M tojiyev, I. Nigmatov


Yengil himoya kostumi L -l



Yüklə 8,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/244
tarix09.09.2023
ölçüsü8,77 Mb.
#142132
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   244
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

Yengil himoya kostumi L -l. 
U qalpoqchadan, shim bilan birga 
tikilgan paypoq hamda ikki qavatli qo‘lqop va podshlemnikdan tashkil 
topgan. L-lning ham oicham lari huddi himoya kombinezoniga o‘xshash 
bo'ladi; L -l kiyimlari asosan fuqarolar muhofazasining razvedka 
qismlarida kiyiladi. Umumiy himoya jamlamasi (OZK) vositasi himoya 
plashidan (OP-1) va himoya paypogi va qo'lqopdan tashkil topgan.
Umumqo‘shin himoya jamlamasi qo‘yilgan maqsadga ko‘ra:
a) 
radioaktiv birikmalardan, zaharlovchi moddalar va biologik vosita­
lar ta’sirlaridan saqlashda, radioaktiv moddalar va biologik shikastlangan 
joylarda xatti-harakatlar hamda texnika, transportlarni zararsizlantirish 
ishlarini bajarishda yopg‘ich ko‘rinishda; b) shikastlangan o'choqlardagi 
xatti-harakatlarda va qutqaruv-evakuatsiya ishlarini bajarishda kombi­
nezon ko‘rinishda foydalaniladi. Filtrlovchi terini himoyalovchi vositalar 
paxtali materiallardan tayyorlangan kiyimlarga maxsus kimyoviy modda­
lar shimdirilgan bo‘ladi. Bunda zaharli moddalar kiyimdan o‘tayotganda 
yutilib qoladi va terini shikastlashdan saqlaydi. 
Filtrlovchi himoya kiy­
imlari (FXK-58). 
Bu vosita kombinezondan, paytava, shlemostiligidan 
tashkil topgan. FXK-58 gazniqob, rezinali etik va qo‘lqopdan iborat 
jamlama holida ham foydalaniladi (5-rasm). Kombinezon 3 xil o‘lchamda 
chiqariladi: 1-o‘lcham - 160 sm gacha, 2- o ich am - 161-170 sm gacha 
va 3-o‘lcham - 171 sm dan yuqori bo‘yli odamlar uchun. 
Oddiy terini
himoya qiluvchi vositalarga 
oddiy, hech narsa shimdirilmagan yopg‘ich, 
plashlar, qalin zich to‘qilgan paltolar, paxtali, charm-terili kurtkalar va 
boshqa kiyim kechaklar kiradi.
Trikotaj, sherst va paxtali matolardan tayyorlangan kiyimlar, qo‘lqoplar 
faqat radioaktiv changlardan va biologik ta’sirlardan saqlaydi.
174


5-rasm . 

Yüklə 8,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin