chi tibbiy yordam ko ‘rsatishda bemorning boshini sal ko'tarib, yotqizib
qo'yish (boshi baland turmaydigan bo‘lishi kerak), yoqasini yechib, yuzi-
ni sovuq suv bilan artish, novshadil spirt hidlatish kerak. Odam o‘ziga
kelavermaydigan bo‘lsa, sun’iy nafas bera boshlash lozim.
Suvga g‘arq bo‘lish (cho‘kish)
deb nafas yo‘Ilarining suvga to ‘lib
qolishiga aytiladi. Suvga g‘arq bo‘lgan odamning bronxlari va o‘pkasiga
suv kirib, nafas olishi lo‘xtaydi, birdan kislorod tanqisligi boshlanib,
yurak faoliyati ham urxtab qoladi. Bunday holda odamni imkoni bori-
cha tezroq suvdan chiqarib olish zarur. Uni suvdan chiqarib olingandan
keyin beligacha yechintirilib, og‘zi bilan bumi balchiq va shilimshiqdan
obdan tozalanadi, dumaloqlab o‘rab balandroq qilib qo‘yilgan narsa usti-
ga yoki biror kishi tizzasiga qomi bilan yotqiziladi va shundan keyin
ko‘krak qafasiga bosib o‘pkasi bilan m e’dasidagi suv chiqarib tashlanadi.
So‘ngra shikastlangan odamni chalqanchasiga yotqizib, darhol sun’iy na
fas berishga va yurakni bilvosita uqalashga kirishiladi (q. 13, 15-rasmlar).
«Og‘izdan ogizg a» usuli bilan sun’iy nafas oldirish hammadan ko‘proq
n af beradi, bunday sun’iy nafas oldirishni shikastlangan odamning nafas
olishi asliga kelguncha davom ettiriladi. Nafas olish bilan yurak faoliyati
tiklanib asliga kelganida shikastlangan odamning badanini isitish choralar-
ini ko‘rish, unga qaynoq choy ichirish va tibbiyot muassasasiga olib bor-
ish choralarini ko‘rish kerak. Mabodo amalga oshirilgan chora-tadbirlar
nafsiz bo'lib, o‘limning obyektiv belgilari (ko‘z qorachig‘lari kengayib,
yorug‘likni sezmasa, yurak urmay, to ‘xtab qolsa murda dog‘lari) paydo
bo‘lsa, organizmni qavta jonlantirish, tiriltirish tadbirlari to‘xtatiladi.
Dostları ilə paylaş: