M tojiyev, I. Nigmatov


Shikastlangan odamlarni tashish va



Yüklə 8,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/244
tarix09.09.2023
ölçüsü8,77 Mb.
#142132
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   244
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

12.14. Shikastlangan odamlarni tashish va
ransportirovka qilishda yordam ko‘rsatish
Shikastlangan odamlar tashiladigan asosiy vositalarga yer usti 
transport! (avtomobil, temiryo‘1 transporti), havo transporti (samolyot, 
vertolyotlar), suv transporti, sanitar va moslashtirilgan transportlar kiradi.
Shikastlangan odamlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda yoki 
transportlarga tashishda quyidagi usullar tafovut qilinadi: qo‘lda, yelkada 
opichib, zambil tasmalari va qo‘lda bor bo'lgan boshqa vositalardan 
foydalangan holda 1-2 yoki bir necha kishilashib sanitar zambiilarda olib 
borish.
Shikastlangan odamlarni olib borishda mumkin qadar ko'proq 
avaylaydigan sharoitlar yaratib, olib ketilayotgan odamni quiay va to‘g‘ri 
vaziyatda yotqizib qo‘yish kerak. Olib borish va tashishda noto‘g ‘ri harakat 
qilinsa, bu ahvolni yomonlashtirib, qo‘shimcha shikast paydo bo‘lishiga 
olib kelishi. qon oqishining kuchayishiga, singan suyak bo‘lak!arining 
o‘rnidan surilib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Oyoqlar jarohatlangan, kalla suyaklari zararlangan paytda shikastlangan 
odamlar chalqancha yotgan holda zambilga solinadi. Umurtqa pog‘onasi 
singan b o isa , shikastlangan odamni qomi bilan yotgan holda zambilga 
solinadi. Yoki chalqancha yotqiziladigan bo‘lsa, umurtqa pog‘onasining 
bukilib qolmasligi uchun zambil ustiga taxta, faner va boshqa buyum 
qo‘yish kerak (q. 30-rasm).
Qorin jarohatlangan, shuningdek, chanoq suyaklari singan paytda 
shikasitlangan odamlaming oyoqlarini bukib, chalqancha yotqizgan holda 
zambilga solinadi va shu hoida olib boriladi. Bunda tizzalari tagiga 
kiyimini dumaloqlab solinadi, oyoqlari yon tomonga sakerib qo‘yiladi 
(q. 29-rasm).
253


Ko‘krak qafasi jaohatlangan kishilami zambilda bosh tornonini 
yuqoriroq ko‘tarb, ko‘krak qafasi bosilib qolmasligi uchun yonboshlatib 
olib borish kerak.
Shikastlangan odamlarni zambilda va transportda olib borayotgan 
mahalda ularning ahvolini, bog'lam va shinalaming to‘g‘ri turganligini 
kuzatib borish kerak. Yo‘l uzoq davom etadigan bo‘lsa, shikastlangan 
odamning vaziyatini o‘zgartirib qo‘yish, bosh tomoniga, tagiga solingan 
kiyimlami to‘g‘rilab berish, chanqog‘ini bosish (qorni jarobatlanganlardan 
tashqari) lozim.
Odatda, zambildagi shikastlangan odamning oyog‘ini oldinga qilib 
olib boriladi. Ammo, u behush holda yotgan bo‘lsa, uni kuzatib borish 
mumkin bo‘lishi uchun boshini oldinga qilib boriladi. Tik yuqoriga 
ko‘tariladigan va pastga tushayotgan paytda zambilning gorizontal 
holatini 
saqlash kerak. 
Shikastlanganlarni 
kasalxonada zinadan 
yuqoriga olib chiqilayotgan mahalda zambilning bosh tomonini 
oldinga qilib, pastga olib tushilayotganda oyoq tomonini oldinga 
qilib burib olinadi. Transportga chiqarishda bemor yotgan zambilning 
bosh tomonini oldinga to ‘g ‘rilab beriladi, transportga birinchi galda 
zambildagi bemorlar, undan keyin esa yuradigan bemorlar va yaradorlar 
chiqariladi.
Zambilning loaqal qo‘lda yasalgan xili ham bo'lmasa, shikastlangan 
odamlarni qo‘lda, tasmalar va boshqa vositalar yordamida bir yoki ikki 
kishi bo‘lib qo‘lda ko'tarib olib borish mumkin (albatta, jarohatning 
holatiga qarab).
Masalan, Shikastlangan odamni qo‘llar bilan orqaga opichib olib 
borish mumkin, bunda shikastlangan odam balandroq joyga o ‘tqizilib, 
uning oyoqlari orasiga, unga orqa o‘girgan holda bir tizzasini bukib 
cho‘kkalanadi. Shikastlangan odam ko'taruvchi kishining yelkalaridan 
quchoqlab oladi, ko‘taruvchi kishi esa ikkala qo‘Ii bilan uning sonlari 
tagidan ushlab o ‘rnidan turadi.
Shikastlangan odamni uzoqroq masofaga yelkaga qo‘yib olib borish 
hammadan ko‘ra qulayroq. Uni ko‘taruvchi odam o‘ng yelkasiga boshini 
orqaga qaratib o'tkaziladi. Ko‘taruvchi kishi shikastlangan odamning 
oyoqlarini o ‘ng qo‘li bilan quchoqlaydi va shu bilan birga uning o‘ng 
bilagi yoki qo‘li panjasini ushlab oladi. Shikastlangan odamning qo‘l-oyoq 
suyaklari, umurtqa pog‘onasi singan, ko‘krak qafasi, qorni yaralangan 
bo‘lsa, u holda bu usuldan foydalanib boim aydi (32-rasm).

Yüklə 8,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin