladi.
171
B olalar gazniqobi o‘Ichovini topish
11-jadval
0 ‘lchov nomi
N iqob oMcbami
1
2
3
4
Yuz balandligi, mm
72 mm gacha
7 2 -8 7
88-95
96 -1 0 3
Gazniqobdan foydalanish umumiy tartibda berilgan «Gazlav» degan
komandada yoki atmosferada radioaktiv birikmalar, zaharli moddalar,
biologik ta’sir tarqalganda, mustaqil ravishda kiyib olinadi. Filtrlovchi
sanoat gazniqoblari ham bir necha rusumda bo‘lib, ular asosan turli sanoat
va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida kuzatiladigan favqulodda vaziyatlarda
ishlatiladi. Ulaming turlari va xususiyatlari to‘g‘risida oldingi mavzularda
m a’lumot berilgan.
Izolatsiyalovchi gazniqoblar asosan turli xil zaharli birikmalar
aralashmasi bo‘lganda, ulaming konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda hamda
atmosferada kislorod miqdori juda kichik hollarda ishlatiladi. Bundan
tashqari, izolirlovchi gazniqoblar suv ostida va yer ostida bajariladigan
ishlarda ham foydalaniladi. Izolatsiyalovchi hiqobgaziar saqlash xusu-
siyatiga ko'ra 2 guruhga: kislorod biian kimyoviy bog‘langan gazniqob
(IP-4, IP-5) va siqilgan kislorod yoki havo bilan foydalaniladigan
gazniqob (KIP-7, KIP-8)larga bo‘lmadi. Izolatsiyalovchi gazniqoblar
bilan asosan, fuqaro muhofazasining qutqaruv va avariyani tiklovchi
tizimlar ta’minlanadi (suvga cho'kkan odamlarni, yong'inda qolgan
fuqarolarni qutqaruvchilar, radioaktiv chang tarqalgan va yuqori
konsentratsiyali zaharli moddalar bo'lgan joylardagi avariyani tiklovchi
va boshqa tizimlar).
Resperatorlar
asosan radioaktiv va mexanik changlardan nafas
organlarini saqlovchi vosita hisoblanadi. Fuqarolar muhofazasida asosan
R-2 va ShB-1 rusumli resperatorlar ishlatiladi. Resperator R-2 filtrlovchi
yarim niqob va mahkamlovchi tasmadan iborat. Niqobda 3 ta klapan:
2 tasi nafas olish uchun va bittasi nafas chiqarish uchun xizmat qiladi.
Resperatoming tashqi tomoni poliuretanli materialdan, ichki tomoni esa
yupqa havo o'tkazmaydigan polietilenli piyonkadan tarkib topib, ularning
o ‘rtasiga filtrlovchi polimer tolalari joylashtirilgan (4-rasm).
172
|