Yengil himoya kostumi L -l. U qalpoqchadan, shim bilan birga
tikilgan paypoq hamda ikki qavatli qo‘lqop va podshlemnikdan tashkil
topgan. L-lning ham oicham lari huddi himoya kombinezoniga o‘xshash
bo'ladi; L -l kiyimlari asosan fuqarolar muhofazasining razvedka
qismlarida kiyiladi. Umumiy himoya jamlamasi (OZK) vositasi himoya
plashidan (OP-1) va himoya paypogi va qo'lqopdan tashkil topgan.
Umumqo‘shin himoya jamlamasi qo‘yilgan maqsadga ko‘ra:
a)
radioaktiv birikmalardan, zaharlovchi moddalar va biologik vosita
lar ta’sirlaridan saqlashda, radioaktiv moddalar va biologik shikastlangan
joylarda xatti-harakatlar hamda texnika, transportlarni zararsizlantirish
ishlarini bajarishda yopg‘ich ko‘rinishda; b) shikastlangan o'choqlardagi
xatti-harakatlarda va qutqaruv-evakuatsiya ishlarini bajarishda kombi
nezon ko‘rinishda foydalaniladi. Filtrlovchi terini himoyalovchi vositalar
paxtali materiallardan tayyorlangan kiyimlarga maxsus kimyoviy modda
lar shimdirilgan bo‘ladi. Bunda zaharli moddalar kiyimdan o‘tayotganda
yutilib qoladi va terini shikastlashdan saqlaydi.
Filtrlovchi himoya kiy imlari (FXK-58). Bu vosita kombinezondan, paytava, shlemostiligidan
tashkil topgan. FXK-58 gazniqob, rezinali etik va qo‘lqopdan iborat
jamlama holida ham foydalaniladi (5-rasm). Kombinezon 3 xil o‘lchamda
chiqariladi: 1-o‘lcham - 160 sm gacha, 2- o ich am - 161-170 sm gacha
va 3-o‘lcham - 171 sm dan yuqori bo‘yli odamlar uchun.
Oddiy terini himoya qiluvchi vositalarga oddiy, hech narsa shimdirilmagan yopg‘ich,
plashlar, qalin zich to‘qilgan paltolar, paxtali, charm-terili kurtkalar va
boshqa kiyim kechaklar kiradi.
Trikotaj, sherst va paxtali matolardan tayyorlangan kiyimlar, qo‘lqoplar
faqat radioaktiv changlardan va biologik ta’sirlardan saqlaydi.
174